Mavzu Sezgi turlari va uning qonuniyatlari. Reja-azkurs.org
Mavzu: Sezgi turlari va uning qonuniyatlari.Reja: 1. Sezgi to'g'risida umumiy tushuncha. 2. Sezgiiarning uimimiy qonuniyatlari va sezgirlik 3. Sezgining neyrofiziologik asoslari 4. Sezgi turlarining psixologik tavsifi Sezgi to'g'risida umumiy tushuncha.Jahon psixologiyasi fani ma'lumotlarining ko'rsatishicha, sezish oddiy psixik bilish jarayoni hisoblanib, moddiy qo'zg'atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta'sir etishi orqali mavjud olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini, shuningdek, inson organizmining ichki holatlarini aks ettirishdan iborat bilishning dastlabki bosqichidir. Sezgi biosfera va neosferada harakatlanuvchi jamiki narsalarning, xoh mikro, xoh makro tuzilishidan qat'iy nazar, sezgi organlariga ta'sir qilish natijasining sodda obrazlar, timsollarning ayrim tarkibiy xususiyatlar sifatida aks etishidir. Inson atrof-muhitdagi moddalar shaklini, harakatlar ko'rinishini, ularning xossalarini olziga xos xususiyatlarini sezgi organlari yordamida biladi. Sezgilar to'g'risidagi ilmiy ta'limotlarga ko'ra narsa va ularning xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib, sezgilarning o'zi esa tashqi va ichki qo'zg'atuvchilarning sezgi a'zolariga ta'sir ko'rsatishining mahsulidir. Ma'lumotlarga qaraganda, sezgilar moddiy borliqning, voqelikning haqqoniy tasvirini in'ikos qiladi, binobarin, moddiy olam qanday ko'rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo'lsa, ular xuddi shundayligicha o'zgarishsiz aks ettiradi. Psixologiyada sezgilarning fiziologik asosini va mexanizmlarini qo'zg'atuvchining o'ziga mutlaq mos bo'lgan analizatorlar ta'siri natijasida yuzaga keluvchi asab jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil qiladi. Fiziolog va psixologlar-ning ta'limotlariga ko'ra, analizator uch o'zaro uzviy uyg'unlikka ega bo'lgan tarkibiy qismlardan iborat. Sodda qilib aytganda, mazkur tarkiblar quyidagi ketma-ketlikda tuzilgandir: 1.Tashqi kuch-quvvatni asab jarayoniga aylantirib beruvchi periferiya qismdan, ya'ni retseptordan; 2.Analizatorlarning periferiya qismini markaziy qism bilan bog'lovchi afferent (markazga intiluvchi asab tolasi), o'tkazuvchi asab yo'llaridan; 3.Periferiya qismlaridan keluvchi nerv impulslari qayta ishlanuvchi analizatorlarning miya po'stlog'idagi qismlaridan iboratdir. K.M.Bikov, V.N.Chernigovskiylar tomonidan interotseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari interotsepsiya bilan birgalikda atroflicha o'rganilgan. Bularning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan kelib chiqqan holda sharhlab berilgan. Proprioretseptiv sezgilar tana dvigatel apparatining va gavdaning fazodagi holati to'g'risida signallar bilan ta'minlab turadi. Ular inson harakatining regulatorini va afferent asosini tashkil qiladi. Periferik retseptorlar muskullarda, paylardava bo'g'imlarda joylashgan bo'lib, maxsus tanacha shakliga egadir. Mazkur tanachalar Puchchini tanachalari deb ataladi. Tanachalarda vujudga keluvchi qo'zg'atuvchilar muskullarning taranglashuvi natijasida va bo'g'imlar holatining o'zgarishida, nerv tolalari yordamida orqa miyaning orqa ustunidagi oq suyuqliklarga yetkaziladi. Qo'zg'ovchilar Burdak va Goll yadrosining quyi bo'limlariga yetib keladi va undan po'stloq osti tugunlaridan o'tib, bosh miya katta yarim-sharining qorong'ilashgan zonasida o'z harakatini yakunlaydi. Proprioretseptorlar harakatning afferent asosi ekanligini A.A.Orbeli, P.K.Anoxin (hayvonlarda), N.A.Bern-shteyn (odamlarda) o'rganganlar. Psixologik ma'lumotlarga ko'ra, gavdaning fazodagi holati sezgirligi statik sczgilarda o'z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo'lib, o'zaro bir-biriga perpendikular bo'shliqda tutash holatda yotadi. Masalan, bosh holatining o'zgarishi quyidagi sxemaga binoan amalga oshadi: 1.O'zgarish endolimfa suyuqligiga bog'liq qo'zg'aladi; 2.Cshitish nervi; 3.Vestibulator nervi; K.M.Bikov, V.N.Chernigovskiylar tomonidan interotseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari interotsepsiya bilan birgalikda atroflicha o'rganilgan. Bularning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan kelib chiqqan holda sharhlab berilgan. Proprioretseptiv sezgilar tana dvigatel apparatining va gavdaning fazodagi holati to'g'risida signallar bilan ta'minlab turadi. Ular inson harakatining regulatorini va afferent asosini tashkil qiladi. Periferik retseptorlar muskullarda, paylardava bo'g'imlarda joylashgan bo'lib, maxsus tanacha shakliga egadir. Mazkur tanachalar Puchchini tanachalari deb ataladi. Tanachalarda vujudga keluvchi qo'zg'atuvchilar muskullarning taranglashuvi natijasida va bo'g'imlar holatining o'zgarishida, nerv tolalari yordamida orqa miyaning orqa ustunidagi oq suyuqliklarga yetkaziladi. Qo'zg'ovchilar Burdak va Goll yadrosining quyi bo'limlariga yetib keladi va undan po'stloq osti tugunlaridan o'tib, bosh miya katta yarim-sharining qorong'ilashgan zonasida o'z harakatini yakunlaydi. Proprioretseptorlar harakatning afferent asosi ekanligini A.A.Orbeli, P.K.Anoxin (hayvonlarda), N.A.Bern-shteyn (odamlarda) o'rganganlar. Psixologik ma'lumotlarga ko'ra, gavdaning fazodagi holati sezgirligi statik sczgilarda o'z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo'lib, o'zaro bir-biriga perpendikular bo'shliqda tutash holatda yotadi. Masalan, bosh holatining o'zgarishi quyidagi sxemaga binoan amalga oshadi: 1.O'zgarish endolimfa suyuqligiga bog'liq qo'zg'aladi; 2.Cshitish nervi; 3.Vestibulator nervi; 4.Vosh miya po'stlog'ining chakka bo'lmasi; 5. miya apparatiga o'tadi.