1-mavzu: Pedagog ma’suliyati
REJA:
1. Pedagogik muloqot madaniyati
2. Pedagogning emotsional holati
Tayanch so‘zlar: muloqot, madaniyat, emotsiya, stress, jarayon, intellektual
Mustaqillikdan keyin amalga oshirilayotgan ta‟lim
tizimidagi islohotlar
tufayli ulkan o„zgarishlar ro„y bermoqda. Odamlarning ongi, dunyoqarashi
o„zgardi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va
ma‟naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har
tomonlama rivojlangan shaxs
sifatida namoyon bo„lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning
amalga oshirilishida, har bir fuqaroning bilim olishida, ijodiy qobiliyatini
shakllantirishda, intellektual jihatdan rivojlantirishda o„qituvchining
muloqot
madaniyati va muomalasi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ta‟kidlash joizki,
pedagogik kasbga nisbatan talab va javobgarlik ham kuchaydi, o„qituvchilarning
jamiyat oldidagi vazifalari yanada oshdi. Buyuk ma‟naviyatimizni tiklash va
yanada yuksaltirish, milliy ta‟lim-tarbiya tizimini takomillashtirish,
uning milliy
zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg„unlashtirish, uni jahon
andozalari darajasiga chiqarish, o„quvchilarda mustaqil va erkin fikr yuritish
ko„nikmalarini hosil qilish kabi vazifalarga javobgarlik hissi o„qituvchilar
zimmasiga yuklatildi.
Ma‟lumki, har qanday pedagogik texnologiya ta‟limning
yangi loyihasi
rivojlantirvchi ta‟lim tamoyillariga asoslangan bo„lib, o„quvchi shaxsiga
yo„naltirilmog„i kerak. Ilg„or pedagogik texnologiyaning markazida esa ta‟lim
jarayonining rahbari hamda shu jarayonning sub‟ekti-yu ob‟ekti bo„lgan o„qituvchi
va o„quvchi turadi. Shunday ekan, bu ikki shaxsning hamkorligi, o„zaro muloqoti,
bir-biriga ko„rsatadigan ta‟siri eng zamonaviy va milliy talablar asosida tashkil
topishi lozim. Buning uchun birinchi navbatda, o„qituvchi ta‟lim-tarbiya jarayoni
oldiga qo„yilgan
talablar, ta‟limni tashkil etish va boshqarish prinsplari hamda
yo„llari, o„quvchini aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish usullari, u bilan
hamkorlik qilish, uni o„qishga, o„rganishga yo„naltirish, o„quvchi shaxsi faoliyatini
to„g„ri
tashkil
etish,
ular
bilan
muloqotga
kirishish,
muammo
va
kelishmovchiliklarni bartaraf etish,
sinfda ijodiy, ishchan muhitni vujudga
keltirish, o„quvchi faoliyatini aniq va to„g„ri baholash metodlari bilan qurollangan
bo„lishi lozim. O„qituvchining o„quvchi bilan muloqoti pedagogik xarakterdagi
muloqot bo„lishi, aniq pedagogik vazifani bajarishga yo„naltirilishi kerak.
Jumladan: optimal, yaxlit, qulay o‟quv muhitini, ruhiy vaziyatni, o„quv faoliyatini
optimallashtirish, o„qituvchi va o„quvchilar orasidagi munosabatni tashkil etish va
shakllantirish nazarda tutiladi. O„qituvchi va o„quvchi orasidagi munosabat
insonparvarlik mezonlari asosida tashkil etilib, noxush
hissiyotlarni bartaraf
etishga yo„naltirilmog„i lozim. Bu esa o„zaro pedagogik ta‟sirni tashkil etish
uchun aloqa vositasi, “ko„prik” ni vujudga keltiradi. Boshqa bir tomondan olib
qaraganda, pedagogik muloqotning tarkibiy qismi bo„lgan kommunikativ
faoliyatni quyidagi sxema asosida tatbiq etish mumkin:
pedagogik jarayonni
modellashtish, sinf bilan muloqotga kirishish, bevosita muloqotni (kommunikativ
hujumkorlikni) tashkil etish, rivojlantiruvchi pedagogik jarayonda muloqotni
boshqarishni tashkil etish, ko„zda tutilgan faoliyatni
amalga oshirish davomida
muloqot tizimini modellashtirish. Ta‟lim-tarbiya ishini tashkil etishda o„qituvchi
va o„quvchi orasidagi o„zaro munosabat va muloqotning turli yo„llari (stillari)
mavjud. Ularni quyidagilarga o„qituvchining o„quvchilar jamoasiga nisbatan
barqaror-ijobiy, sust-ijobiy hamda beqaror munosabatlariga ajratish mumkin.