mahsulotlar, ishlar va xizmatlar sertifikatlanishini o'tkazish bo'yicha xalqaro me'yorlar va standartlar bilan uyg’unlashgan umumiy qoidalar hamda tartiblarni o'rnatadi;
sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo'yicha dasturlar loyihalarini ishlab chiqadi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko'rib chiqish uchun taqdim etadi;
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlariga qo'shilish haqidagi qarorlarni qabul qiladi hamda standartlashtirish natijalarini o'zaro tan olish hususida kelishuvlar tuzadi;
O'zga davlatlar bilan o'zaro munosabatlarda va xalqaro tashkilotlarda sertifikatlashtirish masalalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi nomidan ish ko'radi;
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda sertifikatlanishi majburiy bo'lgan mahsulotlar ro‘yxatini belgilaydi;