Qadimgi yunon san`ati va dini 1. Qadimgi yunon teatri, tragediyasi va komediyasi. Teatr – bu yunoncha so`z bo`lib, «tomoshalar joyi» degan ma`noni bildiradi. Qadimgi yunon teatri ham san`atning bir turi bo`lib, u miloddan avvalgi VII-VI asrlarda paydo bo`lgan. Yunonlar qadim zamondan boshlab, qishloq xo`jalik homiysi – xudo Dionis sharafiga bayramlar o`tkazishgan. Dionis bayramlari, uzum va mevali daraxtlar barg chiqargan bahorda – ko`klamgi Dionis va meva uzumlar pishgan kuzda – kuzgi Dionis bayramlari o`tkazilgan. Ana shu bayramlar vaqtida yosh-u qari tomosha joyi – teatrga to`planib, qo`shiqlar aytishgan va har turli o`yinlar ko`rsatishgan. Ular sevikli xudolari Dionis haqidagi afsonalarni ashula qilib aytishgan. Afsonalar asosida kichik-kichik pyesalar yaratib, uni sahnada ijro etganlar. Aktyorlar va qiziqchilar odamlarni kuldiradigan gaplar va harakatlar qilib tomoshabinlarni xushnud qilganlar. Aktyorlar yolg`onchi, qo`rqoq, chaqimchi va xoin odamlar qiyofasiga kirib ularni masxaralaganlar.
Dastlab romoshalar oddiy bir joyda ko`rsatilgan. Keyinchalik esa tomoshaiar tepalik pastida, qal`a – akropol tepaligi pastida namoyish etilgan. Tomoshabinlar esa tepaiik yonbag`rida o`tirishgan. Miloddan avvalgi V–IV asrlarda Afina va Vunonistonning boshqa shaharlarida hozirgi sirklarimizga o`xshash tepasi ochiq teatr binolari qurilgan. Teatr tepa yonbag`riga qurilib, unga tosh va taxtadan o`rindiqlar qo`yilgan. Pastda esa tomosha ko`rsatadigan sahna va doira shakldagi maydon bo`lgan. Bunday teatrlarga 20 – 25 ming tomoshabin sig`ib, tomoshalar ko`rganlar. Yunon teatri shu tariqa vujudga kelgan.
2. Yunon tragediyalari va komediyalari. Tragediya dramatik asarning bir turi hisoblanadi. Qadimgi yunon adiblari rivoyat va afsonalar asosida ajoyib tragediyalar yaratganlar. Tragediya deyil-ganda oxiri fojia, o`lim va qotillik bilan tugaydigan pyesa tushuniladi. Lekin yunonchada bu so`z «echkilar qo`shig`i» degan ma`noni bildiradi.