1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi


Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi (



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə27/27
tarix21.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#188979
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish ta

Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi (Taenia solium).
Qoramol tasmasimoni kabi odamlarning ingichka ichagida parazitlik qiladi.

  • uzunligi 1,5-3 m,

  • ba’zan esa 5 m gacha borib,

  • boshcha, ya’ni skoleks, bo‘yin va 900 tagacha bo‘g‘imlari

  • boshchasida 4 ta so‘rg‘ichi va xartumida ikki qator har xil katta-kichiklikdagi xitinli ilmoqchalari (22-32 tadan) joylashgan,

  • proglottidalarining har birida yuzlab urug‘donlar va uch bo‘lakli bitta tuxumdon bo‘ladi.

Cho‘chqa tasmasimoni lichinkasi ham xuddi qoramol tasmasimoni lichinkasi kabi sistitserk deyiladi. Bu lichinka har xil to‘qima va organlarda maxsus po‘stga o‘ralib parazitlik qiladi. Sistiserk no‘xat kattaligidagi pufakcha bo‘lib, ichi tiniq suyuqlik bilan to‘lgan bo‘ladi, uning uchida 4 ta so‘rg‘ichi va xartumi, ilmoqchalar bilan qurollangan skoleksi joylashgan. Cho‘chqa tasmasimonining asosiy xo‘jayini odam hisoblanadi. Odamning ingichka ichagida voyaga yetgan tasmasimon chuvalchang parazitlik qiladi. Cho‘chqa, it, mushuk, tuya va quyonlar bu chuvalchangning oraliq xo‘jayinlari hisoblanadi. Cho‘chqa tasmasimonining voyaga yetgan shakli keltirib qo‘zg‘atadigan kasallik tenioz, lichinkalik davri vujudga keltiradigan kasallik esa sistiserkoz deyiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, odamlar ham tenioz va ham sistiserkoz bilan kasallanishi mumkin.
Kalta, ya’ni pakana zanjirsimon chuvalchang (Hymenolepis nana).
Odamlarning, ayniqsa, bolalarning ingichka ichagida parazitlik qiladi va gimenolepidoz kasalligini vujudga keltiradi.
Bu parazitning odamlarda parazitlik qiladigan boshqa tasmasimon chuvalchanglardan farqi shundaki, haqiqatdan bu chuvalchangning uzunligi 1-4,5 sm atrofida bo‘ladi.
Sharsimon xartumchali boshida ilmoqchalari (bir qator joylashgan 24-30 ta ilmoqchalari) va 4 ta so‘rg‘ichi bo‘ladi.
Boshidan so‘ng ingichka bo‘yni, undan keyin esa 150-200 tagacha mayda bo‘g‘imlari, ya’ni proglottidalari bo‘ladi.
Kalta zanjirsimon chuvalchangning hamma rivojlanish davrlari bitta xo‘jayinda, ya’ni odamda o‘tadi.
Demak, odam kalta zanjirsimon chuvalchang uchun ham asosiy va ham oraliq xo‘jayin hisoblanadi.
Gimenolepidozga yo‘liqqan odamlarning

  • me’da-ichak yo‘llari yallig‘lanib og‘riydi,

  • ishtahasi buziladi, ich ketish hollari yuz beradi va darmonsizlanib,

  • mehnat qobiliyati pasayadi,

  • parazitning o‘zidan chiqargan zaharli moddalari bolaning asab sistemasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Kasallik 3-12 yoshdagi bolalarda, ayniqsa, sanitariya-gigiyena qoidalari buzilgan bolalar muassasalarida ko‘proq uchraydi va tez tarqaladi.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin