1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish ta
Yashash joyiga qarab parazitlar : tashqi-ektoparazitlar (bunda parazit xo‘jayini tanasining sirtida) ichki-endoparazitlarga (bunda parazit xo‘jayini tanasining ichki to‘qima yoki bo‘shliqlarida yashaydi). Ko‘pchilik ektoparazitlar, asosan parazitlikka avval yirtqichlik qilib hayot kechiruvchilardan o‘tgan.
Ektoparazitlik ko‘proq bo‘g‘imoyoqlilarda (kanalar, parxo‘rlar, junxo‘rlar, bitlar, burgalar va boshqalar) uchraydi va bu jarayon birdaniga yuzaga kelmagan.
Bo‘g‘imoyoqlilar umurtqali hayvonlar bilan uzoq vaqt bog‘lanishda (kontaktda) bo‘lishi bilan bog‘liq. Evolyutsiya jarayonida oziqlanish muddatini uzayib borganini kuzatish mumkin: iskabtoparlarning urg‘ochilari bir daqiqa, tayga kanasi 6–8 kun, burgalar xo‘jayinlarida hayotini ko‘p qismini, bitlar esa xo‘jayinlarida hayoti davomida, ya’ni doimiy yashaydi. Ektoparazitlarning paydo bo‘lishida yana boshqa yo‘llar ham mavjud, ya’ni ko‘pchilik umurtqasizlar umurtqali hayvonlarning terisi, jabra yoriqlariga yopishib hayot kechirishi bilan ham bog‘liq.
Ular teriga borgan sari botib kirib, to‘qimalar hisobiga oziqlanishga o‘tgan va shu guruh hayvonlardan parazit qisqichbaqasimonlar kelib chiqqan. Yana bir yo‘li kommensalizm orqalidir. Bunga misol qilib parxo‘rlarni, qush kanalarini olish mumkin. Ularning dastlabki avlodlari qushlarni kommensallari bo‘lgan.
Avvaliga qushlarning inlarida organik qoldiqlar hisobiga oziqlangan. Keyinchalik tanasiga o‘tib, (uy egalariga o‘tgan) tana shox moddalari hisobiga oziqlanishga o‘tgan.
Endoparazitlarning kelib chiqishi ektoparazitlarning kelib chiqishi bilan bog‘liq. Terida parazitlik qiluvchi infuzoriyalarning bir guruhi, ayrim hasharotlarning lichinkalari endoparazitlarga aylangan. Masalan, saqoqushlarni ektoparaziti-kana avvaliga patxo‘rlik bilan oziqlangan, keyinchalik tumshuq osti xaltasiga o‘tib, qon hisobiga oziqlanishga o‘tgan.
Ko‘pchilik hollarda endoparazitlar ichak parazitlaridan kelib chiqqan.
Ichak oziqa mahsulotlariga boy bo‘lib, ko‘pchilik parazitlar uchun qulay hisoblanadi. Ichak kommensallari xo‘jayinni chiqindi oziqasi hisobiga emas, xo‘jayin oziqasiga sherik bo‘lib kommensallikdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri parazitlikka o‘tadi.
Endoparazitlarning kelib chiqishini yana o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, tabiatdagi erkin yashovchi umurtqasizlarning sistalari, tuxum va lichinkalari, tasodifan boshqa organizmlarning ovqat hazm qilish sistemasiga tushib qolgan, u yerda rivojlanishni davom ettirgan va shu holat bir nechta avlodda takrorlanib, keyin ichak parazitlari vujudga kelgan.
Qon parazitlari ham avval ichakda parazitlik qilib, keyin turli yo‘llar bilan qonga o‘tib, qon parazitlariga aylangan.
Bunda qon parazitlari ichak bo‘shlig‘ida yashaydigan parazitlardan kelib chiqqaniga shubha yo‘q.
Umurtqali hayvonlarni qonida yashaydigan parazitlar, oldin umurtqasizlarning ichak parazitlari bo‘lgan. Umurtqasizlar umurtqalilarni qonini so‘rib parazitlarni yuqtirgan (Plasmodium avlodi vakillari umurtqasizlar ichagida va umurtqali hayvonlarni qonida parazitlik qiladi).
Parazit bir hujayrali organizmlar turkumi boʻlib, ularning ayrim turlari bezgakka sabab boʻladi. Ikki yuzga yaqin turi ma'lum, ulardan kamida besh turi odamlarda parazitlik qiladi. Boshqa turlari boshqa umurtqali hayvonlar: maymunlar, kemiruvchilar, qushlar va sudraluvchilarda parazitlik qiladi. Plazmodiumning hayot aylanishi ikkita xo‘jayinga ega: umurtqali va chivin. Boshqa turlari boshqa umurtqali hayvonlar: maymunlar, kemiruvchilar, qushlar va sudraluvchilarda parazitlik qiladi. Plazmodiumning hayot aylanishi ikkita xo‘jayinga ega: umurtqali va chivin. Endoparazitlik hayotga o‘tish ba’zan erkin yashovchi organizmlarni instinktini o‘zgarishi natijasida ham yuzaga keladi.
Masalan, Volfart pashshasi tirik tug‘adi. Ular lichinkalarini hayvonlarni burun bo‘shlig‘iga, og‘iz bo‘shlig‘iga, quloq suprasining ichiga qo‘yadi. Bu lichinkalar jag‘lar orasiga, peshana suyaklari orasiga kirib endoparazitlik qilib hayot kechiradi. Parazitizmni kelib chiqishi bilan parazitlarni xo‘jayinlariga kirish yo‘llari bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan muhim muammolardan hisoblanadi.
Parazitlar xo‘jayinlari organizmiga asosan og‘iz bo‘shlig‘i va teri qoplami orqali o‘tadi. Parazitizmni kelib chiqishi bilan parazitlarni xo‘jayinlariga kirish yo‘llari bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan muhim muammolardan hisoblanadi.
Parazitlar xo‘jayinlari organizmiga asosan og‘iz bo‘shlig‘i va teri qoplami orqali o‘tadi. Parazitologiyada parazitlarning teri orqali o‘tishi ekzogenli yo‘l, og‘iz orqali o‘tishi esa endogenli yo‘l deb ataladi. Tabiatda parazitlarning endogenli yo‘l bilan o‘tishi keng tarqalgan.
Ekzogenli yo‘l bilan yuquvchi parazitlargaoid nematodalardan - Ancylostoma lichinkalari tuproqdan odam terisi orqali qon aylanish tizimiga, undan nafas olish organlari va keyinchalik doimiy yashash joyi-ingichka ichakka o‘tadi. Trematodalardan shistosomalarning lichinkalari ham teri orqali yuqadi. Bir hujayrali hayvonlardan qon sporalilar, leyshmaniyalar, tripanasomalar; hasharotlardan so‘nalar ekzogen yo‘l bilan yuquvchi parazitlar guruhini tashkil etadi.
Schistosoma jinsiga mansub qon to‘kilishi (trematodalar).
Bu teriga parazitlarni kiritish paytida dermatit bilan tavsiflanadi, keyin isitma, intoksikatsiya, toshmalar, splenomegaliya, eozinofiliya, ichak yoki urogenital lezyonlarning rivojlanishi. Shistosomiazda klinik ko‘rinish asosan parazit tuxumlariga immunoallergik reaktsiyaning rivojlanishi bilan bog‘liq.
Endogenli yo‘l bilan ovqat hazm qilish va nafas olish organlarida, shuningdek, jigar, miya va muskullar ichida yashovchiparazitlarga-askaridalar, tasmasimon chuvalchanglar, trematodalar kiradi Ko‘pchilik parazitlar xo‘jayinlariga asosan peroral yo‘l bilan o‘tadi (masalan, turli o‘txo‘r hayvonlar oziqalari orqali parazitlarni tuxum va lichinkalarini yutadi). Shuningdek, parazitlar xo‘jayini organizmiga jinsiy teshiklar, burun bo‘shlig‘i, ko‘z va quloq orqali ham o‘tishi mumkin. Ba’zi parazitlar esa bachadon devori orqali rivojlanayotgan embrionga o‘tadi (exinokokk). Resperator yo‘l bilan nafas olish a’zolari orqali: Trematodalarning serkariylari.
Anal teshigi, kloaka orqali kirish: Monogeniyalardan-Polistoma integerrum. Konyuktival zararlanish: yirik shoxli qoramollarni telyaziyalar bilan zararlanishi: Thelaziidae. Ona suti bilan zararlanish: dengiz cho‘chqalarini eksperimental yo‘l orqali askaridalar bilan zararlantirilgan, ularning sut bezlaridan askarida lichinkalari topilgan.
Prenatal zararlanish: turli parazitlar bilan ona qornidagi embrionni zararlanishi:
1676-yilda Forman yangi tug‘ilgan qo‘zichoqlarning jigar o‘t yo‘llaridan jigar qurtini topgan. Ona organizmidagi embrionni jigar qurti lichinkalari bilan zararlanganligi ham kuzatilgan.
Voyaga yetgan gelmintlar bilan bevosita zararlanish:
Ko‘pchilik hayvonlarda ayniqsa, qushlarda o‘z bolalarini oshqozonidagi yoki jig‘ildonidagi ovqatni qaytarib chiqarib berish xususiyati bor.
Shu vaqtda ovqat bilan birga voyaga yetgan gelmintlar ham o‘tib qolishi mumkin. Bu zararlanishni biossiklik parazitizm, pastsiklik xo‘jayin deyiladi.