1. Oʻzbekistonda turizmni rivojlanishi. Turizmni mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o’rni

Yüklə 107,76 Kb.
səhifə2/6
tarix28.11.2023
ölçüsü107,76 Kb.
#167294
1   2   3   4   5   6
2 5323397953761589347

O'zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishdan asosiy maqsad - bu jamiyat ehtiyojlarini qondirish, xizmat ko'rsatish sifati va hajmini kengaytirilgan holda sohaga bozor iqtisodiyotining dunyo standartlari darajasidagi modeli kirib kelishini ta'minlashdir. Ehtiyojini qondirish - bu turistlar talabini ichki va tashqi turizm xizmatlariga, aholini esa ekskursion xizmatlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish va shu bilan xizmat importi va eksportiga bo'lgan xalqaro talabni o'rganishdir.

Bizning mamlakatimiz o'zining boy tarixiy-madaniy merosi, noyob moddiy va nomoddiy madaniy qadriyatlari, me'moriy obidalari bilan jahonda alohida mavqega ega. O'zbekistonda turizm sohasi rivojlanishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud. Ushbu soha yangi ish o'rinlarini yaratish, aholi farovonligini oshirish, valyuta va soliq tushumlari ko'payishida muhim ahamiyatga ega.

O'zbekistonda ham turizm milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog'iga aylanishi uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Respublikamizda mavjud 8 mingdan ortiq madaniy va tabiiy meros obyektlaridan atigi 5-8 foizidan turistik maqsadlarda foydalaniladi. Hozirgi kunda O'zbekistonda milliy turizm modeli rivojlanish bosqichida bo'lib, unda o'zbek xalqining mentaliteti - sharqona mehmondo'stlik va g'arb xizmat standartlarining uyg'unlashuviga erishishga asosiy e'tibor qaratilmoqda

Agar 1995-yilda jahon bo'yicha turistik tashriflar soni 536 ming kishini tashkil etgan bo'lsa, 2014-yilga kelib bu ko'rsatkich 1mln 135 ming kishiga yetgan bo'lib, 2019 yilda esa 1 mln 460 ming kishi u yoki bu mamlakatga sayohat qilgan, ya'ni bu oldingi yillarga nisbatan o'sish tendensiyasiga ega. 2019 yilda boshlangan koronavirus infeksiyasi va 2020 yil boshlarida e'lon Covid-19 pandemiyasi jahon turizm sanoatiga jiddiy ta'sir o'tkazdi. Bu pandemiya davrida tabiiyki birinchi bo'lib turizm sohasi jiddiy yo'qotishlarga uchradi

Hozirda turizmning turli shakllari mavjud bo'lib eng tez rivojlanayotgan turizm sohasi bu dam olish turizmi hisoblanadi. Ko'plab mamlakatlar qulay geografik hududda joylashgan bo'lsa-da, lekin dam olish turizmining rivojlanishi sekin kechmoqda. Buning bir qator sabablari mavjud eng avvalo ushbu sohaga tikiladigan investitsiya, qulay geografik hudud, sayohat qilishning qulaylik darajasi, infratuzilma va kadrlar muammosi mamlakatlarda turizm rivojlanishiga u yoki bu ma'noda ta'sir o'tkazadi.

Yüklə 107,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin