1. Shaharsozlik (shahar qurish) tushunchasi va qisqacha tarixi



Yüklə 43,5 Kb.
səhifə1/2
tarix18.11.2022
ölçüsü43,5 Kb.
#69658
  1   2
1353495917 40041


Reja:


1. Shaharsozlik (shahar qurish) tushunchasi va qisqacha tarixi.
2. O`zbekistondashaharsozlik madaniyati tarixi.
3. Amir Temur davrida O`rta Osiyoda shaharsozlikning rivojlanishi.
4. XVIII-XIX asrlarda O`rta Osiyoda shaharsozlik madaniyati.

Shaharsozlik (shahar qurish) tushunchasi va qisqacha tarixi.


Shaharsozlik me`morlikning yirik soxasidir, shaharsozlik deganda, shahar bunyod etish nazaryasi va amaliyoti-aholi yashaydigan hududlar (turar joylar)ni loyha asosida rejalashtirish tushiniladi. Shaharsozlik ijtimoiy- iqtisodiy, sanitariya-gigiyena, qurilish-texnika, badiiy-me`moriy masalalar majmuini qamrab oladi. Shaharsozlik majmui me`morlik va qurilish bunyodkorligi, jamiyatning ijtimoiytizimi va ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyot darajasi madaniyat, tabiiy iqlim sharoitlari va milliy o`ziga xosligi bilan belgilanadi. Shaharsozlik o`z navbatida qishloq aholi turar joylarini rejalash, landshaft me`orligi, bog` barpo etish, tumanlarni rejalash, sanoat korxonalari, dam olish mintaqalarini ratsional ravishda joylashtirish, ekologiya masalalari kabi bir necha tarmoqlarga bo`lingan. Shaharsozlikda turar joylarning nafaqat me`moriy-badiiy qiyofasiga, estetik jihatlariga, balki obodonlashtirishga-yo`llar, ayniqsa, avtomobil yo`llariga infratuzilma (suv, oqavakanalizatsiya, gaz, yelektir va boshqa muhandislik ta`minotlari)ga katta e`tibor beriladi. Shaharsozlikda yangi shahar, shaharcha, qishloqlarni qurish, qadimiy shaharlarni muhofaza qilish (rekonsturuksiya qilish), iye`moriy majmualar (ko`proq turar joy mavzelari)ni bunyod etish bosh reja asosida amalga oshiriladi, bunda loyhalarni ishlab chiqish (tuzish) muhim o`rin tutadi. Bunday loyhalar buyurtmalar orqali shaharsozlikka ixtisoslashgan ilmiy tekshirish va loyhalash inistutlarida bajariladi. Toshkentda O`zbekiston shaharsozlik loyhalash va ilmiy tekshirish inistituti (O`zLITI), Toshkent loyhalash instituti va boshqa shunga o`xshash institutlar faoliyat ko`rsatmoqda.
Shaharsozlik qadimiy tarixga ega. Miloddan avvalgi 3-ming yillik o`rtalari- 2-ming yillik boshlarida qadimiy madaniyat davrida aholi kent- manzillarini qurishda muntazam rejalashtirish xususiyatlaridan foydalanilgan (Qadimgi Xitoy, Misr,Eron va boshqalar). Yuunanistonda shaharlar siyosiy va diniy markazlarini ajratgan holda rejalashtirilgan bo`lsa qo`llanilgan (Pompey, Ostiya va b.), shaharsozlik nazaryasi paydo bo`lgan (Vitruviy risolasi, mil. Av. 1-a.). o`rta asrlar Yevropasiga shaharlarni stixiyali, qa`a devorlari atrofida chiziqli va aylana-xalqali rejalashtirish xos bo`lgan (Nyordligen Germaniyada, Krakov Polshada, Praga Chexiyada va b.). rossiyada shaharlar tepaliklarida, daryolar quyiladigan joylarda bunyod etilgan (Kiyev, Chernigov, Novgorod, Pskov va b.), hamma ko`cha (yo`l)lar shahar darvozasiga yoki shahar savdo maydonlariga olib borgan. Aylan-halqali rejalash shaharsozlikning mumtoz namunasi o`rta asrdagi Moskvadir.

2. O`zbekistonda Shaharsozlik madaniyati tarixi.


O`zbekiston hududida dastlabki shaharlar (Sopollitepa, Jarqo`ton) mil.av. 17-14- asrlarda Surxandaryo vohasida jez davrida paydo bo`lgan. Yozma manbalarda esa shahar haqidagi ma`lumotlar Avestoda uchraydi. Hozirgi ba`zi shaharlar (Qarshi – Yerqo`rg`on; Hazorasp –Xum-bustepa kabilar)ning shakllanishini tadqiqodchilar mil.av. 10-8-asrlar bilan bog`laydilar. Farg`onadagi eng qadimgi shaharlar (Ashqoltepa, Dalvarzintepa kabilar) ilk temir davriga oid Chist ma`daniyati (mil.av. 11-6-asrlar)ga mansubdir. Ahamoniylar davrida shahar qurish jadallashgan (Xorazmdagi Qal`alikdir, Ko`zliqir va b.). kushonlar davrida shaharsozlik nihoyatda ravnaq topgan (Xorazmshohlar poytahtida muntazam tarihli Tuproqqal`a, Zarafshon vodiysida Buxoro, Farg`ona vodiysida Mingtepa, doira tarhli Bilovur, Chirchiq vodiysida Shoshtepa).


Binkat (Toshkent) shahrining 8-12-asrlardagi tarihi: 1. Ark; 2. Shahriston; 3. Registon; 4. Ichki rabod; 5. Tashqi rabod.
O`rta asrlarda shaharlar buzilishi murakkab bo`lgan, ularning tarkibiga ark, bir necha shahriston, robod (shahriston atoflari) kirgan. Ularning har biri alohida qal`a devori bilan o`ralgan. Afrosiyob (Samarqand), Buxoro, Binkat (Toshkent) Movarounnahrning yirik shaharlaridan bo`dgan. Bunday shaharlarni va ular atrofidagi kichik shahar va qishloqlarni uzun devorlar muhofaza qilgan (Buxoro, Toshkent tevaragidagi “Kampir devor”lar, Samarqand tevaragidagi “Devori qiyomat” va b.).
Temuriylar davrida mo`g`ullar vayronagarchiliklarini bartaraf etish. Mamlakat obodonligini ta`minlashda katta shaharsozlik ishlari olib borilgan: Amir Temurning Samarqand va uning atrofi, Shahrisabzda, Banokat (Shoh-ruxiya), Shohruhning Mashhad, Marv va Hirotda amalga oshirgan ishlari. Ulug`bek tomonidan Samarqand regis-tonida 3 imorat qurilishi bilan bu maydon mujassamoti tugallikka erishgan (q. Registon ansambli). Shayboniylar davrida katta hajimlardagi (savdo-sotiq bilan bog`liq) qurilishlar shaharlar, ayniqsa, poytaxt Buxoroning tizmini mukammallashtirgan. Rivoyatlarga ko`ra, Abdullaxon II ham ming robod qurdirgan. Ko`p majmualarning shakillanishi aynan shu davrga to`g`ri keladi (Buxorodakgi Labihovz ansanbili, Poyi kalon, Ko`sh madrasa. Chor Bakr me`moriy majmuasi. Bahouddin majmuasi, Qarshidagi registon maydoni).
19-asrda Qo`qon xonlari tomonidan Sirdaryo bo`ylab bir necha shahar-qal`alar qurilib, kuchli mudofaa tizimi yaratildi, yangi ariqlar qazldi, Pishpak (Qirg`iston), Shaxrixon shahrlari poydo bo`ldi 19-asrning 2-yarimida qadimiy shaharlar (Toshkent. Samarqand) yonida yoki unga yaqin masofada (Marg`ilonda Yangi Marg`ilon, hzirgi Farg`ona shahri;)( Buxoroda Kogon kabi) “yangi shahar”lar quriladi.
2-jahon urushi yillari O`zbekistonga shimoliy hududlardan zavod. Fabrika va boshqa karxonalarning ko`chirilishi shaharlar sanoat mintaqalarining keskin kengayishiga olib keldi. Urushdan keyin, ayniqsa, 50-70-yillarda yangi shaharlar qurildi (Navoiy, Zarafshon va h.k.). yirik tarixiy shaxarlarni qayta qurish rejalari ishlab chiqildi.
Milodiy IV asr oxiridan boshlab Baqtriya o`lkasi tarixiy manbalarda Tahariston deb yuritila boshlagan. Tahariston o`z tarkibiga Surxandaryo viloyati, Janubiy Tojigiston va Shimoliy Afg`aniston yerlarini qamrab olgan bo`lib, hududiy jihatdan kushon davri Baqtriya o`lkasiga teng bo`lgan.
IX asrdan Shimoliy Tojigistonda shaharsozlik jadal taraqqiy etgan. Bu davrda o`lkada uch qisimli shaharlar to`liq shakllangan. Termiz Chag`oniyon kabi shaharlar tuzilishini o`rganishda yozma manbalar bilan bir qatorda bu shaharlar hududida keng ko`lamda amalga oshirilgan arxealogik tadqiqotlar natijalari ham juda muhimdir. Termizning 500 gektarlik shahart tusini olishi X asr oxirlarida sodir bo`lib, XI-XII asrlar davomida ravnaq topgan. Chag`aniyonning markaziy shahri Chag`aniyon (qizilsuvning Surxondaryoga quyilish joyidagi Budrach yodgorligi) 6 kvadrat kilometrga teng maydonni egallagan. Bu shahar o`zining yuksaklikka erishgan davriga, ya`ni X-XI asrning birinchi yarmida qizilsuvning har ikkala qirg`og`ini yegallagan.
IX asrdan boshlab shaharsozlikda pishirilgan g`ishtlar ommaviy ravishda ishlatilgan, uylar, saroylar, qabul zallari va masjidlarni bezashda murakkab islimiy va yirik naqishlar keng qo`llanilgan. Ushbu zal peshtoqidan joy olgan termizshohlar saroyini bezab turgan naqshni lavhalar o`zining betakrorligi bilan ajralib
O`rta Osiyo tarixida bir necha bor yozilgani kabi Movarouinahrda o`troq so`g`dliklar, Yettisuvda esa ko`manchi turklar yashaganlar deb ularni bir-biriga qarama-qarshi qo`yish noto`g`ri bo`lar edi.
Movarounnahrda XI asrdan ilgari ham anchagina turklar yashaganin bilasiz. Ularning ko`pchilik qismi Shosh va Farg`onada, ozroq qismi Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida yashaganlar. 8-9 asrlarda turklar Farg`ona va Shosh teritoriyasiga juda tez tarqaldi. Shunga ko`ra til jihatdan bu qishloqlarning aholisi so`g`d teritoriyasidagi aholiga nisbatan ilgariroq Qirg`iziston va Qozog`iston hududlarida turkiy qavm yashab, turk hoqonligi, tirgashlar davlat tarkibiga kirgan. 679 yildan boshlab turkashlarning Dili (Sharq) va Nishiba (G`arb) ittifoqlari vujudga keldi.
1. Shimolda buyuk Turk hoqonligi o`rnida vujudga kelgan turkiy davlatlar yashayotgan bir paytda (qarliqo`g`uz) O`rta Osiyoning markaziy qismida Somonxidotning avlodlari kuchli bir davlatga asos soldilar. Rofe ibn Lays qo`zg`olonini bostirishda yordam bergani uchun nevaralariga Movarounnahr hududlarini bo`lib bergan edi: Nuhga Samarqand, Ahmadga Farg`ona, Movarounnahrning Buxoro viloyati, Qashqadaryo va Chogonrid vodiylaridan boshqa barcha muxim oblastlari Axmad va ining o`g`illarining ta`sir doirasiga kirdi. Bu burlashishga Toxir ibn Abdulla (844-862) to`sqinlik qilmadi. Chunki u birinchidan, bu vaziyat qanday natijalarga olib kelishini bilardi va ikkinchidan Somoniylar ustidan o`z ota va bobosi singari xukmronlik qila olmas edi. 873 yilda Toxiriylar dinastiyasining qulashi Somoniylar mavqeini juda yaxshiladi. Shuning uchun ham 873 yildan keyin o`z ixtiyoriga tashlab qo`yilgan Somoniylar Movaraunnaxrni bir butun mustaxkam qilib, birlashtirish maqsadida bu qulay paytdan foydalanishga qaror qildilar. 865 yilda Axmad vafot etgandan so`ng uning o`g`li Nasr (865-892) Somoniylarga boshliq bo`lib qoldi.Uning oldida ikki vazifa turar edi: 1.Ko`chmanchilarning siquvini zaiflashtirish. 2.Buxoro, Naxshob va Kesh shaharlari uchun kurash olib borish.
873 yilda Nishopurda ko`tarilgan safforiylar qo`zg`aloni natijasida toxiriylar davlati qulab, safforiylarninig Movaraunnaxr, jumladan, Buxoroga ta`siri kuchaya bordi. Bu shaxar axolisi esa safforiylardan ko`ra somoniylarning xukmronlik qilishini ma`qul topdilar. Shahar jamoasining yuqori tabaqalari Samarqandga, Nasr ibn Axmadga vakillar yuborishga shoshildi va undan samoniylar xonadonidan biror kishini xokim qilib yublrishni so`radi. Bunday taklif Nasrni xursand qilishi turgan gap edi. Chunki bu taklif Mavorounnaxrda somoniylar xukmronligi ostida batamom birlashtirish masalasini osongina hal qildi. Nasr o`z ukasi Ismoil ibn Axmadni Buxoroga noib qilib yubordi. Ismoilning xokim sifatida ko`rgan dastlabki tadbirlaridan biri dehqonlar qo`zg`aloniga qarshi kurashdan iborat edi. Nasr ibn Axmad bu yillarda o`zini butun Mavorounnaxrning xukmdori deb bildi. Va shuning uchun ham u kumush dirxamlar zarb eta boshladi. Bu esa ilgarigi faqat toxiriylarga berilgan imtiyoz edi. Nasr o`z ukasi Ismoilni xoxlagan vaqtda almashtirishi mumkin bo`lgan. U ukasining talantli xokimgina emas balki, odamlar bilan ham muomala qila oladigan g`ayratli va shuxratparast raqobatchi bo`lib yetishishini payqab ololmagan. Ismoil esa Nasrga bo`ysunishni xoxlamagan va batamom mustaqil bo`lishni istagan. Aka uka o`rtasidagi dushmanlik 888 yilda Ismoil g`alabasi bilan tugadi. Biroq Nasr Samarqandda 892 yilgacha podsholik qildi. Akasi o`lgach Ismoil to`liq xokimiyatni egalladi. 893 yilda Ismoil Sirdaryo bo`ylariga yurish qilib Tarozni egalladi. O`n ming asir olib, xristian ibodatxonasini masjidga aylantirdi. IX asr to`qsoninchi yillaridan Eronda bo`lgan voqealar Ismoil diqqatini shimoldan janubga qaratdi. Xurosonnri idora qilayotgan safforiylar Ismoilga munosib raqib bo`lishi mumkin edi. Bog`dod xalifasi bu ikki kuchni to`qnashtirib, o`z mavqeini tiklamoqchi edi. Vaziyat xalifa kutgandan boshqacha kechib, Ismoilning qudrati yanada oshdi. YA`ni bu to`qnashuvda 900 yil safforiylar istidan to`liq g`alabaga erishdi. Endi butun Xuroson, Mavorounnaxr, Sirdaryo bo`ylari Ismoilga bo`ysunsada, Seiston, Girgon, G`azna, Girjiston, Isfijob, Xorazm va xozirgi Tojikistonning tog`li viloyatlarini o`zlariga batamom bo`ysundira olmadilar. Bu viloyatlarning xokimlari markaziy xokimiyatni rasman tan olsalarda lekin, o`z xududlarini deyarli mustaqil ravishda idora qilardilar. Ular nomiga bo`ysungan voxalardan o`lponlar yig`ib, samoniylar poytaxtiga esa faqat sovg`alar yuborar edilar. Garchi akademik V.V.Bartold aytganidek, «dinastiya nomoyondalari orasida Ismoildan keyin istedodli odam deb bilishimiz mumkin bo`lgan birorta ham odam Ismoildek emas edi». 907-914 yillarda Ismoilning vorisi Axmad davlat apparatida arab tilining mavqeini oshirishga xarakat qiladi. U esa saroy axli noroziligiga sabab bo`ladi va o`z g`ilomi tomonidan o`ldiriladi. Taxtga Axmadning sakkiz yashar o`g`li Nosir II (914-943) chiqadi. Davlatga amalda raxbarlik qilish Axmad Jayxoniy qo`lida bo`ladi. Marvaziy xarakati karmat bud`ati nomini oladi. Bu davrda isyonlar Samarqandda Abusalik Mansur ibn Isxoq boshchiligida, janubda esa Xusayn ibn Ali Marvaziy boshladi. Buni Nizomilmilk ham yozib o`tgan. 918 yilda Marvaziy o`ldiriladi. 922 yilda Ilyos ibn Isxoq boshchiligidagi isyon tezda bostirilsada, avval Ilyos Shoshda, so`ngra Qashqardan yordamlar olib uzoq vaqt kurashadi. Nasr II zamonida Xuroson va Mavorounnaxrda karmatchilar xarakati keng tarqaladi. Xatto Nosir II ham bu xarakatga qo`shiladi. Bu esa norozilikka sabab bo`lib, Nux foydasiga taxtdan voz kechadi. Nux ibn Nasr (943-954) xukmronligidan boshlab samoniylarning tushkunligi boshlanadi. Bu davrda o`lpon va soliqlar ko`payib ketadi. Ular muddatdan oldin ham yig`ilar edi. Bu esa mamlakatda noroziliklar kuchayishiga olib keladi. 947 yilda Nuxning Mesopatamiyadan kelgan amakisi Ibroxim ibn Axmad Nixga qarshi qo`zg`alon ko`targan. Xiroson noibu Abu Ali Chog`oniy yordami bilan izoq bo`lmasada Buxoro taxtini bosib oladi. Bu qo`zg`alonlar Abdumalik (954-961) davrida ham kuchayadi. Abdumalikdan so`ng somoniylar taxti uchun kurash yanada kuchayadi. Taxt uchun olib borilgan kurashda G`azna noibi Alpteginning talabi bilan Nasr III taxtga chiqadi va tezda tushuriladi. Somoniylar davrida Mavorounnaxrning asosiy viloyatlari eng avvalo Zarafshon vodiysi xo`jalik soxasida faqat O`rta Osiyoning emas balki, Old Osiyoning ham ilg`or viloyatlari qatoriga kiradi. Bir tomondan qishloq bilan shahar, ikkinchi tomondan o`troq axoli bilan ko`chmanchilar o`rtasida tovar almashishining kuchayib borishi, karvon savdosining taraqqiy qilishi, qishloq xo`jaligining kon ishlari va xunarmandchilikning rivojlanishi uchun ba`za bo`ladi. Mavorounnaxr ekalogika jixatdan boshqa musulmon davlatlari va O`rta Osiyoda birinchi o`rinni egalladi.
Somoniylar davrida ayniqsa Ismoil Somoniy davrida mustaxkam markaziy xokimiyat o`rnatishga xarakat qilinib, o`z reformalarini o`tkazgan. Ismoil Somoniy markaziy devonlar sistemasidan iborat davlat apparatini tuzgan. Markaziy xokimiyat devon va dargohdan iborat bo`lib, markaziy xokimiyat o`nta devonlikka bo`linar edi. Nasr I davrida devonxonalarga atab Registon maydonida maxsus binolar qurildi. Vazir devoni yoki Buzruk devoni bosh devon xisoblangan. Davlatning markaziy maxkamasini u boshqarar, qolgan devon boshliqlari unga bo`ysinar edi. Somoniylar davrida vazir lavozimini olish uch oila; Jayxoniy, Bolomiy, Isbuylar dinastiyasidan chiqqan kishilarga ko`proq mumkin edi.
Adabiyotlar:




  1. Yüklə 43,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin