Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keys-stadining tavsifnomasi: Ushbu keys-stadining asosiy manbai kabinetli, lavhasiz bo‘lib, bugungi kun tartibida bayon
etilgan. Keys-stadining asosiy ob‘ekti shaxsga yo‘naltirilgandir. Bu tashkiliy institutsional keys-stadi
bo‘lib, ma‘lumotlar, вазиятлар ва саволлар асосида тузилган. Hajmi o‘rtacha, tizimlashtirilgan
bo‘lib, trеningga mo‘ljallangan o‘quv mavzu bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar hosil qilishga qaratilgan.
Didaktik maqsadlarga ko‘ra kеys-stadi muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilish va
baholashga qaratilgan.
Ushbu kеys-stadidan ―Umumiy kimyoviy texnologiya‖, ―Noorganik moddalar kimyoviy
texnologiyasi‖, ―Kimyoviy texnologiyaning nazariy asoslari‖ fanlarida foydalanish mumkin.
II. Keys - stadi ―Sulfat kislota ishlab ciqarish uchun xom ashyo‖ Kirish. Sulfat kislota kimyo sanoatini ko‘p tonnalik asosiy mahsulotlaridan biridir. Sanoatda bir
necha nav H
2
SO
4
chi qariladi va ular o‘zaro konsentrasiyasi va aralashmalari bilan farq qiladi.
Asosiy qism – texnik kontakt kislota (H
2
SO
4
ning miqdori 92,5%), aralashmalarining miqdori kam
bo‘lgan akkumulyator kislotasi (H
2
SO
4
92% - 94%), oleum (SO
3
– 19% - 24%) va minora usulda
olingan kislota (H
2
SO
4
– 75%) ko‘rinishda chiqariladi.
Xossalari. Suvsiz sulfat kislota (monogidrat) H
2
SO
4
– og‘ir, moysimon qiyin qaynaydigan
suyuqlik, suv bilan har qanday nisbatda aralashadi va bunda ko‘p miqdorda issiqlik chiqadi.
Konsentrlangan H
2
SO
4
ning 0
0
С dagi solishtirma og‘irligi 1,85 g/sm
3
ga teng, 304
0
С da qaynaydi
va 10
0
da muzlaydi. Sulfat kislota moysimon bo‘lgani uchun u ba'zan kuporos moyi deb ham
ataladi. Bu nom temir kuporosi qattiq qizdirilib, sulfat kislota hosil qilingan vaqtdan beri saqlanib
kelinmoqda.Toza sulfat kislota rangsiz, texnikaviy sulfat kislota esa undagi turli qo‘shimchalar
hisobiga qaramtir bo‘ladi.
Ishlatilishi . Sulfat kislota mineral o‘g‘itlar – superfosfat va ammoniy sulfat ishlab chiqarishda
ayniqsa ko‘p ishlatiladi. Masalan, suvsiz bir tonna superfosfat (ftorapatitdan) olish uchun 600 kg
65% li sulfat kislota sarflanadi.
Suyuq yoqilg‘ilarni qayta ishlash, ya'ni kerosin, parafin, surkov moylari hamda, to‘yinmagan
uglevodorodlarni oltingugurtli birikmalardan tozalashda ko‘p miqdorda sulfat kislota ishlatiladi.
Sulfat kislota ko‘pgina organik sintezlarda keng qo‘llaniladi.