Qarshi davlat universiteti Biologiya bakalavr ta’lim yo’nalishi bitiruvchilariga mutaxassislik
fanlari bo’yicha YaDAS uchun tuzilgan test savollari (300 ta)
1.O‘zbekistonlik olimlardan kimlar Odam va hayvonlar fiziologiyasining rivojlanishiga katta hissa
qo‘shgan?
A) A.Yunusov, A.Sodiqov, Z.Tursunov, K.Raximov, U.Qodirov, A.I.Izrael, A.S.Shatalina
B) A.Abdullayev, A.Hoshimov, H.Abdullayev, S.Yunusov, V.Qobilov, O.Sodiqov
C) N.Qobulov, J.Saidov, K.Zokirov, K.Habibov
D) P.Habibullayev, V.Qobilov, O.Sodiqov
2.Fiziologik tadqiqotlarda qo`llaniladigan sintetik tekshirish bu:
A) metabolizmdagi katabolik jarayonlarni tekshirish
B) organizmni uning tabiiy yashash muhitidan ajratilmagan holda o’rganish
C) metabolizmdagi anabolik jarayonlarni tekshirish
D) ekstrapolyatsiya qilish
3.«Gomeostaz» deganda nima tushuniladi?
A) Yangi sharoitda ichki muxitning birorta biologik ko‘rsatgichlarining o‘zgarishi.
B) Organizmning ichki muhitida fizik-kimyoviy hususiyatlarning o‘zgarishi.
C) Ichki muxitning tiklanishi va doimiy saqlanishini ta’minlovchi maqsadli jarayonlar to‘plami.
D) Organizm ichki muhitida o‘zgarishlarni oldini oluvchi nerv tizim jarayonalari.
4.Odam hayvonlar fiziologiyasining fan sifatida shakllanishi qachon va kimning nomi bilan
bog‘liq?
A) I.M. Sechenov, 1838 yil
B) A.M. Ugolev, 1960 yil
C) I.P.Pavlov, 1820 yil
D) U. Garvey, 1628 yil
5.Elektrokardiografiya usuli nimani o‘rganadi?
A) yurakdagi qo‘zg‘alish jarayonlarini
B) yurakdagi kasalliklar va o‘zgarishlarni
C) yurakdagi qisqarish jarayonlarini
D) yurak urishi va pulsni
6.Qaysi tuzilma hissiyotlarning yuzaga kelishi bilan bog‘liq va ularga javobgar hisoblanadi?
A) Bosh miya po‘stloq osti sohalari va miyacha
B) Limbik tizim
C) Talamus va uzunchoq miya
D) Gipotalamus va talamus
Dostları ilə paylaş: |