25
– hamyoningizdagi pulni yo‘qotsangiz yoki unutib biror joyda qoldirsangiz
ularni begona shaxs foydalanishi mumkin, lekin plastik
kartalardan begona
shaxslarni foydalanish imkoniyati juda chegaralangan. Chunki ularning
maxsus
paroli mavjud, shu bilan birga, plastik kartani yo‘qotgan shaxs
zudlik bilan bankka xabar bersa uning hisobraqamlari bo‘yicha to‘lovlarni
to‘xtatib qo‘yish mumkin;
– banklar naqd pullarni tashish, saqlash, ularning hisobini yuritish va
mijozlarga berish kabi qo‘shimcha mehnat va sarf xarajatdan forig‘ bo‘ladi;
– banklar depozit siyosatidan kelib chiqib foydalanuvchi plastik kartadagi
vaqtinchalik foydalanmay turgan qoldiq summalariga qo‘shimcha foiz
to‘lashi mumkin.
O‘zbekistonda plastik kartochkalarni joriy qilish bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining
qator qarorlari qabul
qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil
24 sentyabrdagi “Plastik kartochkalar asosida hisob – kitob qilish tizimini
yanada rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida” 445 – sonli Qarori,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 3 avgustdagi “Plastik
kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob – kitob tizimini yanada
rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ – 433 –
sonli va 2010 yil 19 apreldagi “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan
holda hisob – kitob tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ – 1325 – sonli Qarorlari
shular jumlasidandir.
Hozirgi kunda barcha tijorat banklari o‘z plastik kartochkalariga ega bo‘lib,
ularning soni yildan – yilga ortib bormoqda.
O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan joriy etilgan plastik kartalar
bilan
hisob – kitoblar samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
– savdo nuqtalarida plastik kartalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirish
uchun terminallarni ko‘paytirish;
– ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘larni plastik kartalarga o‘tkazish
jarayonini yanada takomillashirish;
– barcha bank bo‘limlari boshqa banklarning plastik kartochkalari bo‘yicha
ham naqd pullarni yechishlishini ta’minlash kabi ishlarni yo‘lga qo‘yish
lozim.
Yuqorida qayd etilgan holatlar bo‘yicha Markaziy bank va tijorat banklari,
tegishli muassasalar, shuningdek, savdo nuqtalaritomonidan
amlaga
26
oshirilayotgan ishlar plastik kartalarni yanada kengroq va samarali
ishlashiga imkoniyat yaratadi.
Dostları ilə paylaş: