1 shavkat zokirov


Mao TSzedun vafotidan so'ng Xitoydagi dastlabki o'zgarishlar



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/41
tarix23.03.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#89369
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
Mao TSzedun vafotidan so'ng Xitoydagi dastlabki o'zgarishlar. 
1976 yilning 9 sentyabrda XKP Markaziy qo'mitasining raisi Mao TSzedun 83 shida 
Pekinda vafot etdi. Unnig vafoti bilan Xitoy eng yangi tarixining butun bir davri ham 
nihoyasiga yetdi. Mao TSzedundan Xitoyning inqirozli holati meros bo'lib qoldi. 
Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda mamlakatda 20mln, ishsizlar armiyasi bo'lib, 100 
mln odam to'yib ovqat yeyish imkoniyatiga ega emas edi. Jon boshiga yiliga to'g'ri 
keladigan daromad bo'yicha (qariyb 200 dollar) Xitoy dunyoda eng pastki o'rinlardan 
birida turardi. Qishloq xo'jaligida bu ko'rsatgich yana ham (80 dollar atrof past edi.) 
Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va ko'pchilik nooziq-ovqat tovarlari kartochka tizimi 
bo'yicha taqsimlanarn, oziq-ovqat mahsulotlarda va eng zaruriy tovarlarni ishlab 
chiqarishning o'sishi, aholi o'sishi sur'atlaridan orqada qolib qelayotgan ediki, bu esa 
iqtisodiy vaziyatni yanada yomonlashtirar edi. 
Partiya - davlat rahbarligi ichida hokimiyatni qayta taqsimlanishi natijasida birinchi 
o'ringa hukumat boshliqligini saqlagan holda XKP raisi lavozimini egallagan Xua 
Tofen chiqdi. O'zining birinchi qadamini siyosiy arenadan TSzyan TSin va uning 
uchta sheriklari Mao TSzedunning kuyovi - YAo Venyuan, siyosiy byuro a'zolari - 
CHjon CHuntsyao va Van Xunvenlarni chetlashtirishdan boshladi. 
1980-1981 yillarda Pekinda to'rtlar to'dasi ustidan ochiq sud jarayoni bo'lib o'tdi. Bu 
birga sudlanuvchilar “madaniy inqilob” davrida og'ir jinoyatlarni sodir etilishida 
aybdor deb topildilar. Ayblovlarga iqror bo'lmagan TSzyan CHin o'lim jazosida hukm 
qilindi (ko'p o'tmay bu hukm umrbod qamoq jazosi bilan ommalashtirildi), to'rtlar 
to'dasining qolgan a'zolari esa uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum etildilar. 


93 
Mao TSzedunni tanqiddan asosan chetda qoldirib unnig vorislari ilgari barcha 
xatolarni, shu jumladan Den Syanitstsi obro'sizlantirish bo'yicha aybni mana shu 
guruhni bo'yniga qo'yishga harakat qildilar. 1977 yilning yozida bo'lgan XKP ning XI 
s'ezdida Den Syaonin Davlat kengashi premeri o'rinbosari va XKP MK raisi 
o'rinbosari lavozimini egallagani holda partiya va davlat rahbariyati ishiga qaytadi. 
Asta-sekin davlat hayotida yangi sharoitlarda ilgarigidek muhim rolni o'ynayotgan 
armiya ham uning to'liq nazoratiga o'ta boshlaydi. Mana shu s'ezdda “madaniy 
inqilobni tugaganligi rasman e'lon qilinadi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin