1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi


O‘zbekistonda parazitologiya fanining qisqacha rivojlanish tarixi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə2/27
tarix21.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#188979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish ta

O‘zbekistonda parazitologiya fanining qisqacha rivojlanish tarixi.
O’zbekistonda parazitologiya faniga oid ma’lumotlar XIX-asrning ikkinchi yarmida Turkiston o‘lkasi bo‘ylab sayohat qilgan mashhur rus tabiatshunos olimi A.P. Fedchenko asarlarida ham uchraydi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda ham parazitologiya fanining quyidagi 4 ta yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda hamda nazariy va amaliy muammolar hal etib kelinmoqda:

  • Umumiy parazitologiya.

  • Tibbiyot parazitologiyasi.

  • Veterinariya parazitologiyasi.

  • Agronomiya parazitologiyasi.

O‘zbekistonda umumiy parazitologiya yo‘nalishida tadqiqot ishlarini olib borgan va hozirgi kunda ham fidokorona ijod qilayotgan yirik parazitolog olimlar:
akademik :J.A. Azimov

  • ‘zbekiston FA muxbir a’zosi: M. A. Sultonov; professorlar: S.O. Osmanov, V. M. Sodiqov, O‘.Ya. Uzoqov, S.D. Dadayev, B.A. Allamuratov, S.A. Muhammadiyev, M.O’. O‘ralov;

O‘zbekistonda umumiy parazitologiya yo‘nalishi bo‘yicha o‘zlarining maktabiga ega bo‘lgan yirik olimlar qatoriga akademik J.A. Azimov va O‘zbekiston FA muxbir a’zosi M.A. Sultonov kiradi.
Akademik J.A. Azimov 1959-yili Samarqanddagi O‘zbekiston qishloq xo‘jalik institutining veterinariya fakultetini muvaffaqiyatli bitirib, O‘zbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot institutida faoliyat ko‘rsata boshladi.
1961-yilda Moskvadagi akademik K. I. Skryabin nomidagi Butunittifoq gelmintologiya instituti kunduzgi aspiranturasiga o‘qishga kirib, 1963-yilda “Гельминты овец юга Узбекистана и динамика главнейших гельминтозов” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
J.A. Azimov 1986-yilda esa Moskvadagi akademik K. I. Skryabin nomidagi Butunittifoq gelmintologiya instituti ilmiy kengashida «Schistosomatida (Skrjabin et Schulz, 1937) (Azimov, 1970) turkumiga mansub trematodalarning ekologo-taksonomik tavsifi va qishloq xo‘jalik hayvonlari orientobilgarsiozining oldini olishning biologik asoslari» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvoffaqiyatli himoya qilgan.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin