1-O'zbekistoning BMT ga azo bo'lishi va aloqalari
2-O'zbekistoning Xalqoro tashkilotlar bilan aloqalari
3-O'zbekiston markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalari
4-AQSH,O'ZBEKISTON,ROSSIYA va Xitoy davlatlari aloqalari.
1-O'zbekistoning BMT ga azo bo'lishi va aloqalari
O'zbekiston - BMT munosabatlari
Mustaqillik sharofati tufayli O ’zbekiston jahon hamjamiyatida o’zinig munosib o’mini topdi. 1992- yil 2-martda Vatanimiz tarixida unutil mas quvonchli voqea ro’y berdi, ya’ni O ’zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo’ldi. O ’sha kundan boshlab BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida O’zbekiston Respublikasi bayrog’I paydo bo’ldi.
Joriy o’n yillikni (1995-2005-yillar) kurramizda insob huquqlari o’n yilligi deb e’lon qilib, BMT insoniyat tarixida vaqtningyangi hisobini boshladi. Inson huquqlari va erkinliklari yangi dunyoqarash asosi, jahon xalqlari taraqqiyot yo’lini anglash manbaasi bo’lib qolmoqdalar.
O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari xususida jamoatchilikni xabardor qilish umumjahon kompaniyasini o’tkazishga qaratilgan umumjahon demokratik tashabbuslaming faol qatnashehisi bo’lib, jahonda inson huquqlari o’n yilligini ta’sis qilishga qaratilgan faoliyat rejasiga o’zining ulushini qo’shishga tayyordir.O ’zbekisotn Respublikasi BMTga a’zo bo’lishi uning ijtimoiy-siyosiy hayotida, xalqaro maydondagi faoliyatida muhim voqea bo’ldi. O ’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotidek nuluzli xalqaro tashkilotning teng huquqli a’zosi bo’lishi uning jahon hamjamiyatidagi obro’-e’tiborini oshishiga, xalqaro munosabatlardagi faoliyatining kengayib borishiga olib keldi.BMTning davlatlar va xalqlar taqdirida, jahondagi barcha erkparvar xalqlar taqdirida tutgan olanshumul tarixiy rolini O’zbekiston Respublikasi sobiq prezidenti I. A. Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qilgan ma’ruzasi quyidagicha juda aniq qilib ta’riflab berilgan edi:
“Bizning tassawurimizda Birlashgan Millatlar Tashkiloti barcha davlatlaming, mintaqalaming, butun jahon hamjamiyatining eng muhim muammolarini muhokama qilish va yechish uchun tuzilgan noyob tashkilotdir. BMT - bu xalqlaming tinch-totuv yashashga bo’lgan ezgu irodasining buyuk ramzi, insoniyat ma’naviy taraqqiyotining yorqin nishonasidir.Tub tarixiy o’zgarishlar davrida hozirgi dunyoning o’zaro aloqasi bir-biriga bog’liqligi ortib borayotganligi bizga ravshan ko’rinib turibdi. Ayni shu paytda umuminsoniy muammolami o’rganish hal qilishda jahon miqyosidagi siyosiy vosita sifatida BMTning dunyo ko’lamidagi roli va ahamiyati oshib bormoqda.” (I. A. Karimov. “Bizdan ozod va obod vatan qolsin”)
O ’zbekistonning BMTga a’zo bo’lishi mamlakatimizning milliy xavfsizligini saqlashda muhim ahamiyatga egadir. Endilikda O ’zbekiston o’z xavfsizligini ta’minlashning ishonchli tayanchiga ega bo’ldi. Uning tinchligi va xavfsizligiga qarshi biron-bir kuch tahdid solishi hollari ro’y bergan taqdirda, u BMTga murojaat qilishi, uning yordami va qo’llab-quvvatlashiga haqlidir.O’zbeksiton bu nuluzli tashkilolda ishtiroki faqat mamlakatimizdagina emas, shuning bilan birga Markaziy osiyoda ham tinchlik va barqarorlikni saqlash garovidir. I. A. Karimov BMTning xavfsizlik va hamkorlik sohasidagi roli va ahamiyatini ko’p martalab ta’kidlab, bu tashkilot dunyoda musUihkam va barqaror tinchlikka erishishning hamda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishningmustahkam tayanchi bo’laolishgachuqur ishonch bildirib kelgan.
O’zbekistoning BMT bilan hamkorligi to’la teng huquqlilik va o’zaro ishonch asosiga qurilgandir. Mamlakatimizning BMt va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro hamkorligi iqtisodiyot, ijtimoiy soha, madaniyatni tiklash, sog’liqni saqlash, qti'of-muhitni muhofaza qilish va boshqa sohalami ham qamrab olmoqda. Bunda bir tomoning boshqasiga nisbatan ega bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
Endilikda O’zbekistoning BMT va uning ixtisoslashgan tashkilotlari bilan ikki tomonlama va ko’p tomonlama hamkorligi keng tus olmoqda. Bu hamkorlikda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish ham yetakchi o’rinlardan birini egallamoqda. BMT mamJakatimizda inson huquqlarini himoya qilish sohasida olib borilavotgan ishlarga yaqindan yordam bennoqda. Bu yordam BMTning inson huquqlari va boshqaruv tizimini qo’llab-quwatlash dasturiga asoslangan holda amalgam oshirilmoqda. O’zbekiston demokratiyalash jarayonlarining chuqurlashib borishi mamlakatimizning BMT bilan aloqalari va hamkorligini yanada kengayib borishiga asos bo’lmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining a'zosi bo'lgan davlat xalqaro munosabatlarning asosiy tamoyillari aks etgan, xalqqaro shartnomalardan iborat bo'lgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomida bayon etilgan majburiyatlarni qabul etadi. Nizomga binoan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti to'rtta asosiy maqsadga amal qiladi: xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashga ko'maklashish, millatlar o'rtasida do'stona aloqalarni rivojlantirish, xalqaro muammolarni hal etishda va inson huquqlarini hurmatlashni rag'batlantirishda, xalqaro hamkorlikni barqaror etish hamda ushbu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar sa'y-harakatlari, kelishuvlari uchun markaziy rolni o'ynash.
BMTning asosiy maqsadlar quyidagilardan iborat:
1. Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlab turish.
2. Tinchlikka tahdidga barham berish hamda uning oldini olish, shuningdek, agressiya yoki boshqa tinchlikni buzuvchi xatti-harakatlar-ni bartaraf etish uchun samarali jamoaviy chora-tadbirlar qo'llash.
3. Xalqaro nizolarga yoki tinchlik buzilishiga olib kelishi mumkin boigan vaziyatlarni tinch vositalar yordamida hal etish.
4. Xalqlar o'rtasida do'stona munosabatlarni rivojlantirish.
5. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va gumanitar mazmundagi xalqaro muammolarni hal etishda xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
6. Inson huquqlarini hamda irqi, jinsi, tili va dinidan qat'i nazar, barchaga taalluqli bo'lgan asosiy erkinliklarni rag'batlantirish va rivojlantirish.
7. Tashkilot oldida turgan maqsadlarga erishish yo'lida davlatlar sa'y-harakatlarini birlashtiradigan markaz bo'lish.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun BMT quyidagi prinsiplar asosida faoliyat yuritishni o'z zimmasiga olgan:
1. Suveren tenglik;
2. BMT Ustavi bo'yicha majburiyatlarni sidqidildan bajarish;
3. Xalqaro nizolarni tinch yo'l bilan hal etish chog'ida xalqaro tinchlik, xavfsizlik va adolatni tahdid ostiga qo'ymaslik;
4. Har qanday davlatning hududiy daxIsizligiga yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi va shuningdek, BMT maqsadlariga xilof bo'lgan boshqa vaziyatlarda ham, xalqaro munosabatlarda kuch bilan yoxud uni qo'llash bilan tahdid etishdan voz kechish;
5. BMT o'z ustaviga muvofiq qo'llaydigan barcha sa'yharakatlarida har to m o n la m a y o rd am ko'rsatish ham da u ogohlan tiru v ch i yoxud majburlovchi mazmundagi choralar qo'llayotgan har qanday davlatga yordam ko'rsatishdan tiyilib turish;
6. BMT a'zosi bo'lm agan davlatlar ham uning prinsiplariga mu vofiq ravishda harakat qilishini ta'minlash, chunki bu xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlab turish uchun qo'l kelishi mumkin;
7. BMTning aslida davlatlar ichki vakolatlariga mansub bo'lgan ishlariga aralashmasligi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Bu tarixiy tashrif mamlakatimiz bilan BMT hamkorligining yangi bosqichini boshlab berdi. Davlatimiz rahbarining sessiyadagi ishtiroki va BMTning yuksak minbaridan turib so‘zlagan nutqi shu jihatdan tarixiy voqea bo‘ldi. Aytish joizki, Prezidentimiz o‘z nutqida uch yo‘nalishdagi – O‘zbekiston, Markaziy Osiyo mintaqasi va BMT darajasidagi fikrlarini o‘rtaga tashladi, umuminsoniy manfaatlar ko‘zlangan taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.
Nutqda bayon qilingan O‘zbekistonda barcha sohadagi islohotlar “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan tamoyilga asoslanishi, 2017-yil mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilingani, mamlakatimizda Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etilib, odamlar davlat idoralari uchun emas, davlat idoralari odamlar uchun xizmat qilayotgani, bu jamiyatimiz shioriga aylangani, Harakatlar strategiyasi bu ishlarda asosiy dastur bo‘lib xizmat qilayotgani haqidagi fikrlar jahon afkor ommasida qatta qiziqish uyg‘otdi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatni o‘nglash, mintaqani yadrodan xoli hududga aylantirish, narkobiznesga qarshi kurashishda barcha davlatlar sa’y-harakatlarini birlashtirish masalalarini doimo ilgari surib kelgan. Bu dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda BMT faoliyatiga daxldor qator muhim hujjatlar qabul qilinishiga asos bo‘lgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Markaziy Osiyoni o‘zaro hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari asosida izchil taraqqiy ettirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mintaqada siyosiy muloqot faollashib, ko‘plab masalalarni hal qilish imkonini berayotir.
Nutqda ilgari surilgan yana bir muhim masala, bu mintaqadagi suv zaxiralaridan oqilona foydalanish, Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirish g‘oyasidir. Davlatimiz rahbari bu haqda to‘liqroq tasavvur hosil qilish maqsadida Orol fojiasi aks ettirilgan xaritani minbar uzra baland ko‘tarib ko‘rsatdi. Bunday holat nufuzli tashkilot sessiyalarida hali kuzatilmagan. Bu ham ma’ruzadagi dalillar haqida anjuman ishtirokchilarida, qolaversa, uni kuzatgan millionlab odamlarda yaqqol tasavvur uyg‘otdi.
Prezidentimizning dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, BMTning xalqaro munosabatlardagi rolini oshirish borasidagi fikrlari ham dolzarb ahamiyatga molikdir. BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va Bosh Assambleyaning "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish bo‘yicha tashabbuslar, ayniqsa, tarixiy voqeadir. Ushbu takliflar sammit davomida xorijiy ommaviy axborot vositalari uchun kun mavzusi bo‘ldi, davlat rahbarlarining uchrashuvlarida, turli doiradagi tadbirlarda qizg‘in muhokama etildi.
Sammit doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasining tuhfasi – Registon maydoni maketi topshirilishi ham o‘ziga xos chuqur ma’noga ega voqeaga aylandi.
BMT Bosh kotibi Orol dengizi akvatoriyasida, Mo‘ynoq tumanidagi “Kemalar qabristoni”da ham bo‘lib, BMT tomonidan hududda amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘rgan edi. BMT Bosh kotibining mamlakatimizga tashrifi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan 2017-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi bilan BMT hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" va BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr ko‘rgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha qabul qilingan maxsus dastur Orolbo‘yi mintaqasidagi vaziyatni yaxshilash borasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
O‘zbekistonda BMT bilan hamkorlik barcha sohada izchil rivojlanib bormoqda. Mamlakatimizda ushbu tashkilotning nufuzli organlari – Taraqqiyot dasturi, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti, Aholishunoslik jamg‘armasi, Bolalar jamg‘armasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha boshqarmasi, OIV/OITS bo‘yicha birlashgan dasturi va boshqa tuzilmalari vakolatxonalari faoliyat yuritayotgani hamkorlik samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 27-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasining BMT va uning tuzilmalari, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashqi siyosiy sheriklar bilan hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda dasturilamal bo‘lmoqda.
Shu yil noyabr oyida Samarqandda BMT shafeligida o‘tkaziladigan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzuidagi xalqaro anjuman ushbu tendensiyani mustahkamlashga xizmat qiladi. Ushbu anjumanda mamlakatimiz siyosatining yangi yo‘li, qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik, mintaqa xalqlari manfaati namoyon bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: |