1. ShKni elektr tarmog‘iga ulash Elektr tarmog‘ini himoyalash qurilmalari


Elektr tarmog‘ini himoyalash qurilmalari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə2/7
tarix15.06.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#61556
1   2   3   4   5   6   7
1507561761 69167

2. Elektr tarmog‘ini himoyalash qurilmalari


Himoyalash qurilmalari kompyuter tizimlarini tarmoq kuchlanishining keskin oshishi, kamayishi va tushib ketishida zarar yetishidan saqlaydi. Xususan, tarmoq kuchlanishining oshib ketishi yoki uning sakrashi kompyuterning o‘zini ishdan chiqarishi mumkin, kuchlanishning birdaniga o‘chib qolishi yoki pasayishi ma’lumotlarning yo‘qolishiga olib keladi.
Kompyuterning elektr ta’minoti blokida ba’zi bir saqlaydig an qurilmalar o‘rnatilgan bo‘ladi. Ba’zi bir yuqori sinf kompyuterlarining elektr ta’minoti blokida yuqori kuchlanishdan va ortiq darajadagi tokdan himoyalash hamda tarmoqning ichiga kiruvchi halal darajasini pasaytirish uchun oddiy filtrning mavjud bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Elektr energiyasini berishda quyida keltirilgan uzilishlar bo‘lganda ham elektr ta’minoti bloki ishchi holatda qolishi va tizimni elektr energiyasi bilan ta’minlashni davom ettirishi kerak:

  • ikki sekund ichida kuchlanish 80 V gacha kamaydi; – yarim sekund ichida kuchlanish 70 V gacha kamaydi; – bir sekund ichida kuchlanish 143 V gacha oshdi.

Ko‘pchilik yuqori sifatli elektr ta’minoti bloki (yoki ulangan tizimlar) quyidagi vaziyatlarda jismoniy buzilmaydi:

  • energiyani uzatishda tanaffus; – kuchlanishning har qanday pasayishi; – kuchlanishning 2 500 V gacha sakrashi.

Elektr energiyasidagi uzilishlar vaqtida kompyuterni avtomatik tarzda o‘chirish funksiyasi ko‘pchilik yuqori sifatli elektr ta’minoti blokining ichiga joylashtirilgan.
Elektr ta’minoti tarmog‘ini himoya qiluvchi ba’zi bir qurilmalar bilan tanishib chiqamiz.
Sakrashlarni cheklovchi qurilmalar. Elektr ta’minot blokining kirish zanjirlarini yuqori kuchlanishdan himoyalash uchun mo‘ljallangan asboblar sakrashlarni cheklovchi qurilmalardir. Bu qurilmalar tarmoq rozetkasi bilan kompyuter orasida o‘rnatilgan bo‘lib, chaqmoq bo‘lishi yoki katta quvvatli elektr mashinalarning ishlashi natijasida elektr tarmog‘ida yuz beradigan kuchlanishni yuqori voltli sakrashini yutish uchun mo‘ljallangan.
Elektr tarmog‘idagi sakrashlarni bostirish qurilmasi, odatda, belgilangan pog‘onadan oshgan kuchlanishni kamaytira oladigan varistorlar asosida quriladi. Bu asboblar 6 000 V gacha kuchlanishga chidab beradi va qiymati belgilangan chegaradan yuqori bo‘lgan barcha kuchlanishlar yerga yuboriladi. Ular o‘rtacha yuklamani bemalol ko‘taradi, ammo juda kuchli sakrashlar (masalan, to‘g‘ri dan-to‘g‘ri chaqmoq tushishi) ularni «yorib» o‘tishi mumkin. Varistorlar katta quvvatni tarqata olmaydilar va bu vaziyatda, odatda, ular kuyadilar, ya’ni bitta kuchli yoki ketma-ket kelgan kuchsiz sakrashlardan so‘ng sakrashlarni cheklovchi qurilmalar o‘z vazifasini bajarishga qodir emas.
Ba’zi bir sakrashlarni cheklovchi qurilmalarda kuchli sakrashlar natijasida varistorning kuygan yoki ishlayotganini aniqlaydigan indikator ko‘zda tutilgan.
Underwriters Laboratories kompaniyasida sakrashlarni chekl ovchi qurilmalarning ko‘rsatkichlarini belgilovchi UL 1449 standartini ishlab chiqdilar. Bu talablarga javob beruvchi har qanday filtrdan foydalanish mumkin.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin