III. Bo‘lim. Butun sonlarni 10 ichida qo‘shish va ayirish (10 soat)
- sonlarni taqqoslash;
- yetishmaydigan birliklar, 10 ta birlik 1 ta o‘nlik belgilarining atalishi;
- matematik komponentlarning aytilishi;
-1, 2, 3, 4, 5 sonlarini qo‘shish va ayirish. Yig‘indi, ayirmani topishga oid sodda arifmetik masalalar.
IV. Bo‘lim. Geometriyadan dastlabki bilimlar (12 soat)
- doira, uchburchak, to‘rtburchak, kvadrat, nuqta, to‘g‘ri chiziq, egri chiziq haqida tushuncha.
Takrorlash (4 soat).
Mavzuiy rejalashtirish
№
|
Bo‘limlar nomi
|
Soatlar taqsimoti
|
Jami
|
Yangi mavzu
|
Takrorlash
|
Tayyorlov davri
|
49
|
|
|
1.
|
Narsalarning xossalari, o‘lchamlari
|
24
|
|
2.
|
Fazoviy tasavvurlar, narsalarning o‘zaro joylashuvi
|
15
|
|
3.
|
Vaqtni tasavvur etish
|
3
|
|
4.
|
Og‘irlikni chamalab solishtirish
|
4
|
|
5.
|
Yosh bo‘yicha taqqoslash
|
3
|
|
6.
|
1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarni raqamlash
|
61
|
61
|
|
7.
|
Butun sonlarni 10 ichida qo‘shish va ayirish
|
10
|
10
|
|
8.
|
Geometriyadan dastlabki bilimlar
|
12
|
12
|
|
9.
|
Mustahkamlash darsi
|
4
|
|
4
|
Jami
|
136
|
132
|
4
|
- 1 dan 10 gacha to‘g‘ri va teskari tartibda sanash va yozish, sonlarni taqqoslash, qo‘shni sonlarni aniqlash;
- 9 soniga 1 sonini qo‘shish va 10 dan birliklarni ayirish;
- 10 ichida qo‘shish va ayirishga doir misol va masalalar;
- o‘nlikka bir xonali sonni qo‘shish va o‘nlikdan bir xonali sonni ayirish;
- 11 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarning hosil bo‘lishi. Bir xonali va ikki xonali sonlar;
- “ta ortiq”, “ta kam” munosabatlaridan tashkil topgan sodda matnli masalalar;
- xonadan o‘tmasdan 20 ichida qo‘shish va ayirish, qo‘shish va ayirishning xadlari;
- qo‘shiluvchilar o‘rni almashishi bilan yig‘indi o‘zgarmasligiga doir misollar.
II. Bo‘lim. 20 ichida sonlarni guruhlab sanash (28 soat)
- 20 ichida sonlarni Ikkitalab, uchtalab, to‘rtalab, beshtalab to‘g‘ri va teskari sanash, sonlarni orttirish, kamaytirish.
III. Bo‘lim. O‘lchashda hosil bo‘lgan sonlar (10 soat)
- vaqt birligi: ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi. Hafta, hafta kunlarini nomlash, misol va masalalar yechish;
- og‘irlik o‘lchov birligi-kilogramm, kilogramm haqida umumiy tushuncha;
- uzunlik o‘lchov birligi: santimetrni aniqlashga doir misol va masalalar.
IV. Bo‘lim. Geometriyadan dastlabki bilimlar (15soat)
- to‘g‘ri chiziq va kesma;
- uchburchak, to‘rtburchak, kvadrat tomonlarini solishtirish;
- uzunlik o‘lchovi-santimetr (cm) kesmani o‘lchash, o‘lchov birligiga doir misol va masalalar echish.
- berilgan uzunlikdagi kesmani santimetrda o‘lchash, ularning turlari, to‘g‘ri burchakni o‘tkir va o‘tmas burchaklar bilan taqqoslash, geometrik shakllarni uchlari bo‘yicha chizish;
- burchaklar haqida elementar tushuncha, ularning uchi va tomonlari;
- buyumlarni qanday shakllardan tuzilganlini aniqlash.
Takrorlash (13 soat).
Mavzuiy rejalashtirish
№
|
Bo‘limlar nomi
|
Soatlar taqsimoti
|
Jami
|
Yangi mavzu
|
Takrorlash
|
|
1.
|
Yigirma ichida sonlarni raqamlash va arifmetik amallar
|
70
|
70
|
|
|
2.
|
20 ichida sonlarni guruhlab sanash
|
28
|
28
|
|
|
3.
|
O‘lchashda hosil bo‘lgan sonlar
|
10
|
10
|
|
|
4.
|
Geometriyadan dastlabki bilimlar
|
15
|
15
|
|
|
5.
|
Mustahkamlash darsi
|
13
|
|
13
|
|
Jami
|
136
|
123
|
13
|
|
Ta‘lim boshqa tillarda olib boriladigan ta‘lim muassasalarida rus guruhlarida o‘zbek tili kommunikativ-nutqiy tamoyilda ikkinchi til sifatida o‘qitiladi. O‘zbekistonda yashovchi barcha millat vakillarining o‘qish va ishlash jarayonida mahalliy millat vakillari bilan teng munosabatda bo‘lishlari, barcha sohalarda erkin fikr almashishlari o‘zbek tilidan egallaydigan nutqi, kundalik turmush, ijtimoiy-madaniy hayot hamda mutaxassislik sohalarida og‘zaki va yozma erkin muloqot yuritish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish ko‘zda tutiladi. Ta‘lim boshqa tillarda olib boriladigan ta‘lim muassasalarida o‘zbek tili fani o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan davlat ta‘lim talablari asosida tuzilgan.
O‘zbek tili fanini o‘qitishning maqsadi:
O‘quvchilarning o‘qish va mehnat jarayonida, jamoat joylarida turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikrini bayon eta olish, eshitilgan axborotni idrok etish, voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish; o‘zbek adabiyotining eng sara namunalari, o‘zbek xalqining tarixiy, madaniy hayoti, o‘zbek milliy madaniyatiga hissa qo‘shgan buyuk allomalar ijodiy merosini o‘rganish orqali milliy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish malakasini rivojlantirishdan iborat.
Imkoniyati cheklangan bolalar (aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar) uchun ixtisoslashtirilgan maktabning ta‘lim rus tilidagi o‘quvchilariga o‘zbek tilini o‘qitishning eng asosiy maqsadi-o‘zbek tilini ijtimoiy hayotda qo‘llay bilishga o‘rgatishdan iboratdir. Shuning uchun o‘quvchilarda o‘zbek tili lug‘at boyligini yaratish, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni, o‘z fikrlarini to‘g‘ri va mazmunli bayon qila olishga o‘rgatish zarur. Yordamchi maktablarda o‘zbek tilini o‘qitishda, aqli zaif o‘quvchilarning psixofizik (ruhiy-jismoniy) xususiyatlari va nutq kamchiliklarini nazarga olgan holda sodda, amaliy korreksion ko‘zlangan maqsad bilan ish olib boriladi.
O‘zbek tili fanini o‘qitishning vazifalari:
- o‘quvchilarning kundalik va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun o‘zbek tili fani bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini muloqot jarayonida qo‘llash malakasini rivojlantiruvchi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish;
- o‘quvchilarning o‘zbek tilida og‘zaki va yozma savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan;
- o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlari asosida o‘zini o‘zi mustaqil rivojlantirish, egallangan bilim, ko‘nikma va malakasini turli vaziyatlarda qo‘llay olishni shakllantirishdan iborat.
Ta‘lim boshqa tillarda olib boriladigan ta‘lim muassasalarida o‘zbek tili kommunikativ tamoyil asosida ikkinchi til sifatida o‘qitiladi. Shuning uchun ta‘lim mazmunida asosiy diqqat-e’tibor nutqiy muloqatga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarning o‘zbek tilidan egallaydigan bilimlari, kundalik turmush, ijtimoiy-madaniy hayot, mutaxassislik sohalarida og‘zaki va yozma erkin muloqot yurita olishlariga qaratilgan.
Boshlang‘ich ta‘limda o‘zbek tili fanini o‘qitishdan maqsad, avvalo, o‘zbek tilining nutq tovushlari va harflari bilan tanishtirish, so‘ngra o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish, o‘zbek tilida muloqotga kirisha olish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iboratdir.
Shunga ko‘ra 2-sinf o‘quv dasturida avval lug‘at, nutq namunalari so‘ngra tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish bo‘yicha o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqi shakllantiriladi.
Ushbu ko‘nikma-malakalar asosida hosil qilinadigan nutqiy kompetensiyalar o‘zbek tili bo‘yicha boshlang‘ich bitiruvchilarda so‘zlarni o‘zaro to‘g‘ri bog‘lab gap tuza olish, nutqning dialogik va monologik shakllarida erkin muloqot yurita olish kompetensiyalarini shakllantirishi lozim. Shundan kelib chiqib o‘quv dasturida har bir nutqiy mavzu doirasida lug‘at, nutq namunalari (faol so‘zlar, birikmalar, so‘z shakllari) materiallar berildi.
Ushbu materiallar o‘quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda taqsimlandi. Bunda nutqiy kompetensiya har bir mavzu uchun uzviylik va uzluksizlik asosida belgilangan nutqiy mavzular va ular bo‘yicha beriladigan faol so‘z va birikmalar, nutq namunalarida, lingvistik kompetensiya esa nutqiy materiallar va so‘z shakllarida ifodalanadi. O‘zlashtirilgan so‘zlar, birikmalar va egallangan bilimlar orqali o‘quvchilarda nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishga erishiladi.
O‘qituvchilar mustaqil ijodiy yondoshgan holda o‘quv dasturi asosida o‘zbek tili fanining yillik taqvim-mavzu rejasini ishlab chiqishlari, fan metod kengashida muhokama qilib, maktabning pedagogik kengashida tasdiqlashlari lozim. O‘qituvchilarga metodik yordam sifatida dasturning oxirida fanlar kesimida o‘zbek tili fanini mavzuiy rejalashtirish jadvali taqdim etildi. Jadvalda tayyor taqvim-mavzu rejaning andozasi berilgan.
Dostları ilə paylaş: |