12
muomala xarajatlarining barter xarajatlariga nisbatan ancha past bo’lishini
ta’minlaydi. Pulning muomala vositasi vazifasi uning boshqa vazifalaridan
o’zining ma’lum xususiyatlari bilan ajralib turadi. Muomala vositasi
vazifasining xususiyatlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- bu vazifani real, naqd pullar bajaradi;
- tovar va pul bir-biriga qarma qarshi, bir traektoriyaga harakat qiladi;
- tovar va pul xarakati bir vaqtda yuzaga keladi;
- tovar sotuvchi va tovar sotib oluvchi o’rtasidagi munosabat tugallanadi va
tomonlar tovarga yoki pulga ega bo’ladilar;
-pul muomala vositasi bo’lishi uchun avvalom bor qiymat o’lchovi bo’lishi
kerak.
Dostları ilə paylaş: