4.4. Oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash
93.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning ongiga oila muqaddasligi, ota-onani hurmat qilish, keksalarni e’zozlash g‘oyalarini singdirish.
1. Ishchi guruh shakllantirish.
2022-yil II chorak
Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablag‘lari
Maktabgacha ta’lim vazirligi,
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining “O‘rta”, “Katta”, “Tayyorlov” guruhlari uchun “Men va mening oilam” mavzusida uslubiy qo‘llanma tayyorlash, chop etish.
3. Qo‘llanmani maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazish.
2022-yil sentyabr doimiy
4. Oilaviy qadriyatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga yetkazish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish.
94.
Farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan oilalar uchun “Ibratli oila” ko‘krak nishonini ta’sis etish.
1. Ishchi guruh tuzish.
2. “Ibratli oila” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2022-yil may
-
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
95.
“Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish.
1. Ishchi guruh tuzish.
2022-2023-yillar aprel
Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablag‘lari
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,
Mahalla vazirligi,
O‘zMTRK,
Kasaba uyushmalari federatsiyasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Tanlov konsepsiyasi, nizomi va dasturini ishlab chiqish.
3. Hududlarda ko‘rik-tanlovni o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash.
2022-2023-yillar may
96.
Notinch va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Oilaviy sayohat” turistik paketlarni joriy etish.
1. “Oilaviy sayohat” turistik paketlarni ishlab chiqish.
2022-yil mart
Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablag‘lari
Kasaba uyushmalari federatsiyasi,
Turizm va madaniy meros vazirligi,
Transport vazirligi,
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,
Mahalla vazirligi
2. Har yili reja-jadval asosida 1 000 ta notinch va kam ta’minlangan oilalarni ichki turistik sayohatga imtiyozli yuborish.