32. Buxoro amirligi qo‘shinida mavjud bo’lgan harbiy unvonlarni aniqlang.
1. Pansodboshi 2. Yuzboshi 3. Ellikboshi 4. O‘nboshi 5. Mingboshi
A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,3,5
33. XIX asrda amirlik chegarasi qaysi hududlarni o’z ichiga olganligini aniqlang?
1. Zarafshon vodiysi, Qashqadaryo viloyati
2. Tojikistonning Panjikent, Hisor vodiysi
3. Xo‘jand, O‘ratepa viloyatlari
4. Zarafshon daryosining yuqori oqimi hududlarini
5. Afg’onistonning bir qismi
6. Turkmanistonning Murg‘ob daryosigacha bo‘lgan qismi
7. Qozog‘istonning Turkistonigacha bo‘lgan barcha hududlari
A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,3,4,5,6,7
34. Buyuk ipak yo‘li o‘z ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsa-da, amirlikning tashqi savdo aloqalari to’xtab
qolgani yo‘q. Buxoro qaysi davlatlar bilan savdo
aloqalari olib bordi?
1. Hindiston 2. Afg‘oniston 3. Eron 4. Xitoy
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 1,2,3,4
35. Amirlik tashqi siyosatining asosiy tamoyillari nimalardan iborat bo’lganini aniqlang.
1. O‘rta Osiyoda mavjud uch o‘zbek davlatlari orasida yetakchi mavqega ega bo‘lish va qulay imkoniyat tug‘ilganida ularni bo’ysundirish;
2. Xurosonda mustahkam o‘rnashib olish
3. Rossiya va boshqa davlatlar bilan savdo munosabatlarini rivojlantirish;
3. O‘rta Osiyo mintaqasidagi barcha musulmonlarning amiri (mang‘itlar o‘zlarini shunday deb hisoblaganlar) sifatida musulmonlarning Astraxon orqali Makkaga Haj safariga borib kelishlarini ta’minlab turishni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo’lgan
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4
Dostları ilə paylaş: |