1. Sanoat pechlari haqida umumiy tushuncha


Qattiq yoqilg‘i qaysi holatiga keltirilishi lozim?



Yüklə 59,5 Kb.
səhifə11/18
tarix28.11.2023
ölçüsü59,5 Kb.
#168510
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
1. Sanoat pechlari haqida umumiy tushuncha-fayllar.org

24. Qattiq yoqilg‘i qaysi holatiga keltirilishi lozim?
Qattiq yoqilg‘i chang holatiga keltirilishi lozim. Kukun zarralarining о‘lchami mikronlar bilan о‘lchanadi. Yoqilg‘ining bunday ishlanishi tufayli yoqilg‘ining havo kislorodiga tegish va reaksiyaga kirishish sirti kattalashadi. Kamerali о‘txonada harorat taqsimlanishi rasmda kо‘rsatilgan.
Suyuq yoqilg‘ida ballast deyarli bо‘lmaydi, shuning uchun u faqat mash’ala qilib yoqiladi. Yoqish paytida yoqilg‘ini butunlay tо‘zitib yuborish kerak. Yoqilg‘I yaxshi tо‘zitilmasa yonish mahsulotlari ichida kо‘p miqdorda yonmagan sof uglerod S, uglerod-oksid SO va og‘ir uglevodorodlar SnNm qolishi mumkin. Suyuq va qattiq yoqilg‘iga qaraganda gaz yoqilg‘ini mash’ala usulida oson va
yaxshi yoqish mumkin. Lekin barcha yoqilg‘ini yoqishdagi singari, uni ham havo
bilan yaxshi aralashtirish lozim. Uyurmaviy usulda qattiq yoqilg‘ini chang holida emas, balki yaxshi maydalangan bо‘laklar holida yoqish mumkin. Yoqishning bu usulida о‘txonada yoqilg‘i zahirasi mash’ala usulidagiga qaraganda kо‘p, lekin qatlam usulidagiga qaraganda kam bо‘ladi. Shuning uchun yoqishning uyurmaviy usulining barqarorligi mash’ala usulidagiga qaraganda katta,
qatlam usulidagiga nisbatan esa kichik bо‘ladi. Yoqilg‘ini qatlamlab yoqish jarayonining о‘ziga xos xususiyati yoqilg‘I zarralarini qatlamda barqaror joylashishi zarurligidadir. Bunda о‘txona panjarasida yotgan yoqilg‘i zarralari va bu zarralarga kelayotgan havo tezligi shunday bо‘lishi
kerakki, zarralar qatlamdan uchib ketmasligi lozim. Havoning harakat tezligi katta
bо‘lganda yoqilg‘i zarralarini havo qatlamidan uchirib ketadi va ular yonmay,
tutun-gazlar bilan birga chiqib ketadi

25. Suyuq yoqilg‘i uchun kaysi yoqish usullaridan foydalanish kerak?

Metallurgiyada pechlarda suyuq yoqilg‘i turlaridan asosan - mazut qo‘llaniladi. Mazut kuydirish, ruda va boyitma eritish, metallarni tozalash pechlarida ishlatiladi. Metallurgik zavodlarga mazut temir yo‘llar orqali sisternalarda keltirilib, zavodlarda max-sus qurilgan va jihozlangan - mazut saqlash xo‘jaligida saqlanadi va pechlarga taqsimlanadi. (1-rasm)

1-rasm. Metallurgik zavodlarda mazut saqlash xo‘jaligi sxemasi
Pechlarda mazutni yoqish uchun maxsus moslama - forsunka deyiladi. Forsunkada mazut mayda tomchilarga parchalanib havo bilan to‘liq aralashadi, so‘ngra yoqilg‘i havo aralashmasi ma’lum bosim ostida pechning ishchi qismiga purkaladi. Yoqilg‘i - havo aralashmasini purkash usuliga qarab forsunkalar bir necha sinflarga ajraladi, ya’ni mexanik, bug‘li, havoli va kombinatsiyalashgan.

Metallurgik pechlarda suyuq yoqilg‘ilarni yondirishda yuqori bosimda ishlaydigan forsunkalar keng qo‘llaniladi, (2 - rasm). Forsunkalar yuqori bosimga chidamli metall qotishmalar dan tayyorlanib, ko‘ndalang kesimini ko‘rganda bir-biriga kiygazilgan ichki 1 va tashqi 2 naydan iborat. Mazut forsunkaning ichki nayiga va havo (yoki bug‘) tashqi nayga ma’lum bosim ostida beriladi. Yoqilg‘i bilan havo forsunka uchida, ya’ni ichki va tashqi naylar ma’lum burchak ostida qisqargan yeri 3 da to‘qnashadi. Forsunkaning uchi ichki va tashqi nayga nisbatan keskin kengaytirilgan 4, forsunkaning shu qismida ichki naydan kelayotgan suyuqlik yoqilg‘i (mazut) tashqi nayda yuqori bosimda berilayotgan havo (yoki bug‘) bilan to‘qnashib, mayda tomchilarga parchalanadi va pechning ichki kamerasiga purkaladi.


26. Yuqori haroratli jarayonlarning qo‘llanish sohalari.

Yuqori haroratli jarayonlar: metall, mashinaqismlari, kimyomahsulotlari, qurilish va boshqa materiallar korxonasining asosi hisoblanadi. Bu jarayonlar sanoat pechlarida oxirigi mahsulot olish yoki kerakligicha ishlov berish amalga oshiriladi. Bu jarayon yuqori haroratlarda: masalan, marten pechida po‘latni yoritish uchun 1800-20000С, temirchilik pechlarida po‘latniqizdirish uchun1300-15000С; o‘tga chidamli materiallarni pishirish uchun esa 1500-18000Сva yana yuqori harorat hosil qilish uchun elektrik pechlar ishlatiladi. Ma’lum texnologik jarayonni bajarish uchun, pechlar murakkab issiqlik energetika agregatlaridan tashkil topib, ulardako‘p miqdorda yoqilg‘i iste’mol qilinadi. Yoqilg‘i iste’mol qilinishi umumiy yoqilg‘ining 60% tashkil qiladi, shuning uchun pechlarda yoqilg‘idan to‘g‘ri foydalanish xalq ho‘jaligi uchun asosiy masala hisoblanadi. Ma’lumki, bir necha zavodlar eritish jarayonini intensivlash, korxonani


yaxshi tashkil etish va issiqlik yo‘qolishidan foydalanish hisobiga foydali ish koeffitsentini 40-50% oshiradi. Sanoat pechlaridan chiqayotgan gazlardan yuqori haroratli issiq havo olish, kombinatsiyalashgan energotexnologiyani qo‘llash,

Yüklə 59,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin