1. Quyidagi moddalarni molyar massalarini hisoblang?



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə39/39
tarix25.12.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#194148
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
KICHKINA gruppa 1 - qisim yangi (2)

46.Plastinka.


  1. Massasi 40 g bo’lgan temir plastinka mis(II) sulfat eritmasiga tushirildi. Plastinka massasi 43 gramgayetganda, eritmaga necha gram temir o’tadi? J:_________

  2. Mis(II) sulfat eritmasiga massasi 10 g bo’lgan temir plastinka tushirildi. Bunda plastinkaning massasi 11 g ga teng bo’lgan. Qancha (g) temir eritmaga o’tgan? J:_________

  3. Simob (II) xlorid eritmasiga massasi 50 g bo’lgan mis bo’lakchasi botirilgan. Tajriba oxirida bo’lakcha massasi massasi 52,7 bo’lgan. Eritmada necha gramm simob(II) xlorid bo’lgan? J:_________

  4. Mis(II) sulfat eritmasiga massasi 61.26 g bo’lgan temir plastinka botirib qo’yildi. Plastinka eritmadan olinib, yuvilib quritilganda, uning massasi 62.8 g bo’lgan. Plastinkaga necha gramm mis o’tirib qolganini toping. J:_________

  5. Tarkibida 16 g mis(II) sulfat bo’lgan eritmaga 4.8 g temir qipiqlari solindi. Bunda qancha mis ajralib chiqdi? J:_________

  6. Tarkibida 15,2 g temir(II) sulfat bo’lgan eritmaga 2 g magniy qipiqlari solindi. Bunda qancha temir ajralib chiqadi? J:_________

  7. Kumushnitratningeritmasigamassasi 11,85 g bo’lgan rux tayoqchasi tushirilgan va tayoqchaga 2 gkumushqoplangandan so’ng, tayoqcha eritmadan chiqarib olingan. Tayoqcha massasi qanday bo’ladi? J:_________

  1. Tarkibida 8 g mis (II)-sulfat bo’lgan eritmaga 2,8 g temir qipig’i solindi. Bunda qancha (g) mis ajralib chiqadi? J:_________

  2. 5 gramli temir plastinka tarkibida 6,4 g mis (II) sulfat bo’lgan eritmaga tushirilganda, plastinkaning massasi qanday o’zgaradi? J:_________

  3. 300 g 10% li mis(II) xlorid eritmasiga 10 g massali rux plastinka tushirildi. Plastinka massasi 1% ga kamayganda jarayon to’xtatildi. Reaksiyaga kirishgan ruxning massasini (g) va eritmada qolgan mis(II) xloridning massa ulushini (%) aniqlang. Ar(Zn)=65, Ar(Cu)=64. J:_________

  4. Og’irligi 100 g bo’lgan temir plastinka mis (II) sulfatning 20% li 250 g eritmasiga botirildi. Ma’lum vaqtdan so’ng plastinka eritmadan olinib, yuvilib, quritilib tortib ko’rilganda, uning massasi 102 g ni tashkil etdi. Reaksiyadan so’ng eritma tarkibidagi moddalarning massa ulushlarini (%) hisoblab toping. J:_________

  5. 200 g 10% li mis (II)-sulfat eritmasiga 50 g temir plastinka tushirildi. Jarayon plastinka massasi 50,96 g bo’lganda to’xtatildi. Oxirgi eritmadagi mis sulfat va temir (II)-sulfatlarning massa ulushlarini (%) toping: J:_________

  6. 163 g 3,7 % li kumush nitrat eritmasiga 12 g li rux plastinkasi tushirildi va uning massasi 14 g ga etganda jarayon to’xtatildi. Eritmadagi moddalarning massasi (g) J:_________

  7. 380 g 12% li mis sulfat eritmasiga 7 g li rux plastinkasi tushirildi. Plastinka massasi 1% ga kamayganda jarayon to’xtatildi. Eritmadagi qolgan rux va mis sulfatlarinng massalari (g) da aniqlang.[Ar(Cu)=64, Ar(Zn)=65] J:_________

  8. 200 g 16% li mis(II) sulfat eritmasiga 50 g temir plastinka tushirildi. Jarayon plastinka massasi 50,96 g bo’lganda to’xtatildi. Oxirgi eritmadagi mis sulfat va temir(II) sulfatlarning massa ulushlarini (%) toping. J:_________

  9. Kumush nitrat eritmasiga tushirilgan 8,14 g massali rux tayoqchaga 2,8 g kumush qoplangandan so’ng eritmadan chiqarib olingan tayoqchaning massasi .....(g). J:_________

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin