1.Quyidagilardan qaysi biri aksiyadorlik jamiyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga olib keladi?
a) aksiyadorlik jamiyati ustavining qonunga muvofiq emasligi;
b) tuzilganidan e’tiboran 3 oy ichida a’zolarning yig‘ilish o‘tkazmasligi;
c) aksiyadorlik jamiyatini tuzishda 3tadan ortiq odaming qatnashmasligi.
2. Aksiyadorlik jamiyati qanday shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim?
a) jismoniy shaxs;
b) maxsus shaxs;
c) yuridik shaxs.
3. Jamiyat aksiyadorning talabiga ko‘ra, unga jamiyat ustavining ko‘chirma nusxasini berishi mumkinmi?
a) berishi shart;
b) agar qonunda nazarda tutilgan istisnolar bo‘lmasa, berishi mumkin;
c) berishga majbur emas.
4. Qayta tashkil etilayotgan jamiyatning faoliyatini tugatmagan holda, uning huquq va majburiyatlarining bir qismini o‘tkazgan holda, bir yoki bir nechta yuridik shaxsni tashkil etish nima deyiladi?
a) jamiyatni bo‘lish;
b) jamiyatni ajratib chiqarish;
c) jamiyatni qo‘shib olish.
5. Jamiyat faoliyatini, uning huquq va majburiyatlarini tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga o‘tkazgan holda tugatish - ....?
a) jamiyatni qo‘shib olish;
b) jamiyatni ajratib chiqarish;
c) jamiyatni bo‘lish.
6. Bir yoki bir nechta yuridik shaxs faoliyatini tugatib, uning huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazish - ....?
a) jamiyatni bo‘lish;
b) jamiyatni qo‘shib olish;
c) jamiyatni qo‘shib yuborish;
7. Yangi yuridik shaxsning unga o‘z faoliyatini tugatgan ikki yoki bir nechta jamiyatning barcha huquq va majburiyatlarini o‘tkazish yo‘li bilan vujudga kelishi aksiyadorlik jamiyatlarining yoxud AJ va MChJning - ...deb e’tirof etiladi?
a) qo‘shib yuborilishi;
b) ajratib olinishi;
c) qaytadan tashkil etilishi.
8. Davlat organlari AJning muassislari(aksiyadorlari) bo‘lishi mumkinmi?
a) mumkin emas;
b) agar qonunda yoki Prezident, Vazirlar Mahkamasi qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, mumkin emas;
c) agar xalqaro qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan qoidalarga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, mumkin.
9. Jamiyat bir muassis tomonidan ta’sis etilgan taqdirda - ...?
a) jamiyatni ta’sis etish haqidagi qaror shu muassis tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi;
b) jamiyatni ta’sis etish haqidagi qaror 3 oy muddat ichida boshqa a’zolar tomonidan ham imzolanishi shart;
c) jamiyat yakka tartibda tuzilgan deb e’lon qilinadi va jamoaviylashtirilishi uchun 3 oy muddat vaqt beriladi.
10. Chet ellik investorlar ishtirokidagi jamiyatni ta’sis etish - ....?
a) davlatlararo munosabatlarni tartibga solish to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
b) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi;
c) o‘sha davlat va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida tuzilgan memorandumlarga muvofiq amalga oshiriladi.
1. a
2. c
3. a
4. b
5. c
6. b
7. a
8. b
9. a
10. b
Dostları ilə paylaş: |