1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish ta
Hаyvоnsimоn хivchinlilаr (Zoomastigina) sinfi vakillari asosan yakkа holda yashaydi.
Ulаr bаrchа hаyvоnlаr singаri gеtеrоtrоf оziqlаnаdi. Hаyvоnsimоn хivchinlilаr sinfi оrаsidа chuchuk suv hаvzаlаridа erkin hаyot kеchirаdigаn turlari bilan bir qatorda оdаm vа hаyvоnlаr оrgаnizmidа pаrаzitlik qilаdigаn turlаri ham bоr. Kinetoplastidalar turkumining ayrim turlarigina erkin holda yashaydi.
Ko‘pchilik turlari esa parazitlik qilib hayot kechiradi. Bu turkumning tripanosomalar (Trypanosoma) urug‘iga kiruvchi turlari odam va umurtqali hayvonlar qonida, orqa miya suyuqligi va boshqa organlarida parazitlik qilib, og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Odamlarda parazitlik qiladigan tripanosomalarning quyidagi turlari ancha yaxshi o‘rganilgan:
1) Afrika uyqu kasalligining qo‘zg‘atuvchisi-Trypanosoma gambiense;
2) Chagas kasalligining qo‘zg‘atuvchisi-Trypanosoma cruzi;
Trypanosoma gambiense-Afrikada tarqalgan juda og‘ir “uyqu kasalligi” deb atalgan xastalikni qo‘zg‘atuvchisi hisoblanadi.
Trypanosoma gambienseni antilopalar qonida ko‘plab uchratish mumkin.
Bu hayvonni kasallikka chidamli bo‘lganligi uchun uni tabiatda tripanosomalarni o‘zlarida saqlovchi rezervuar deb hisoblash mumkin.
Demak, Afrika uyqu kasalligining tabiiy manbai antilopalar hisoblanadi, tarqatuvchisi esa se-se pashshasidir (Glossina palpalis). Kasallik faqat shu qon so‘ruvchi pashshalar tarqalgan hududlarda uchraydi.
Pashsha odam qonini so‘rganda unga kasallikni yuqtiradi. Pashshalar ichagida parazitlar bo‘yiga bo‘linib, jinssiz ko‘payadi.
Trypanosoma gambienseshuningdek qoramollarda, cho‘chqa, it va yovvoyi sut emizuvchilarda ham uchraydi.
Ushbu tripanosoma 1962-yilda G‘arbiy Afrikada D.Datton tomonidan aniqlangan, uning rivojlanishini D.Bryus o‘rgangan.
Lotin Amerikasi mamlakatlarida xavfli chagas kasalligining qo‘zg‘atuvchisi - Trypanosoma cruzi keng tarqalgan.
Morfologik jihatdan Afrika uyqu kasalligini qo‘zg‘atuvchisidan farq qilmaydi. Chagas kasalligining tarqatuvchisi qon so‘radigan Triatoma infestans qandalasidir. Tripanosomalar qandalaning orqa ichagida yashaydi va 5-15 kun davomida taraqqiy etadi.
Parazitlarni o‘ziga bir marta yuqtirgan qandala butun umri davomida (2 yildan ortiq umr ko‘radi) o‘zida tripanosomalarni saqlaydi va odam uchun xavfli hisoblanadi. Odatda, parazitlar odamga teri va shilimshiq qatlamlarning har xil yoriqlari, ja-rohatlar orqali faol yo‘l bilan o‘tadi. Triatom qandalalari odamga, asosan, kechasi uxlab yotganida hujum qilib lab, ko‘z va burunning shilimshiq qatlamlaridan qon so‘rib oziqlanadi. Kasallikning belgilariga tana haroratining ko‘tarilishi, jigar va taloqning kattalashishi, ichak faoliyatining buzilishi kabilar kiradi.
Keyinchalik, ularga meningit-ensefalit va miokardit qo‘shilishi mumkin.
Besh yoshgacha bo‘lgan bolalarda chagas kasalligi juda og‘ir o‘tib, o‘limga olib kelishi mumkin.
Ayrim ma'lumotlar bo‘yicha 14 % gacha bemorlar ushbu kasallikdan o‘ladi. Kasallik onadan bolaga ona suti, qon quyish orqali yuqadi (tug‘ma ham bo‘lishi mumkin).
Chagas kasalligi ko‘pincha qishloqlarda ko‘p tarqalgandir. Ayniqsa, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinmagan xonadonlarda, iflos joylarda triatom qandalalarning lichinkalari bemalol rivojlanadi.
Tripanosomalardan-Leptomonas davidi turi Janubiy Amerikada kofe daraxti bargi to‘qimalarida parazitlik qiladi va natijada bunday kasallangan barglarning sarg‘ayib to‘kilishiga, ba'zan qurib qolishiga sabab bo‘ladi.
Besh yoshgacha bo‘lgan bolalarda chagas kasalligi juda og‘ir o‘tib, o‘limga olib kelishi mumkin.
Ayrim ma'lumotlar bo‘yicha 14 % gacha bemorlar ushbu kasallikdan o‘ladi. Kasallik onadan bolaga ona suti, qon quyish orqali yuqadi (tug‘ma ham bo‘lishi mumkin).
Tropik leyshmaniya (Leishmania tropica) yuz, qo‘l va oyoqlar terisida parazitlik qiladi.
Teri leyshmaniozining qo‘zg‘atuvchisini rus shifokori P.F. Borovskiy birinchi marta 1882-yilda Toshkentda aniqlagan.
Teri leyshmaniozi Markaziy Osiyo va Kavkaz ortida keng tarqalgan.
Ular odamlarda, shuningdek itlarda, bo‘ri va chiyabo‘rilarda, mushuklarda, kalamush va yumronqoziqlarda uchraydi va ularga qon so‘ruvchi ikki qanotlilardan-iskabtopar (Phlebotomus avlodi) orqali yuqadi.
Tabiatda leyshmaniyalarni yovvoyi kemiruvchilarda saqlanib yurishini 1939 yil akad. Ye.N. Pavlovskiy qoraqumga qilgan ekspeditsiyasida aniqlagan
Trixomonadalar (Trichomonadidae)-trixomonadoz kasalligini qo‘zg‘atuvchilari bo‘lib, uch turni o‘z ichiga oladi:
1. Ichak trixomonadasi-Trichomonas hominis;
2. Qin trixomonadasi-Trichomonas vaginalis;
3. Og‘iz trixomonadasi-Trichomonas tenax.
Ichak trixomonadasi odamning yo‘g‘on ichagida parazitlik qiladi.
Qin trixomonadasi erkak va ayollarning siydik-tanosil yo‘llarida parazitlik qilib, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik natijasida va jinsiy aloqa vaqtida yuqadi. Ushbu parazit barcha davlatlarda uchraydi.
Ular erkak va ayollarning siydik yo‘llarida uchraydi. Kasallanish ayollarda 20-40 %, erkaklarda esa 15 % ni tashkil qiladi. Tashxis qo‘yish uchun bemorning siydik va jinsiy yo‘llaridan surtma olinib, mikroskop ostida tekshiriladi.
Og‘iz trixomonadasining patogenlik xususiyati aniqlanmagan, lekin og‘iz bo‘shlig‘i va tish kasalliklari (gingvit, paradontoz, tish kariyesi) bilan kasallangan odamlarda ko‘proq uchrab turadi.
Shuning uchun stomatologiya shifo-xonalarida og‘iz trixomonadasini aniqlash usullariga alohida e'tibor berish lozim.