2.5. Xotin-qizlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, madaniy hordiq chiqarishlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish
60.
Xotin-qizlar o‘rtasida sportni ommalashtirish.
1. Mahallalarda xotin-qizlarning qiziqishlaridan kelib chiqib sport to‘garaklarini tashkil qilish.
2022-2023-yillar doimiy
Hisob-kitoblarga asosan, mahalliy budjet mablag‘lari
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
uy-bekalari o‘rtasida “Sport malikalari” sport haftaligi;
oilaviy jamoalar o‘rtasida “Sog‘lom oila — Yangi O‘zbekiston tayanchi” shiori ostida uch bosqichli sport musobaqalarini o‘tkazish.
61.
Mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning jismoniy faolligini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
1. Xotin-qizlarni sport bilan shug‘ullantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish.
2022-yil may
Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablag‘lari
Sportni r?vojlantirish vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Har bir davlat organi va tashkilotlarida jismoniy tarbiya va sport xonalarini tashkil qilish hamda ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash.
3. “Sport — nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida mehnat jamoalarida faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar o‘rtasida tuman (shahar) — viloyat — respublika miqyosida ayollar sport festivalini o‘tkazish.
2022-yil sentyabr
62.
Sportchi xotin-qizlar o‘rtasida “Prezident kubogi” musobaqalarini joriy etish.
2. Sportchi xotin-qizlar ishtirokida sportning ommabop turlari bo‘yicha “Prezident kubogi” musobaqalarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kelishish.
2022-yil may
3. “Prezident kubogi” musobaqalarini xotin-qizlar o‘rtasida keng targ‘ib etish.
Doimiy ravishda
4. “Prezident kubogi” musobaqalarini ikki yilda bir marotaba yuqori saviyada o‘tkazish.
2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba noyabr oyiga qadar
63.
Mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning sayohatlarini tashkil etib borish.
1. Har bir davlat organi va tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlarning sayohatlarini tashkil etish bo‘yicha kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda dasturlar ishlab chiqish.
2022-yil aprel
Hisob-kitoblarga asosan, korxona va tashkilotlar mablag‘lari
Kasaba uyushmalari federatsiyasi,
Turizm va madaniy meros vazirligi,
Transport vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar,
Q?raqalpog‘iston Respub?ikasi Vazirlar Kengashi, v?loyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. “Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida har yili ish beruvchilar hisobidan xodimlar, birinchi navbatda xotin-qizlarning mamlakatimizdagi so‘lim go‘shalar, dam olish maskanlari va tarixiy shaharlarga sayohatlarini tashkil etib borish.
2022-2023-yillar
64.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning sayohatlarini tashkil etib borish.
1. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning sayohatlarini tashkil etish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish.
2022-yil aprel
Hisob-kitoblarga asosan,
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,
Mahalla vazirligi,
Turizm va madaniy meros vazirligi,
Transport vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. “Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida har yili 50 ming nafar xotin-qizning yurtimizdagi so‘lim go‘shalar, dam olish maskanlari va tarixiy shaharlarga sayohatlarini tashkil etib borish.
2022-2023-yillar
“Ayollar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari mablag‘lari
1. Milliy an’ana va qadriyatlarni inobatga olib, madaniy-ommaviy tadbirlarning yangi repertuar to‘plamlarini ishlab chiqish.
2022-2023-yillar alohida reja asosida
Hisob-kitoblarga asosan, mahalliy budjet mablag‘lari
Madaniyat vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Aholining qiziqishidan kelib chiqqan holda hududlarda xotin-qizlar havaskor badiiy va folklor jamoalari sonini oshirish va ularni rag‘batlantirish choralarini ko‘rish.
3. Har bir shahar va tuman bo‘yicha madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazish sxemasi va reja-grafigini sektorlararo va “mahallabay” tasdiqlash va ijroga qaratish.