1 shavkat zokirov


partiyadagi safdoshi Kaydzo Obuti boshchilik qildi



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/41
tarix23.03.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#89369
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41

partiyadagi safdoshi Kaydzo Obuti boshchilik qildi. 
2003 yilda Yaponiya iqtisodiyotining cho'zilib ketgan retsessiyadan chiqishining 
muayyan istiqbollari ko'zga tashlana bordi. Bu esa Yapon korporatsiyalari oldiga 
milliy iqtisodiyotni barqaror o'sishini sharti sifatida yangi strategik xom ashyo 
manbalariga yetib borish yo'lida katta vazifalarni qo'ydi. 
Hozirgi kunga qadar Yapon sarmoyasi Kaspiy shelfi tabiiy resurslarini o'zlashtirish 
g'arb loyihalarida muhim o'rinlardan birini egallab kelmoqda. 
 
O’zbekiston- Yaponiya munosabatlari
2002-yili O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning Yaponiyaga ikkinchi tashrifi 
davomida ikki tomonlama strategik sheriklik va hamkorlik, do’stlik to’g’risidagi 
Qo’shma bayonot imzolandi. 2003- yilda O’zbekiston va Yaponiya o’rtasida sobiq 
Sho’rolar Ittifoqi hududida dastlabki havo axboroti ro’g’risidagi hukumatlararo bitim 
imzolandi. 2004-yilning avgustida mamlakatimizga Yaponiya Tashqi ishlar vaziri 
Y.Kavaguchi tashrif buyurdi va I.A.Karimov qabulida bo’ldi. Tokio O’zbekistondagi 


128 
demokratik va iqtisodiy islohotlarni ijobiy baholash va qo’llab-quvvatlash bilan birga, 
ularning amalga oshirilishi uchun moliyaviy yordam ham ko’rsatmoqda. 
Yaponiya Markaziy Osiyo davlatlarining mustaqil rivojlanishi va ijtimoiy-siyosiy 
barqarorligidan manfaatdor. Shu maqsadda Yaponiya 2004-yili 28-avgustda Tashqi 
ishlar vazirliklari darajasidagi ilk muloqot-“MO+Yaponiya” tashabbusi bilan chiqdi. 
O’zbekiston Yaponiya, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida faol hamkorlik 
qilmoqda. O’zbekiston Yaponiyaning BMT Xavfsizlik Kengashiga doimiy a’zo 
bo’lish yo’lidagi harakatlarini qo’llab-quvvatlamoqda. 
Savdo-iqtisodiy va moliyaviy-investitsion sohadagi hamkorlik. 2004-yili ikki 
davlat o’rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 101,8mln.AQSH dollari miqdorida bo’lib, 
uning 21,8mln. Yaponiyaga eksport va 80mln. Yaponiyadan importni tashkil etdi. 
O’zbekistonga Yaponiya tomonidan taqdim qilingan moliyaviy ko’makning umumiy 
hajmi 1,885mlrd.AQSH dollariga teng bo’ldi. Ulardan Rivojlanishga rasmiy yordam 
dasturi bo’yicha 871mln.AQSH dollari, gumanitar va beg’araz yordam 
147mln.AQSH dollarini, texnik yordam 47mln.AQSH dollarini tashkil etdi. Xalqaro 
hamkorlik bo’yicha Yaponiya bankining (DJEYBIK) savdo kreditlari 820mln.AQSH 
dollariga etdi. Rivojlanishga rasmiy yordam doirasida Yaponiya hukumati tomonidan 
Toshguzar-Boysun-Qumqo’rg’on loyihasi uchun 150mln.AQSH dollari atrofida 
imtiyozli kredit ajratildi. O’zbekistonda 22 ta Yaponiya kompaniyasining 
vakolatxonalari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 8 ta qo’shma korxona va 3 ta 100% 
Yapon sarmoyasi asosida faoliyat ko’rsatuvchi korxona ro’yxatga olingan. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin