1. Sharq va g'arb mutafakkirlari. Mutafakkirlarning axloqiy qarashlari


Mutafakkirlarning axloqiy qarashlari



Yüklə 34,79 Kb.
səhifə2/3
tarix16.06.2023
ölçüsü34,79 Kb.
#131570
1   2   3
Sharq va g\'arb mutafakkirlari axloqiy qarashlari dialestikasi

2. Mutafakkirlarning axloqiy qarashlari.
O’zbek xalqi o’zining uzoq tarixi davomida yaratilgan ta’lim-tarbiyaga oid boy merosga ega. Bundan tashqari, avlodlarda insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do’stlik, iymon-e’tiqod, mehr-oqibat, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni shakllantirishning o’ziga xos tajribasini to’plagan. Bizga ma’lumki, ma’naviy-axloqiy fazilatlar hech qachon o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, balki ularning kelib chiqishining haqiqiy manbai, ularni keltirib chiqargan sabablar va harakatga keltiradigan kuchlar mavjuddir. Zero, har qanday axloqiy qoidalar muayyan tarixiy zaruriyat natijasiga vujudga keladi va muayyan qonuniyat asosida rivojlanib boradi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari bu tajribaning shakllanishiga ulkan ta’sir ko’rsatgan. Tarbiya ham ota-onalarning burchi va farzandlarning haqqidir. “Tarbiya” so’zi arabcha “robba” fe’lidan olingan bo’lib, o’stirdi, ziyoda qildi, rioyasiga oldi, rahbarlik qildi va isloh qildi ma’nolarini bildiradi. Musulmon ulamolar “tarbiya”ni bir necha xil ta’rif qilganlar. Jumladan, imom Bayzoviy quyidagicha ta’riflaydi: “Tarbiya bir narsani asta-sekin kamoliga etkazishdir”. Rog’ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta’rif qiladi: “Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o’tkaza borib, batamomlik nuqtasiga etkazishdir. Tarbiyaning ma’nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg’unlik hamda muvozanat ila o’stirishdir”. Islomda bolalar tarbiyasi ota-onaning eng mas’uliyatli va uzoq davom etadigan burchlaridir. Boshqa burchlar ba’zi ishlarni qilish yoki mulkni sarflash bilan oxiriga etadi. Ammo tarbiya mas’uliyati bardavom bo’ladi. Zotan, ota-onaning farzand ne’matiga haqiqiy shukrlari ham aynan tarbiya mas’uliyatini sharaf bilan ado etish orqali yuzaga chiqadi.
Odob masalasini insoniyat tarixida to’laqonli ravishda Islom boshlagan, desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Islomda kishining hayotidagi har bir narsaning o’z odobi bor. Dunyodagi odobga bag’ishlangan asarlarning asosini va ko’piligini Islom halqlari vakillari tomonidan yozilgan asarlar tashkil qiladi, degan gapda zarracha mubolag’a yo’q.
Qadimda Sharq mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan qarashlar hamda g’oyalar bugungi kunda ham muhim ta’lim-tarbiyaviy manba sifatida yoshlar ongi va qalbiga ma’naviy ozuqa berib kelmoqda. Uzoq va boy tarixga ega bo’lgan Markaziy Osiyo xalqlari o’zining ta’limtarbiyaga oid boy merosini yaratib, takomillashtirib, yoshlarni insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, insonlarga va tabiatga do’stlik, sahiylik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelishgan. Darhaqiqat, ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan bebaho madaniy meros milliy ma’naviyatimizning o’zagini tashkil etadi. Shu sababli undan bugun yoshlarimizning ta’lim va tarbiyasiga keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, “Ajdodlarimizdan qolgan meros millatimizning nafaqat o’tmishi, shuningdek, istiqboli uchun ham kuch va fidoiylik manbai hisoblanadi”. Har bir xalqning ta’lim-tarbiyaga oid an’analari borki, ular pedagogik tafikkur taraqqiyotining asosi bo’lib xizmat qiladi va bola tarbiyasi haqidagi tasavvurlar va qarashlarni ifodalaydi. Yuqorida aytganimizdek, har bir ota ona o’z farzandlarini barkamol inson bo’lishini istaydi, o’zlari eta olmagan orzuumidlariga bolalarining etishligini o’ylaydi. Bolalarning har bir yutug’idan quvonishadi, mag’lubiyatidan tashvishga tushishadi. Farzandlarini baxtli ko’rish ular uchun eng baxtiyor damlar hisoblanadi. Buning uchun ularga bor kuch-quvvatini sarflashadi. O’tmishda buyuk allomalarimiz, yuksak darajadagi ma’naviyat, axloq-odob saboqlarini berganliklari, Vatan, xalq istiqboli, farovon turmush, halol mehnat, fan taraqqiyoti, inson mehnati, atrof-muhitga oqilona munosabat haqidagi o’z qarashlarini bayon qilib berganliklariga guvoh bo’lamiz. Mana shunday mangu allomalar jumlasiga Ahmad Yassaviyni kiritish mumkin. Xoja Ahmad Yassaviy o’zining ma’naviy-axloqiy qarashlari bilan bugungi kunda ham pedagogika faniga beqiyos qo’sha olganligi olib borilgan izlanishlardan ayon bo’lmoqda. “Xoja Ahmad Yassaviyning nuqtai nazariga ko’ra ayyorlik, gunohlarni yashirish o’zgalarga xiyonat hisoblanadi. Bu fikrlari bilan Xoja Ahmad Yassaviy rostgo’ylik, halollik, o’z-o’ziga talabchanlikni targ’ib qiladi. Zahmat chekkan odam sabrli, bardoshli, irodali bo’ladi, degan fikrni ilgari suradi. Hushyorlik shaxsni faol harakat qilishga undaydi. Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlari o’quvchi shaxsini xushyorlikka, faol harakatlanishga, fitnalardan, fisqu fasod ishlardan o’zini olib qochishga undaydi”. Shuning uchun ham ta’lim tarbiya jarayonida ulardan keng foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Yana bir yiriq allomalardan biri Burxoniddiy Marg’inoniydir. Burxoniddiy Marg’inoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid qarashlarida diyonat, iymon, vijdon, burch, insoniylik xususidagi g’oyalari shaxsni har tomonlama va uyg’un rivojlantirishning asosiy vositasi bo’lib xizmat qilgan. Shu jihatdan qaraganda XXI asrda yashagan islom ta’limotining yirik nomoyondasi Burxoniddiy Marg’inoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid qarashlarida erkinlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, iymon-e’tiqod, halollik, axloqiy poklik, odillik, birodarlik, bilimlilik, mustaqil fikr hislatlari asosiy o’rinni egallaydi. Alloma Marg’inoniy o’zining axloqiyhuquqiy qarashlari bilan xalqimiz ma’naviyatini rivojlantirishga, musulmon dunyosi madaniyatining taraqqiyotiga hamda ijtimoiy pedagogik fikr rivojiga salmoqli hissa qo’shgan. Farzandga adab, hunar o’rgatmakni meros deb bilg’il.
Agar sen xoh unga adab o’rgatg’il, xoh o’rgatmag’il turmush mashaqqatlarining o’zi unga o’rgatur. Undoqkim debdurlar, ota-ona tarbiyalamasa, kecha va kunduz uni tarbiyalaydur. Kaykovus 44 bobdan iborat bo’lgan “Qobusnoma” asarida ota-onalarning farzand tarbiyasidagi vazifa va burchlari, farzandning ota-onaga munosabati, ularni qadrlash, insonlar orasidagi muomila odobi, ularning o’zaro axloqiy munosabatlari, haqorat, qo’pollik kabi yomon odatlardan saqlanish zaruriyati bilan bir qatorda bola tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratish, uning kelajagi uchun ota-onaning mas’uliyati katta ekanligi kabi axloqiy masalalarga urg’u beriladi. Sharq mutafakkirlarining ijodiy faoliyatidagi ta’lim va tarbiyaga oid yondashuvlar, g’oyalar, qarashlarni yosh avlodning ongiga singdirishda tarbiya usullari va vositalarini bilish, hayotda ulardan to’g’ri foydalanish – ta’lim jarayonida o’qituvchilarning pedagogik mahoratidagi muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda odob-axloq mavzuiga bo’lgan qiziqish anchagina ortdi. Chunki milliy mustaqillikka erishganimizdan so’ng, tarixiy va madaniy merosimizni o’rganishga bo’lgan ehtiyojning kuchayishi, milliy va diniy hamda ma’naviy qadriyatlarimizning mazmunidagi axloqiy g’oyalarni bilishga bo’lgan xalqimiz qiziqishlarining ortib borayotganligidir.

Yüklə 34,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin