1. Oʻzbekistonning jahondagi oʻrni. Xalqaro tashkilotlardan biri haqida taqdimot tayyorlash. Rasmiy diplomatik uslub va uning xususiyati


Publitsistik uslub va uning xususiyatlari



Yüklə 30,67 Kb.
səhifə4/5
tarix24.07.2023
ölçüsü30,67 Kb.
#137309
1   2   3   4   5
Oʻzbekiston va jahon

Publitsistik uslub va uning xususiyatlari.
Publisistika (lat. «xalq, omma») davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o`quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo`layotgan voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniye), Oliy Majlis yig`inlarida, turli xil anjumanlarda qo`llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslub sanaladi. Publitsistik uslub ikki xil shaklda namoyon bo`ladi: 1) yozma shakl;
og`zaki shakl; Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton va pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio va televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari esa publitsistik uslubning og`zaki shaklidir.
Publitsistik uslubning o`ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo`lish, hozirjavoblik, ta’sirchanlik belgilariga ega. Bunday nutq uslubida ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so`zlar ko`proq qo`llaniladi. M., isyon, irqchilik, qo`poruvchilar, siyosiy tanglik, bitim va boshqalar.
Publitsistik uslub - matbuot, radio, teleko`rsatuvga xos bo`lgan tildir. Bu uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, bosh maqolalardan iborat bo`ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Zarur o`rinda asoslar keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy xabarlarda
«muxbirimizning xabar berishicha, elchixona xodimining so`ziga ko`ra, muxbirimiz voqea ro`y bergan joydan xabar beradi ...» va hokazo iboralar qo`llanadi. Har bir xabarga ta’sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo`yiladiki, bu hol o`quvchining diqqatini jalb qiladi. («Qonun barchaga barobarmi?», «Kafolat va‘da emas», «Chetlatilgan mutaxassis», «Tuya ko`rdingmi – yo`q», «Chumchuq so`ysa ham qassob so‘ysin»). Ayrim hollarda vaqtli matbuotda felyeton, kichik hikoyalar, romandan parchalar ham beriladi. Bu holda ommabop uslub badiiy uslub bilan qo`shilib ketadi. Ommabop uslub kundalik ijtimoiy hayot ko`zgusidir. Ommabop uslubni shakllantiruvchi vositalar ijtimoiy-siyosiy atama va birikmalar bo`ladi: fuqarolik burchi, iqtisodiy tejamkorlik, siyosiy vaziyat, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, iqtisodiy vaziyat, hukumat tangligi va b. Publitsistik uslub ommaviy axborot vositalari uslubidir. Bu uslubning muhim xususiyati
Yüklə 30,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin