4.3. Demografik rivojlanishni rag‘batlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish
90.
O‘zbekistonning 2030-yilgacha mo‘ljallangan demografik barqarorlik Konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
1. Ishchi guruh tuzish.
2. Konsepsiya loyihasini ishlab chiqish uchun amaldagi holat va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.
3. Konsepsiya bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,
Mahalla vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi,
Adliya vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi
91.
Oila institutini mustahkamlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borish, bunga yoshlarni jalb qilish maqsadida “Oila demografiyasi” ilmiy-o‘quv laboratoriyasini tashkil etish.
1. Laboratoriyaning moddiy-texnika bazasini shakllantirish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Hisob-kitoblarga asosan, xalqaro moliya institutlari grantlari
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Davlat statistika qo‘mitasi
2. Laboratoriya bazasida “Demografiya” milliy portalini yaratish hamda mazkur sohada faoliyat yuritayotgan olimlarning yutuqlari va ishlanmalarini yoritib borish.
2022-yil noyabr oyidan boshlab doimiy
92.
“Xonadon gigiyenasini baholash” elektron platformasi hamda o‘z gigiyenasini baholashiga qarab hududiy xaritani yaratish.
1. Respublikaning barcha hududlarida yashovchi aholini keng qamrab olishga qaratilgan dasturiy mahsulotni ishlab chiqish.
2022-yil iyun
Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti
2. Uy xo‘jaliklarining o‘zini-o‘zi baholash natijalari asosida respublika hududini sanitariya-gigiyena sharoitlari bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha xaritalash imkonini beruvchi to‘liq ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
2023-yil iyun
3. Uy xo‘jaliklarida turmush gigiyenasi sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.