1. Qishloq xo‘jaligi faoliyati buxgalteriya hisobning mazmuni



Yüklə 29,9 Kb.
səhifə2/3
tarix17.10.2023
ölçüsü29,9 Kb.
#156785
1   2   3
12. Qishloq xo’jaligi

2. Tan olish va baholash
Tadbirkorlik sub’ekti biologik aktivni yoki qishloq xo‘jaligi hosilini tan olishi lozim, faqatgina qachonki:
(a) tadbirkorlik sub’ekti aktivni o‘tgan hodisalar natijasida nazorat qilsa;
(b) tadbirkorlik sub’ektiga aktiv bilan bog‘liq kelgusi iqtisodiy manfaatlar oqimi sodir bo‘lishining ehtimoli mavjud bo‘lsa; va
(v) aktivning haqqoniy qiymati yoki tannarxi ishonchli baholansa.
Biologik aktiv dastlabki tan olinishida va har bir hisobot davrining oxirida sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatda baholanishi lozim, bundan 30-bandda keltirilgan haqqoniy qiymatni ishonchli baholash imkoni bo‘lmagan holat mustasnodir.
Tadbirkorlik sub’ektining biologik aktivlaridan yig‘ishtirilgan qishloq xo‘jaligi hosili yig‘im nuqtasida sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatda baholanishi lozim. Bunday baholash o‘sha sanada BHXS 2 “Tovar-moddiy zaxiralar” yoki boshqa tegishli Standart qo‘llanilgandagi tannarx hisoblanadi.
Biologik aktivni sotish xarajatlari chegirib tashlangandagi haqqoniy qiymatda dastlabki tan olishda hamda sotish xarajatlari chegirib tashlangandagi haqqoniy qiymatning o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan foyda yoki zarar u qaysi davrda yuzaga kelgan bo‘lsa, o‘sha davrning foyda yoki zarari tarkibiga kiritilishi lozim.
Shunday faraz mavjudki, biologik aktiv uchun haqqoniy qiymat ishonchli baholanishi mumkin. Biroq, ushbu faraz faqatgina shunday biologik aktivni dastlabki tan olinishida inkor etilishi mumkinki, bunda bunday biologik aktiv uchun belgilangan bozor narxlari mavjud bo‘lmaydi yoki haqqoniy qiymatning muqobil baholashlari aniq ishonchsiz deb aniqlangan bo‘ladi. Bunday holatda, biologik aktiv jamg‘arilgan eskirish va jamg‘arilgan qadrsizlanishdan zararlar chegirib tashlangandagi tannarxda baholanishi lozim. Qachonki bunday biologik aktivning haqqoniy qiymatini ishonchli baholash imkoni bo‘lganda, tadbirkorlik sub’ekti uni sotish xarajatlari chegirib tashlangandagi haqqoniy qiymatda baholashi lozim. Qachonki uzoq muddatli biologik aktiv MHXS 5 “Sotishga mo‘ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom ettirilmaydigan faoliyat” ga muvofiq sotishga mo‘ljallangan tasnifining mezonlarini qanoatlantirsa (yoki sotishga mo‘ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqarish guruhiga kiritilsa), bunda faraz qilinadiki, haqqoniy qiymat ishonchli baholanishi mumkin.3



Yüklə 29,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin