4-bob. Davlat standartining tarkibiy qismlari 8. Davlat standartining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (1-ilova);
Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi (2-ilova);
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar to‘plami, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash me’yorlari (3-ilova).
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida to‘laqonli va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etishdagi gigiyenik talablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish-loyihalash ishlari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qo‘yiladigan talablar tegishli qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
9. Maktabgacha ta’limning namunaviy o‘quv rejasi (keyingi o‘rinlarda — namunaviy o‘quv reja) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning nomi, eng kam (minimal) hajmi va ularning yoshi bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.
10. Namunaviy o‘quv reja maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
Maktabgacha ta’limning namunaviy o‘quv REJASI
3 dan 4 yoshgacha bo‘lgan guruhlarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning taxminiy soni