1. Sharq va g'arb mutafakkirlari. Mutafakkirlarning axloqiy qarashlari



Yüklə 34,79 Kb.
səhifə3/3
tarix16.06.2023
ölçüsü34,79 Kb.
#131570
1   2   3
Sharq va g\'arb mutafakkirlari axloqiy qarashlari dialestikasi

3. Dialestikasi
Talaba birinchi va ikkinchi masalani yoritishda qadimgi Sharq va G’arb falsafasi tarixini o’rganishdan boshlashi maqsadga muvofiq boladi. Qadimgi Sharq va G'arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari. Qadimgi Sharq va G'arbda falsafasi insoniyatning ilm, fan, m'naviy taraqqiyotining debochasi hisoblanadi. Ularning rivojlanishi, o'ziga xosligi va betakrorligidanqat'iy nazar, ayrim umumiy qonuniyatlarga ega. Birinchidan, falsafiy tafakkur Sharqda ham, G'arbda ham ijtimoiy ongning dastlabki shakli sifatidagi mifologiya negizida vujudga kelgan. Mifologiya inson o'zini atrof muhitdan ajratishga va hodisalarni tabiiy sabablarga muvofiq tushuntirishga qodir emasligi bilan tavsiflanadi. Inson dunyoni va undagi barcha hodisalarni xudolar va qahramonlar harakati bilan tushuntiradi. Ammo mifologiyada insoniyat tarixida ilk bor bir qancha falsafiy masalalar ham qo'yiladi: dunyo qanday vujudga kelgan va u qanday rivojlanadi; hayot va o'lim nima va h.k.46 Ikkinchidan, G'arb va Sharq falsafasi sinfiy jamiyat va davlat paydo bo'lishi bilan ijtimoiy ong shakli sifatida vujudga kelgan. Masalan, qadimgi Hindistonda falsafaning vujudga kelishi taxminan uning hududida quldorlik davlatlari shakllana boshlagan miloddan avvalgi I ming yillikda yuz bergan. Xitoyda falsafa jamiyatning sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlangan, chunonchi: jamoalar kasodga uchrab, yangi yer mulkdorlari va shahar boylarining iqtisodiy va siyosiy qudrati osha boshlagan miloddan avvalgi VIV asrlarda vujudga kelgan. Yunonistonda antik falsafa miloddan avvalgi VII-VI asrlar chegarasida shahar-davlatlar («polislar»)da avval Kichik Osiyoning G'arbiy qirg'og'ida (Ioniyada), so'ngra – Sitsiliya orolining yunonlar yashaydigan shaharlarida va nihoyat, Yunonistonda – Afinada (miloddan avvalgi V asr) vujudga kelgan va qadimgi dunyo madaniyati ravnaq topishi uchun shartsharoitlar yaratgan sinfiy, quldorlik jamiyatining vujudga kelishi varivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan. Qadimgi Markaziy Osiyoda falsafaning vujudga kelishi va rivojlanishi ham sinfiy (feodal) jamiyatning rivojlanishi va davlatning shakllanishi bilan bog'liq.
Amudaryo bo'ylaridagi xalqlar, xususan Xorazmda eng yirik davlat tuzilmalari bo'lgan. Shuni qayd etish lozimki, keyinroq vujudga kelgan davlatlarda falsafaning shakllanishiga qadimgi davlatlarning ilk falsafiy tizimlari ta'sir ko'rsatgan. Uchinchidan, G'arb va Sharq falsafasi umuminsoniy qadriyatlarga qarab mo'ljal oladi. U insonni hamisha qiziqtiruvchi hodisalarni o'rganadi, Qadimgi manba “Avesto”da ko'rsatilgani kabi “qanday qilib yaxshi fikrlash, yaxshi so'zlash va yaxshi ish ko'rish mumkin”, degan savolga javob topishga harakat qiladi. Bu noyob mevalardan bahramand bo'lish uchun inson falsafiy donishmandlikni o'zlashtirishi lozim: u dunyo va uni anglab yetish, inson va tabiat, inson hayotining mazmuni va boshqa shunga o'xshash muammolarda mo'ljal ola bilishi kerak. Aristotel` ham shoh Iskandarga nasihatida “Shuni bilgilki, o'zing buzuq va fosih ersang, raiyatu fuqaroni isloh qilolmaysan. O'zing adashgan, gumroh ekansan, ularga yo'lboshchilik qilolmaysan. Axir o'zi ko'r odam qanday qilib o'zgalarga rahnamo bo'lsin.? O'zi qashshoq o'zgani boy qila oladimi? Kimki o'zi xoru zalil bo'lsa, o'zgani qanday qilib mashhuru aziz eta olsin. Bilgilki, isloh etishni istagan hech kimsa o'zini isloh etmaguncha o'zgalarni ham isloh eta olmaydi. Agar o'zi buzuq fosid bo'lmasa, boshqa kishini fasod ishga taota olmaydi. Qo'l ostingdagilarni isloh etishni istar ekansan, islohni o'zingdan boshla.
O'zgalar aybini yo'qotishni hohlasang, avvalo o'zingni ayblardan va xunuk xulq atvordan pokla. O'ylagan fikring senga hech qachon firib bermasligi lozim. Agar so'zlaring go'zalu qilmishlaring esa xunuk bo'lsa, ishlari 47 gaplariga teskari, zohiri botinini aks ettirmaydigan va'zxon bo'lasan qolasan ”1 deb uqtiradi.To'rtinchidan, Qadimda Sharq falsafasi ham, G'arb falsafasi ham yaxshilik va yomonlik, go'zallik va xunuklik, adolat va adolatsizlik, do'stlik, birodarlik, muhabbat va nafrat, baxt, lazzatlanish va azob chekish, ilmu ma'rifat kabi muammolarning yechimini izlagan. Bu jarayon o'sha davr buyuk faylasuflarining fikrlarida ayniqsa, bo'rtib namoyon bo'ladi, masalan: Konfutsiy: “Odamlar seni bilmasliklaridan g'am chekma, o'zing odamlarni bilmasligingdan g'am chek”; - Lao-szi: “Yuksak fazilatli inson odamlar bilan munosabatlarda xushmuomala bo'lishi, mamlakatni boshqarishda izchil bo'lishi lozim; ishdimkoniyatlardan kelib chiqishi, harakatda vaqtni hisobga olishi lozim”; - Zardo'sht: “Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal”; - Geraklit: “Men uchun bir kishi, agar u hammadan yaxshi bo'lsa, o'n ming kishiga teng”; - Demokrit: “Axmoqni maqtagan aslida unga yomonlik qiladi; - Epikur: “O'lim qo'rqinchli emas: men ungacha mavjudman, u mendan keyin mavjud”; - Platon: “Oliyhimmatlilik – vaziyatdan mohirona foydalanish: aqlidrok bilan bog'langan sahovatlilik”; - Aristotel`: “Do'stlik birga yashash ning zaruriy shartidir”deb hisoblaydi. Shuningdek uning fikricha, ma'naviyat va ma'rifat shunday bebaho boylikki, dunyoda undan naf ko'rmaydigan inson yo'q va bo'lmaydiham. Marifat oddiy xalq ommasiyu, tijorat ahli uchun ham, olim-u fuzalo,shohu sulton uchun ham bir xilda zarur va muhimdir. Ham o'ng qo'lida va ham chap qo'lida adolat tarozisini qo'tarib olmagan, bilimi, odobi, muomalasi bilan xalqining ko'ngliga yo'l topmagan shoh, yurtni boshqara olmaydi. Elyurtni obod va farovon qilish, xalqning olqishiga sazovor bo'lish, mazlumlarni zolimlar istibdodidan himoya qilish, adolatni qaror toptirish uchun podshohlarda insofu-diyonat, mehrshafqat bo'lishi lozim


Xulosa
Murakkab tizimlar uchun, odatda, rivojlanishning bir necha muqobil yo‘llari mavjud bo‘ladi. Ayni bir muhitda har xil strukturalar vujudga kelishi, rivojlanish jarayoni ko‘p variantli tarzda amalga oshishi, buning natijasida rivojlanishda kutilmagan burilishlar yuz berishi mumkin. Shu bois prognoz va taxminlar ishonchsiz yoki yanglish bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, mazkur muhitda evolyusiyaning har qanday turi emas, balki yo‘llarning muayyan doirasigina mavjud bo‘lishi mumkin. Muqobil imkoniyatlar o‘rtasidagi miqdoriy nisbat matematik jihatdan ehtimol tutilgan ayrim voqea yuz berishining ehtimollik darajasi sifatida ifodalanishi mumkin. Inson o‘z faoliyatida real imkoniyatlarni hisobga oladi va ularni voqelikka aylantirish uchun zamin hozirlaydi.
Bu kategoriyalar borliqning shakllanish jarayoniga urg‘u beradi. Ma’lumki, yo‘q narsadan biron-bir yangilik vujudga kelmaydi, u faqat eski narsaning muayyan xossalari, jihatlari negizida vujudga kelishi mumkin. Yangi narsaning borlig‘i uning potensial holatida imkoniyat hisoblanadi. Imkoniyatning yetuklik darajasi imkonsizlikdan voqelikkacha bo‘lgan doirada o‘zgarishi mumkin. Bu jihatdan imkoniyatni tavsiflashni uning sifat va miqdor me’yorlarini hisobga olib amalga oshirish mumkin.
Xulosalar. Kategoriyalar fikrlashning universal shakllari bo‘lib, ularda ob’ektiv voqelikda mavjud bo‘lgan umumiy aloqalar, xossalar va munosabatlar aks etadi. Kategoriyalarda kishilik jamiyatining tajribasi va faoliyati mujassamlashadi.
Bilish natijalari o‘z aksini topuvchi tushunchalar va kategoriyalar bo‘lmasa, bugungi kunda bilishning o‘zi ham bo‘lmas edi. Kategoriyalar ob’ektivlik, muayyanlik, amaliyot bilan bog‘liqlik va tarixiylik, o‘zgaruvchanlik va sh.k. xususiyatlar bilan tavsiflanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Jahon falsafasi tarixidan lavhalar. Q.Nazarov tahriri ostida. – T.:2004.78

  2. Nosirov R.N., Sirojiddinov SH.S., Ziyautdinova X.A. O'rta Osiyolik allomalarning falsafiy qarashlari. – T.: O'zbekiston, 2007.

  3. Nazarov Q. Bilish falsafasi. –T.: Universitet, 2005

  4. Shermuxamedova N. Gnoseologiya. –T.: O'FMJ, 2006.

  5. Boboev H., G'ofurov Z. O'zbekistonda siyosiy va ma'naviy-ma'rifiy ta'limot lar tarraqqiyoti. -T.: Yangi asr avlodi, 2001.

Yüklə 34,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin