1. Raqobat va raqiblik tabiati Raqobat tipologiyasi va raqobat turlari tavsifnomasi



Yüklə 180 Kb.
səhifə2/6
tarix02.01.2022
ölçüsü180 Kb.
#46655
1   2   3   4   5   6
3-mavzu Raqobatni tizimli taxlili

rasm. Raqobatchilarning tahlili


Narxlar urushi mexanizmi. Differensiallanmagan oligopoliyada hamma tovarlar asosiy deb qabul qilinadi va xaridor tanlovi asosan narx va ko‘rsatiladigan xizmatlarga asoslanadi. Agar firma lider tartib o‘rnatish kuchiga ega bo‘lmasa va bozorni direktiv narx qabul qilishga majbur bo‘lmasa, bunday shartlar narxlar bo‘yicha raqobatga yo‘l ochib beradi. Agar narx bo‘yicha raqobat yuzaga kelsa, hamma raqobatchilarning rentabelligi yomonlashadi. Narxlar urushi ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:

  • bitta firma narxlarini pasaytirsa ko‘proq xaridorlarni jalb etadi va bozor ulushining qayta taqsimlanishiga olib keladi;

  • shu firmaga tegishli bozor ulushi ortadi va uni ulushi kamayayotgan raqobatchilar darrov his qiladilar va bunday qayta taqsimlashga qarshi ular ham narxlarni pasaytiradilar;

  • tovar bozorida global talab kengaymasligi sababli narxlarning pasayishi bozor umumiy hajmining o‘sishiga olib kelmaydi.

Raqiblarga nisbatan munosabat har qanday strategiyaning markazini tashkil qiladi. Bunday vaziyat batafsil tahlilga asoslangan bo‘lishi kerak.

Porter raqobatni tahlil qilish vazifalarini quyidagicha tavsiflaydi: «Raqiblarni tahlil qilishdan maqsad har bir raqobatchi olib borishi mumkin bo‘lgan strategiyadagi o‘zgarishlarning xarakterini va muvaffaqiyat qozonish ehtimolini bilishdan iboratdir... ».

Xaridorlarni doimiy mijozlarga aylantiruvchi va ularning narxga sezgirligini kamaytiruvchi differensiatsiya firmaning bozordagi mavqeini ma’lum darajada kuchaytiradi. Ayni paytda mijozning savdolashish imkoniyati ham qisman bartaraf qilinadi. Shuningdek, differensiatsiya firmani raqiblarning hujumlaridan ham himoyalaydi, chunki differensiatsiya elementining mavjudligi tovarlarning almashuvchanligini kamaytiradi.


Yüklə 180 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin