12-savol “Hibat ul-haqoyiq” asarining muallifi kim?
- Ahmad Yugnakiy
13-savol Ta’limni tashkil etishning darsdan tashqari shakllariga qaysi guruhdagilar kiradi?
- To‘garak, praktikum, seminar, konferensiya, maslahat, fakultativ mashg‘ulot, o‘quv ekskursiyalari, mustaqil uy ishlari
14-savol “Men farzand tarbiyasida davlatni boshqarishdan ko‘ra chuqurroq mushohada, undan ham chuqurroq donishmandlik kerakligiga ishonch hosil qildim” – degan ibora muallifi kim?.
- Amir Temur
15-savol O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish quyidagi funksiyalarni bajaradi
- Nazorat qilish, o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish
16-savol Qadim zamonlardan mavjud bo‘lgan o‘qitishning eng qadimgi shakli – bu:
- Individual
17-savol O‘quvchilarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olib tash-kil etiladigan o‘quv faoliyatini tashkil etish shakli ... deb ataladi.
- Tabaqalashgan ta’lim
18-savol Didaktika – bu ...
- Ta’lim nazariyasi
19-savol Didaktika deb nimaga aytiladi?
- Didaktika bu o’qitish mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi o’qitish pedagogik nazariyasi,pedagogikaning sohasi
20-savol Didaktikaning asosiy kategoriyalari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
- Dars o’tish, bilim berish, o’qitish, malaka, ko’nikma, shakl, metod, vosita, natijalar
21-savol Dars, praktikum, seminar, amaliy mashg‘ulot va konsultatsiyalar – bu:
- Ta’limni tashkil etish shakllari
22-savol DTSni bajarish qanday ta’lim muassasalari uchun majburiydir?
- O’zbekiston Respublikasidagi barcha ta’lim muassasalari uchun
23-savol Jalloliddin Davoniyning “Axloqi Jaloliy” asari uch qismdan iborat. Uning birinchi qismi qaysi fanga taaluqli?
- Ahloq ilmiga