1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə23/27
tarix21.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#188979
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish ta

Mushuk ikki so‘rg‘ichlisi (Opisthorchis felineus).
Bu parazit asosan mushuk, it, tulki, sher, cho‘chqa va odamning jigarida, o‘t yo‘llarida, o‘t pufagida hamda oshqozon osti bezlarida parazitlik qilib yashaydi.
U asosan, G‘arbiy Sibirda ko‘p tarqalgan.
Opistorxis keltirib chiqaradigan kasallik opistorxoz deyiladi.
Opistorxozni kasallik sifatida birinchi marta 1891 yilda Tomsk shahrida shifokor K.N. Vinogradov aniqlagan.
Bu kasallik Ukrainada, Rossiyada Perm va Kaliningrad viloyatlarida, Don, Volga daryolarining ba’zi havzalarida borligi aniqlangan. Opistorxoz, ayniqsa, Ob va Irtish daryolarining havzalarida keng tarqalgan.
Opistorxoz bilan kasallangan odamlarda bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, asabiylashish va ko‘ngil aynish kabi holatlar kuzatiladi.
Jigar va oshqozon osti bezining ishi buziladi, ba’zi hollarda bu kasallik jigar va oshqozon osti bezlarida rakning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.
Shistosomalar (Schistosoma) ning tuzilishi va biologik xususiyatlari.
Trematodalar sinfi orasida odam va hayvonlarning xavfli parazitlaridan yana bir guruhi qon ikki so‘rg‘ichlilari-shistosomalar (Schistosoma, Orientobilharzia va boshqalar) hisoblanadi.
Shistosomalar qon parazitlari bo‘lib, odam va hayvonlarning qorin bo‘shlig‘idagi yirik vena qon tomirlarida, shuningdek, buyrak, qovuq venalarida parazitlik qiladi.
Asosan issiq iqlimli mamlakatlarda, ya’ni Afrika, Osiyo va Janubiy Amerikada keng tarqalgan.
Odamlarda, asosan Schistosoma mansoni, Schistosoma haematobium, Schitosoma japonicum kabi turlari ko‘proq parazitlik qiladi.
Braziliyada Schistosoma mansoni turi bilan
4 mln. dan ortiq kishi, Misr va boshqa arab mamlakatlarida Schistosoma haematobium turi bilan 16 mln. kishi kasallangan.
Shistosomalar odamlarning qovuq, buyrak va siydik nayining devorini jarohatlashi tufayli siydik bilan birga qon ham ajraladi.
O‘zbekiston sharoitida yuqorida ko‘rsatilgan trematodalarning tarqalishi, barcha biologik xususiyatlari O‘zbekiston FA akademigi J.A. Azimov, professorlar Sh.A. Azimov, B.S. Salimov va ularning shogirdlari tomonidan chuqur o‘rganilgan va ularga qarshi kurashda ilmiy jihatdan asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin