1. O'zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi…


Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati…



Yüklə 56,22 Kb.
səhifə5/15
tarix07.01.2024
ölçüsü56,22 Kb.
#205002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
o\'zb javoblari

9. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati…. Mustaqillik deklaratsiyasi (1990-yil 20-iyun) — Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-sessiyasida 9qabul qilingan. U Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishida muhim qadam boʻldi. M.D.da "Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi oʻzbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy anʼanalari, har bir millatning oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqini taʼminlashdan iborat oliy maqsad haqi, Oʻzbekistonning kelajagi uchun tarixiy masʼuliyatni chu-qur his etgan holda xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mu-staqilligini eʼlon qiladi", deb yozib qoʻyilgandi. Ana shu hujjat asosida Oʻzbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi va 1991-yil 31 avgustda "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida" qonun qabul qilindi. Bu hujjatning tarixiy ahamiyati eng avvalo, O'zbekistonning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, erkin tafakkur asosida yashash, fikrlash, milliy va umumbashariy qadriyatlarga tayanib ish ko‘rish kabi jihatlar bilan izohlanadi. Mustaqillik deklaratsiyasida O'zbekistonning hududida asrlar davomida shakllangan davlatchilik, fan-ta’lim va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tajriba va an’analari o‘z aksini topgan. Mazkur hujjatning murakkab sharoitlarda qabul qilinishi O‘zbekistonning mustaqillikka erishish sari tashlangan qat'iy va muhim qadami bo‘ldi.
10. 1991 yil avgust voqealari. GKCHP. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi…1991 yil 18 avgustda sobiq ittifoqda avqulodda xolat e'lon qilindi. Moskva va boshqa bir necha yirik shaharlariga qo'shinlar, shu jumladan tanklar kiritildi 21 avgustda fitnachilar mag'lubiyatga uchradi, 22 avgustda Esa Favqulodda xolat davlat qo'mitasi (GKCHP) a'zolari qamoqqa olindi. Mazkur holat KPSSning 1991 yil yozidagi umri tugaganidan dalolat beruvchi ramziy xolat edi. O'zbekiston o'z nuqtai azarini ma'lum qildi. Respublika rahbariyati markazdan beriladigan qonunga xilof bo'lgan har kanday ko'rsatmalarni bajarishni man etdi. 20 avgustda O'zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va O'zbekiston SSR Prezidenti xuzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo'shma Majlisi bo'ldi. Unda fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muhokama qilinib, O'zbekistonning mustaqillikka erishish yo'li o'zgarmasligi haqida bayonot qabul qilindi.

Yüklə 56,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin