1-MAVZU: PEDAGOGIKA FANI, UNING METODOLOGIYASI, ILMIY TADQIQOT OB’EKTI VA METODLARI. Reja: 1. Pedagogika fan sifatida: 2. Pedagogika fanining pretmeti: 3. Pedagogikaning metodologiyasi: 4. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot ob’ekti: 5. Pedagogikaning metodlari. Tayanch tushunchalar:pedagogika, pedagogikaning tuzilishi, pedagogika tarmoqlari, bilim, ko’nikma, malaka, maxsus pedagogika, pedagogik tizim, ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari, kuzatish metodi, suhbat metodi, eksspriment metodi. 1. Pedagogika fan sifatida: Pedagoglik kasbining shakllanishi kishilik taraqqiyoti tarixi bilan uzviy bog'liq. Ibtidoiy davr kishilari bolalarni o'zlari bilan ergashtirib yurib, ularga ov qilish, turli daraxt mevalarini terish, o'simliklarning ildizini kovlab olish, suv manbalarini izlab topish kabi harakatlarni amalga oshirishni o'rgatganlar. Bunday harakatlar qabila (urug')ning tajribali kishilari yoki keksalar tomonidan amalga oshirilgan. Oddiy kundalik ehtiyojlarni qondirish yo'lida olib borilayotgan xatti-harakatlar asosida yoshlarga mavjud tajribalar asosida ma'lumotlarni berib, ularda amaliy ko'nikmalarni shakllantirganlar. Turli tovushlarni chiqarish yordamida atrofdagilarni yaqinlashayotgan xavfdan ogoh qilishni bolalar kattalarning namunalari asosida o'zlashtirganlar. Nutq va yozuv paydo bo'lgunga qadar bu kabi harakatlar imo-ishoralar asosida amalga oshirilgan. Kishilik tarixida tub inqilobni sodir etgan nutq va yozuvning paydo bo'lishi, shuningdek, urug' jamoasi tomonidan bajariladigan mehnat faoliyatining turli sohalarga ajralishi yoshlarga nisbatan munosabatning ilg'or (progressiv) xarakter kasb etishiga imkon berdi.
Jamiyatning tabaqalanishi natijasida, quldorlik tuzumida bolalarni ta'lim maskanlariga olib borish va olib kelish vazifasini qullar bajarishgan va ular “pedagog” deb nomlanganlar. “Pedagogika” atamasi “Peyne”-“bola”va “aygogeyn”-“etaklamoq” degan ma’noni bildiruvchi lotincha “daydagogos” so’zlaridan paydo bo’lishi quyidagicha izohlanadi: eramizdan oldingi II asrlarda Gretsiyada, quldorlarning bolalalarini ovqatlantiradigan, sayrga olib boruvchi, tarbiyachi-qullarni “pedagog” deb atalgan. U bolalarning kamolga yetishiga mas’ul bo’lgan. Quldorning bolasini yetaklab maktabga olib borgan va olib kelgan. Maktabda ishlovchi o’qituvchilarni “didaskallar” (didayko-men o’qitaman) deyishgan. Feodalizm jamiyatiga kelib esa har ikki kasbdagi kishilar hamkorligi natijasida ta’lim-tarbiya bilan maxsus shug’ullanuvchilar vujudga kelgan. Ularni “pedagog” deb nomlaganlar va bu so’z hozir ham ta’lim-tarbiya beruvchi o’qituvchilarga nisbatan qo’llaniladi.
“Pedagog” kasbining ravnaq topishida Qadimgi Yunonistonlik allomalar Suqrot, Aflotun, Arastu, Demokrit va boshqalarning hissasi katta. Ular o‘z faoliyatida yoshlarni o‘qitish hamda tarbiyalash vazifalariga mos ravishda o‘z davrida ta'lim-tarbiya nazariyasini ishlab chiqdilar. Yunonistonda pedagogikaning rivojiga ulkan xissa qo‘shdilar.
Antik davrda maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar.
Qadimgi Yunonistonda ustozlar tomonidan shogirtlarini yig’ib talim va tarbiya bilan shug’ullanadigan joylar akademiya deb nomlangan. “Akademiya” so'zi afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi IV asrda Afina yaqinidagi Akadema nomi bilan nomlanuvchi joyda Platon o'z shogirdlariga ma'ruzalar o'qigan bo'lib, keyinchalik ta'lim tashkil etiluvchi maskan ham shunday nom bilan atala boshlagan.
Sharqda esa akademiya ko'rinishidagi ta'lim muassasalari “Donishmandlar uyi” (IX asr, Bag'dod), “Ma'mun akademiyasi” (XI asrboshlari, Xorazm), observatoriyalar qoshidagi jamiyatlar (XV asr, Samarqand) tarzida nomlangan.