OT asosiy tashkil etuvchilari: – yadro – kiritish – chiqarish tizimi – komanda protsеssori – fayl tizimi
Yadro – masalalar va rеsurslarni boshqarish, sinxronlashtirish va o’zaro bog’lanishi bo’yicha asos funksiyalarni ta'minlaydi.
Yadro – masalalar va rеsurslarni boshqarish, sinxronlashtirish va o’zaro bog’lanishi bo’yicha asos funksiyalarni ta'minlaydi.
Komanda protsеssori – komandalarni qabul qilish va ularga ishlov bеrish, foydalanuvchi talabi bo’yicha mos xizmatlarni chaqirishni ta'minlaydi.
Kiritish va chiqarish tizimi - tashqi qurilmalar bilan ma'lumotlarni kiritish va chiqarish masalasini ta'minlaydi
Kiritish va chiqarish tizimi - tashqi qurilmalar bilan ma'lumotlarni kiritish va chiqarish masalasini ta'minlaydi
Fayl tizimi – fayl va kataloglar bilan ishlash uchun keng xizmat (servis) imkoniyatlarini beradi
Operatsion tizim klassifikatsiyasi
Zamonaviy universal operatsion tizim birinchidan fayl tizimlarini ishlata oladigan va foydalanadigan ko`p foydalanuvchili va ko`p vazifali xarakteristika deb aytishimiz mumkin.
Operatsion tizimning tarkibida asosiy 3 komponent guruhi mavjud:
-Yadrosi (rejalashtiruvchi tizim, qurilma drayverlari, qurilmalarni boshqaradigan xizmatlar, tarmoq tizimlari)
-Tizim kutubxonalari (drayverlar bilan birga keladigan vazifali lug`at)
-Platalar bilan obolochkasi (tashqi ko`rinish)
Protsessorni boshqarish algoritmi bo`yicha operatsion tizimlarning turlanishi:
-Bir vazifali va ko`p vazifali
-Bir foydalanuvchili va ko`p foydalanuvchili
-Bir protsessorli va ko`p protsessorli tizim
-Lokal va tarmoqlar
Bir vaqt davomida bajariladigan vazifalar bo`yicha operatsion tizimlar 2 klassga bo`linadi: bir vazifali va ko`p vazifali
Misol: MS – DOS operatsion tizim 1 vazifali , Linux,Unix, Windows ko`p vazifali hisoblanadi.
Ko`p vazifali operatsion tizimlar foydalanadigan muhitiga nisbatan 3 turga bo`linadi:
Paketlarni qayta ishlash tizimlari
Vaqt bo`yicha ajralish tizimlari
Real vaqt tizimlari
Operatsion tizimning funksiyali vazifalari:
Lokal resurslarni boshqarish
Jarayonlarni boshqarish
Jarayon (vazifa, harakat) – abstrakt amal bajarib turgan dasturni aniqlaydi.
Kiritish – chiqarishni boshqarish
Operatsion tizimning funksiyalari:
Foydalanuvchi tomonidan buyruq va vazifalarni qabul qilishi va ularni qayta ishlashi
So`rov dasturni qabul qilish va bajarish kerak bo’lgan vaqtda boshqa dasturlarni bajarish yoki to`xtatish
Bajarishga mo`ljallangan dasturlarni operativ xotiraga yuklash
Dasturni initsializatsiyasi
Dasturlarni identifikatsiyasi
Ma’lumot bazalarining fayllarini boshqarish tizimini ishlashini ta’minlab berish
Multidasturlash rejimini ta’minlab berish
Hamma kiritish – chiqarish operatsiyasini boshqarish va tashkillashtirishni ta’minlash
Real vaqt davomida vaqtni cheklashi bilan aniq va qattiq ishlash
Xotirani taqsimlash
Virtual xotirani tashkillashtirish
Zamonaviy tizimlarda doimiy xotirani taqsimlash
Vazifa bo`yicha rejalashtirish va nazorat qilishni ta’minlash
Bir vaqt mobaynida bajarib turgan dasturlar orasida ma’lumot va xabarlarni almashishini ta’minlab berish
Bir dasturni boshqa dastur ta’siridan himoyalash va ma’lumotlarni ishonchli ravishda saqlash
Har vaqtda tizimni ishdan chiqish vaziyatlari uchun xizmatlarni ta’minlash