1. Sanoat zaharlarining inson organizmiga ta’sir etish omillari. Toksik ta’sir turlari. Toksik ta’sirning omillarga bog’liqligi



Yüklə 33,18 Kb.
səhifə2/3
tarix19.05.2022
ölçüsü33,18 Kb.
#58614
1   2   3
10-ma`ruza toksikologiya

Shaxsiy sezgirlikka ta’sir. Bu ta’sirlar bioximiyaviy fermentlar sistemasi aktivligiga bog‘liq. Bu zaharlar organizmga kirgandan keyin, organizmdan chiqqanda o‘z tarkibini almashtiradi. Bu zaharlar nasldan naslga o‘tuvchi kasalliklarni keltirib chiqaradi.

  • Zaharlarning fizik xususiyatiga qarab. Fizik xossalar zaharlarning toksikligini, organizmga ta’sirini, organizmda taqsimlanishni va organizmdan chiqib ketishini belgilaydi:

    a) zaharlarning agregat holatlariga qarab. Zaharlarning agregat holatlari organizmga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Masalan, simob metali. Simob suyuq holatda unchalik zaharli emas, lekin simob bug‘lari organizm uchun juda xavfli. Bug‘ va gaz holatdagi gazlar juda xavfli, chunki ularning inson organizmiga kirishi oson;
    b) zaharlarning eruvchanligi va dispersligiga qarab. Tarkibida kvarsi bor changlar organizmga tez fibrogen ta’sir o‘tkazadi. Bu changlardagi zarralar o‘lchami 1-2 mkm. Aerozollar o‘lchami 0.3 – 0.4 mkm ga teng. Zaharli aerozollar nafas olganda organizmga intoksikatsiya qilish tezligi disperslik ortishi bilan oshadi. Chunki zaharlarning yuza sirti yuqori tezlikda erib, organizmga zararli moddalarning yutilishini, nafas olganda qonga yaxshi so‘rilishini ta’minlab beradi.
    Changlarning suvda erishi va to‘qimalardagi suyuqlikda erishi yomon asoratlarga olib kelishi mumkin. Agar chang toksik bo‘lsa, uning erish xususiyati, organizmdan, o‘pkadan chiqish xususiyati yengillashadi. Toksik zaharlarning yaxshi erishi bu ularning salbiy omillari, salbiy xususiyatlari hisoblanadi.
    Yomon eriydigan zaharli changlar (kvars aralash zaharlar) nafas olish yo‘llarida uzoq muddat turib qoladi. Biomuhitlarda sekin eriydi, kremniy kislota hosil qiladi, silikoza rivojini sekinlashtiradi;
    v) elektrlangan va adsorbsion xususiyat. Elektrlanganda chang zarralari aerozolning mustahkamligiga ta’sir qiladi. Neytral changlarga nisbatan bu aerozollarning nafas olish yo‘llarida turib qolishi 2 – 3 barobar yuqori. Yuqori adsorbsion xususiyatga ega bo‘lgan yuzaki gazlar, toksik moddalar molekulalarini o‘z tarkibida ushlab turadi. Bu gazlarga – SO, CH4, benzopiren va boshqalar kiradi;

    Yüklə 33,18 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin