1 Qadimgi dunyo tarixi qaysi davrlarni o’z ichiga oladi



Yüklə 13,13 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü13,13 Kb.
#168028
Hujjat


1) Qadimgi dunyo tarixi qaysi davrlarni o’z ichiga oladi.
a) Rim shahriga asos solingandan to parchalangunga qadar bo’lgan davr.
b) Yer yuzida odam paydo bo’lgandan to milodiy 476-yilda G’arbiy Rim imperiyasi qulagguniga qadar bo’lgan davr.
c) Mill.avv.I mingyillikdan milodiy I asrgacha bo’lgan davr.
d) Ilk paleolit davridan temir davri boshlangunga qadar bo’lgan davr.
2) Qadim zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda va turarjoylarda qazishma ishlarini amalga oshiruvchi olimlar kim deb ataladi?
a) Etnograflar b) Antropologlar c) Arxeologlar d) Numizmatlar
3) Qadimgi dunyo tarixida ishlab chiqaruvchi xo’jalik deb qaysi sohalarga aytiladi?
a)Termachilik,ovchilik va baliqchilik.
b)Dehqonchilik va chorvachilik.
c)Kulolchilik
d)To’quvchilik
4) Fetishizm nima?
a)Odamlarning biror hayvon yoki o’simlik turi bilan qarindoshlik aloqasiga ishonish.
b)Odamni o’rab turgan muhitdagi har bir narsaning joni va ruhi borligiga ishonish.
c)Qadimgi odamlarning u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo-qazoni daf qilishiga ishonishi.
d)Quyoshni muqaddas bilib,unga sig’inish.
5) Kulolchilik charxi va g’ildirak qaysi davrda kashf qilindi?
a) Paleolit davrida b) Temir davrida c) Mezolit davrida d) Bronza davrida
8) Orta Osiyoda temirdan yasalgan ilk mehnat qurollari nechanchi asrlarga tegishli?
a) Mil.avv IX-VIII asrlar b) Mil.avv VIII-IX asrlar
c)Milodiy I-II asrlar d)Mil.avv X-IX asrlar
6) Mil.avv 4-mingyillikda O’rta Osiyoning qaysi qismida sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik vujudga keldi?
a) Sharqida b)Janubida c)Shimolida d) G’arbida
7)Quyidagi ilonlar tasviri tushirilgan ilonlar tasviri qaysi davrga tegishli?
a) Mil.avv 1-mingyillik b) Mil.avv 2-mingyillik
c)Milodiy II asr d) Mil.avv 3-mingyillik
8))Qadimgi Misrda tashkil topgan shahar-davlatlar nima deyilgan?
a)Veda b) Nom c) Memfis d) Nomarx
9)Misrni bosib olgan fors shohi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
a)Kir II b) Doro I c) Kambiz II d) Tutmos II
10)Qadimgi Misr hunarmandlarining necha xil kasb-korlari bo’lgan?
a) 100dan ortiq b) 60ga yaqin c) 30dan ortiq d) 30ga yaqin
11. Chopperlar nima?
12. Gerodot kim?
13. Teshiktosh g’oridan nima topilgan?
14. Animizm nima?
15. Epigrafika nimani o’rganadi?
Yüklə 13,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin