Quymakorlik nuqsonlari quyma tannarxini oshiradi, ayniqsa finish jarayonida aniqlanganlari nuqsonlar bilan korxona nazorat bo’limi (OTK) shug’ullanadi. Texnik nazorat bo’limini asosiy vazifalari nuqsonlarni bo’lmasligi uchun profilaktika choralarini ko’rish
To’g’ri tashkil qilgan texnik nazorat quymani, detalni chizmasidan boshlab, texnologik kartalarni, instruksiyalarga, ГОСТ larga asoslanib tekshirish tashkil qiladi.
Nuqsonlar aniqlanganda uni sabablarini o’rganish, nuqsonga yo’l qo’ygan ishchilarni aniqlash va uni oldini olish choralari ishlab chiqilishi lozim. Quymakorlik sexida nazorat qolip qumlari, gillari, bog’lovchi moddalar, shixta materiallari, ular sifati, tayyorlash jarayonlari, quymani tayyorlab olish texnologik jarayoni, finish operatsiyalari va nazorati kiradi.
Quymaning sifati nazorati ГОСТ lar, texnik shartlar va detal, quymaning chizmasiga muvofiq o’tkaziladi. Quymani nazorat qilinganda ular to’g’rilab bo’ladigan va to’g’rilab bo’lmaydiganga bo’linadi.
Nuqsonlarni to’g’rilaydigan asosiy metodlari, asosiy xosil qilgan sabablari va oldi olish choralari 27-jadvalda keltirilgan.
Quymaning aniqligi deganda quymaning o’lchovlarini, shaklini, joylashishini, sifatini ko’rsatkichlarini, massasini tegishli ideal detal parametrlari darajasiga yaqinlashgani deb tushuniladi. Quyma konstruksiyasi ishlab chiqilganda aniq parametrlari mahsulotni ekspluatatsiyasi, uni ishlab chiqilishiga bog’liq bo’ladi. Optimal qarorni yechish masalasi quymaning yaxshi va kam tannarxidir.
Quymalarni tayyorlab olishda nuqsonlarni uch guruhga bo’lish mumkin:
Sistemarik o’zgarmaydigan nuqsonlar;