28. 98 g 20% li ortofosfat kislotaning qaynoq eritmasida 7,1 g fosfor (V) oksid eritildi. Olingan eritmaga 24 g NaOH qo’shilganda hosil bo’lgan tuz massasini (g) hisoblang.
29. Kremniy va ugleroddan iborat 5,4 g aralashmaga konsentrlangan sulfat kislota bilan ishlov berilganda eritmaning massasi 16 g ga kamaydi. Boshlang’ich aralashmadagi C va Si ning mol nisbatini aniqlang.
30. Tarkibida 1,806⸱1023 ta azot saqlagan Pb(NO3)2 qizdirilishidan hosil bo’lgan qattiq modda CO yordamida qaytarildi. Bunda hosil bo’lgan gaz, tarkibida 7,4 g Ca(OH)2 tutgan eritma bilan ta’sirlashdi. Hosil bo’lgan cho’kmaning massasini (g) aniqlang.