1. Professional etika tushunchasi va ahamiyati. Professional etika kategoriyalari



Yüklə 65,68 Kb.
səhifə6/6
tarix07.01.2024
ölçüsü65,68 Kb.
#206582
1   2   3   4   5   6
mustaqil ish11

Odoblilik. Bu tushuncha -kundalik hayotda axloq qoidalariga rioya qilishdir. Odob axloqiy fazilatlar insonning kundalik faoliyatiga singib borayotganini ko‘rsatuvchi mezondir. Odob – jamiyat qabul qilgan axloq normalarini inson faoliyatida, hatti–harakatida, muomala va muloqotida namoyon bo‘lishidir. Muayyan odob doirasida bo‘lish, yaxshi nom qoldirishga intilish insoniyat paydo bo‘libdiki, mavjud. Insonning eng yaxshi fazilatlari nasl–nasabi, bilimi bilan emas, balki odobi bilan belgilanadi. Bejizga mutafakkir Abu Mansur as Saolibiy : “Har bir kishi o‘ziga qarab ta’rif qilinsa, ishiga qarab tavsiflanadi, maqtaladi. Fazilat nasl–nasab bilan emas, aql – adab bilandir”, - deb bejiz aytmagan. Davlat xizmatidagi xodimlarning odobi ularning obro‘sinioshiradi va ularga nisbatan xalqning ishonchini kuchaytiradi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda davlat xizmatchisi xodimlari o‘z xizmat vazifalarini kasb axloqi normalariga asoslangani holda ado yetishlari shubhasizdi.
Axloq insonning jamiyatda yashashi kishilararo o`zaro munosabatlarga kirishishi natijasida yuzaga chiqadi. Ya`ni axloq kishining atrof olamga nisbatan ichgi munosabatining tashqi namoyon bo`lishidir. Axloqning yuzga chiqishida axloqiy ong, bilim va tajriba bilan birgalikda insonning tuyg`ulari va ma`lum vaziyatdagi kayfiyati ham muhim ahamiyatga ega. Chunki kishi madaniyatli, yuqori axloqiy fazilatlarga ega bo`lishi mumkin, ammo ba`zida shunday holatlar ham bo`ladiki, oniy tuyg`ular ta`sirida kishi g`ayriaxloqiy hatti-harakatlar sodir etishi mumkin. Masalan insonning “men”iga, sha`niga va u tomonidan qadrlanadigan yuksak qadriyatlarga nisbatan bepisand, hurmatsiz ba`zan shafqatsiz munosabatni ko`rganida har qanday axloq chegarasini buzib o`tishi mumkin. Bunda insonda tabiiy ravishda mavjud bo`ladigan jahl, qahr, kamsitilganlik va tahqirlanish kabi tuyg`ular sabab bo`ladi. Insondagi bunday xissiy tug`yon, g`alayonning kelib chiqishiga tashqi omillar ta`sir ko`rsatar ekan, ayni paytda uning oqibatlaridan , yetkazadigan ma`naviy, ruhiy va moddiy zararidan ham aynan shu omillar mustasno bo`lmaydi. Shu o`rinda Jamiyatshunos G. Mablining: “Siyosat bu – ijtimoiy axloq, axloq esa, xususiy siyosatdir [2]. Yaxshi siyosat sog`lom axloqdan farq qilmaydi. ”degan fikri juda o`rinlidir. Chunki,dunyo tarixida bevosita siyosat va boshqaruv orqali nom qoldirgan shaxslarining deyarli barchasi o`zida qanday axloqiy xususiyatlarni namoyon etgan bo`lsa, bu uning siyosiy faoliyatida ham aks etgan. Masalan, Konfutsiy davlat boshqaruvini ota va farzand o`rtasidagi axloqiy munosabatlarga o`xshash tasavvur qilgan, uning o`zi ham shogirdlariga munosabatda axloqiy qoidalarga amal qilgan. Muallim aytadi:
- Jiddiy bo`l, shunda xalq seni hurmat qiladi. Farzand va ota burchiga
amal qil, shunda u senga sadoqatli bo`ladi, layoqatli kishilarni qo`llab – quvvatla, bilmaganlarga o`rgat, shunda xalq ilxomlanadi[3].
Amir Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning ham siyosat va boshqaruvga oid qarashlari insoniylik, mardlik, muruvvat va ayni paytda adolat hamda haqqoniylik fazilatlariga ahamiyat bergan. Buni “Hayrat ul-abror” dostonida Navoiy nazdidagi odil podshoh obrazlari orqali ko`rishimiz mumkin. Zamondoshlarining yozib qoldirilgan xotirlari va Alisher Navoiyga bevosita bag`ishlab yozilgan tarixiy asarlarda Astrobod amirining yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo`lganligi va ba`zi hollarda mamlakat hukmdori Husayn Boyqaro tomonidan chiqarilgan ayrim qarorlarni ham raiyat va adolat foydasida hal qilishga erishgan hollari haqida ko`plab tarixiy misollar keltirilgan, masalan Navoiy bir gal Husayn Boyqaroning davlat xazinasidan harajatlar ko`payib ketgan paytda, soliqlar xalqdan yig`ilsa, ahli muslimga jabr bo`lur, deya o`z xisobidan 25000 dinorni to`lab yuborgan. Bu Hirot aholisidan yig`ilgan soliqning teng yarmi miqdoricha bo`lib, qolgan yarmi shaharning badavlat odamlaridan yig`ilgan.
Aksincha hokimiyat, boshqaruvni egallab turgan shaxsda axloqiy illatlar jumladan, nomardlik, ayyorlik va xudbinlik kabilar mavjud bo`lsa u tomonidan olib boriladigan siyosat ham shunday hiylalar, fitnalarga asoslangan bo`ladi. Bir tomondan bunday boshqaruv tarixan qisqa vaqt Ichida tanazzulga uchraydi, ikkinchi tomondan bu davrda oddiy xalq – insonlar ko`plab qiyinchiliklarni boshdan kechiradilar. Bunga Sulton Muhammad Xorzamshoh siyosati, davlatining tanazzuli va mo`g`ullarning osonlik bilan ulkan saltanatni egallab olishlarini misol keltirishimiz mumkin. Xorazmshohlar saltanatining sharmandali tanazzuli va unga olib borgan omillar haqida ko`plab tarixiy manbalarda yozib qoldirilgan[5]. Ammo bunday muhim tarixiy vaziyatda hukmdorning shaxsiy axloqiy xususiyatlari muhim, aytish mumkinki hal qiluvchi vazifani bajargan. Chunki, sulton butun mamlakat taqdiri o`z qo`lida ekanligini, harbiy va siyosiy imkoniyatlarining dushmannikidan yuqori ekanligi va qo`l ostidagi xalqning unga bo`lgan ishinchi mas`uliyatini xisobga olib harakat qilganida balki, tarixiy mag`lubiyat va sharmandali taqdir egasi sifatida nom qoldirmasdi. Bu fikrning isboti uchun yana tarixga murojaat qilamiz. O`z davrida kuchli qo`shiga va ko`plab harbiy g`alabalarga erishgan forslar hukmdori Kir IIning massagetlar qabilasi sardori To`maris va uning kam sonli jangchilari tomonidan mag`lub etilishi bunga misoldir[6]. Harbiy tayyorgarlikka ega bo`lgan va ulkan zafarlarga erishgan qo`shin oldida g`oliblik imkoniyati juda kam bo`lishiga qaramasdan hal qiluvchi pallada mas`uliyatni o`z zimmasiga olib, xalqini g`alabaga ruhlatira olgan va pirovard natijada o`z erkini saqlab qolib, tarixda muzaffar nom qoldirgan To`maris va Muhammad Xorazmshohning imkoniyti, salohiyatini hamda axloqiy jihatlarini aslo solishtirb bo`lmaydi.
Siyosat va axloqning et va tirnoq kabi ikki xilda namoyon bo`lib bir butunlik kasb etishini shu kabi tarixiy misollar isbotlaydi. Chunki siyosiy imkoniyatlarga ega bo`lgan shaxslarnig axloqiy yoki g`ayriaxloqiy hatti-harakatlaridan faqat o`zi zarar ko`rib qolmasdan balki butun jamiyat, ko`plab insonlar jabr ko`rishlari, qolaversa kelajak avlod ham isnod yukini ko`tarishga majbur bo`lishi mumkin. Ko`plab xalqlar boshiga kulfat solgan Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga sabab aslida bir guruh manfaatparast va xudbin kimsalarning siyosiy boshqaruvni egallashlari edi. Zahiriddin Muhammad Boburning Hindistonni egallashi va u yerda ulkan davlat barpo etishi ham aslida harbiy yurish va urush orqali amalga oshirilgan. Lekin Boburning g`alabadan so`ng bo`ysundirilgan yurtni obod qilishi va olib borgan bunyodkorlik ishlari uning bosqinchi emas, Boburg`oziy sifatida tarixda nom qoldirishiga sabab bo`lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur o`zi fath etgan hududlarda obodonlashtirish ishlarini olib borishga alohida e`tibor qaratgan. Masalan, Kobul atrofida Shahraro, Chorbog`, Bog`I jilovxona, O`rta bog`, Suvrat bog`, Bog`I Mohtob, Bog`I ohuxona, Bog`I vafo bog`larini barpo etgan.
Siyosiy rahbariyatning axloqiylik darajasi ularning axloq tamoyillariga qaysi tomondan qarashlari va o`z nuqtai nazarlariga ko`ra belgilab olgan to`grilik, adolat va yaxshilik tushunchalarining asliga qanchalik mos kelish kelmasligiga bevosita bog`liq. Chingizxon tomonidan Xiva, Urganch, Buxoro, Samarqand, Termiz kabi shaharlarning yo`q qilinishi, Shayboniyxonning Samarqandni egallashi, Chor Rossiyasining O`rta Osiyoni bosib olishidagi vayronaliklar yoki AQSH Prezidenti Garri Trumenning buyrug`iga ko`ra Xirosima va Nagasaki shaharlarining vayron qilinishi shu harakatlarni sodir etgan shaxslar tomonidan qaysi jihatdan adolatli deb baholangani shubxasiz.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, har qanday siyosiy hokimiytning axloqiy xususiyatlari hamda iqtidorga kelishi bilan umuminsoniy axloqiy tamoyillarga bo`lgan munosabati bevosita shu hokimiyatning mazmunini va uning “hukmronlik davri”ning qanchalik davomiy bo`lishini belgilaydi. O`z harakteriga ko`ra siyosat maqsadga yo`naltirishda hissiyotlarga ta`sir etish ”imkoniyatidan ” foydalanib kelgan. Tarixda sodir bo`lgan ko`p sonli qirg`inbarot urushlar aslida ma`lum siyosiy maqsadni amalga oshirish uchun ommaning – xalqning tuyg`ularini jumbushga keltirish vositasida amalga oshirilgan. Masalan, g`arb va sharq xalqlari tarixida birdek qonli iz qoldirgan salb yurishlari aslida sharqning behisob boyliklarini egallash hamda tinch va farovon o`lkalarda o`z hukmronliklarini o`rnatish maqsadida amalga oshirilgan, bunda kishilarning diniy tuyg`ulariga ta`sir ko`rsatish orqali go`yoki musulmonlar qo`l ostida qolib azoblanayotgan Quddusni va undagi Iso Masih qabrini ozod qilishdek “sharafli vazifa”ni ado etish topshirig`I berilgan. Salb yurishlarining xarakterli tomoni shundaki, unda Yoshi, jinsi, millati, ijtimoiy mavqeidan qat`iy nazar hamma ishtirok etishi mumkin edi. Shuning uchun salibchilar orasida oddiy xristianlar: dehqonlar, hunarmandlar, talabalar, ritsarlar bilan bir qatorda qirollar, sarkardalar, aslzodalar va xattoki yosh bolalar ham bo`lgan.
Bugungi kunimizda ham jamiyatdan o`z maslakdoshlarini topib ko`pchilik insonlarning xissiyotlariga ta`sir qilish orqali o`z siyosiy maqsadlarini amalga oshirishga harakat qiladilar. O`zlari ilgari surayotgan maqsadlarni siyosiy jihatdan ro`yobga chiqarish uchun ular strategiyalar va o`yinning barcha ishtirokchilari tomonidan tan olinadigan qoidalarini ishlab chiqadilar. Bu partiyalar tashkil etish, siyosiy harakatlarga birlashish, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish orqali jamiyatda hamfikrlarini ko`paytirishga harakat qiladilar. Siyosiy kurashda ishtirok etuvchi shaxslarga umumiy talabning yuqoriligi ularning umuminsoniy xususiyatlarga ega bo`lgan me`yorlarga qanchalik mosligiga ham bog`liq. Faylasuf olima L.A. Muhamedjanovaning fikricha – “Ma`lumki, insonning fazilatlari nafaqat insonning balki jamiyatning ham ma`naviy boyligidir. Jamiyatda ezgu insonlar sonining ko`payishi uning ma`naviy va moddiy rivojlanishiga ta`sir qiladi, barcha ijtimoiy sohalarning rivojlanishini tezlashtiradi”
Demak, Siyosat axloqiy qadriyatlarni inkor eta olmaydi. Siyosiy kurash usullari jamoatchilik fikri va axloqiy me`yorlar yo`l qo`yadigan usullardagina olib borilishi mumkin. Shunday qilib, axloqning diqqat markazida nafaqat olijanob kurash usullaridan balki, ularning axloqiyligi ham muhim. Axloq siyosatga yo`naltirish, axloqiy baholash va talablar orqali ta`sir qiladi. Ayni paytda siyosatning ham axloqqa ta`sirni e`tirof etish lozim, bu – real maqsad va vazifalarni shart-sharoitlarni anglash orqali aholining axloqiy ongini va faoliyat vositalarini boyitish orqali ko`rsatadigan ta`sirda namoyon bo`ladi.
Umuman, siyosiy rahbariyat faoliyatining axloqiyligi jamiyat tomonidan qo`llab-quvvatlanishi va shu bilan bevosita bog`liq bo`lgan davlat taraqqiyotining negizini tashkil etadi. Shuning uchun siyosiy muholifat sifatida yuzaga kelgan guruhlar hukumatga oid shaxslarning nafaqat siyosiy faoliyati bilan balki, shaxsiy axloqiy xususiyatlarini ham jamoatchilikka oshkor qilishga harakat qiladilar. Bu orqali axloqiy jihatdan namunali bo`lgan o`z safdoshlarining hokimiyat boshqaruvini egallashlari uchun “haqliroq” ekanligini isbotlashga urinadilar.
Xulosa
Axloq tarixan o‘zgaruvchan va nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Uning bu xususiyatlari umumiy axloqning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan Professional etikada ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Jamiyat rivojining tarixida ijtimoiy mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi mehnatning bir turi bilan band bo‘lgan kishilar guruhlarining kasb – hunar jihatidan ajralib chiqishiga va shunga muvofiq ravishda turli xil mutaxassisliklarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu esa harbir insonning qilayotgan mehnat tarziga, mehnatni tashkil qilish usullariga qarab, ulardan muayyaan turdagi harakatlar va ruhiy quvvatlarni sarflashni talab etadigan qaytarilmas, o‘ziga xos ko‘nikmalarni vujudga keltiradi. Inson voyaga yetib, bir kasbning boshini tutgach o‘z kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosabatda bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyot

  1. Muhammadjonova L. Davlat xizmatchisi etikasi va imidji. O‘quv

qo‘llanma – T.: Universitet, 2014.

  1. Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik.–T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy

jamiyati, 2010

  1. Axiv.uz

  2. Ziyonet.uz

Yüklə 65,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin