4
So‘z yodlash sirlari
KIRISH
O'quvchi ingliz tilida kitob o'qimoqda. Uning nigohi
kitobga qadalgan, lekin xayoli parishon. Nega? Chunki
kitobdagi juda ko'p so'zlar unga notanish bo'ladi. Lug'atni
qo'lga olib, har bir yangi so'zning tarjimasini topguncha
toliqib, zerikib ham ketadi.Yangi so'zlarni e'tiborsiz qoldirsa,
kerakli ma'lumot e'tibordan chetda qolib ketishi
mumkin.Oqibatda, na yangi so'zlarni samarali o'rganadi,
na o'qiyotgan kitobini yaxshi tushunadi.
Mualliflar ham bir paytlar aynan shu muammolarga duch
kelishgan va ularning maqsadi - bugungi kunda ingliz tilini
o'rganayotgan o'quvchilar yangi so'zlarni o'rganishlarida
to'g'ri yo'lni tanlashlariga ko'maklashishdir. Qo'lingizdagi
kitob aynan ingliz tilini o'rganish jarayonida uchraydigan
yangi so'zlarni qanday qilib osonlik bilan yodlash
mumkinligi haqida turli usullar va tavsiyalarni taqdim etadi.
Darhaqiqat, har qanday xorijiy tilni o'rganishdagi eng
katta muammo bu so'z yodlashdir. Negaki, bu jarayonda
siz o'nlab yoki yuzlab emas, balki minglab yangi so'zlarni
o'rganishingiz talab etiladi. Sizning so'z boyligingiz tilni qay
darajada bilishingiz bilan chambarchas bog'liq bo'lib,
kelajakda boshqa sohalardagi muvaffaqiyatlaringizga yo'l
ochuvchi kalit hamdir.
Shu o'rinda ingliz tilini o'rganayotgan kishi uchun nechta
so'zni yoddan bilish kerakligini ham aytib o'tish lozim.
Ma'lumotlarga ko'ra, qaysi tilda bo'lishidan qat'i nazar,
kundalik muloqot uchun 1200-2000 ta so'zni bilish talab
qilinadi. Demak, ingliz tilida ham muloqot qilish uchun
shuncha so'zni bilish kifoya bo'ladi. Pedagogik
tajribamizdan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki,
O'zbekiston Respublikasidagi oliy o'quv yurtlariga kirish
imtihonlarini topshirish jarayonida ingliz tili fanidan test
savollarini muvaffaqiyatli yechish uchun 4500-5000 ta so'z
bilish talab qilinadi.
5
Xorij oliygohlariga kirish uchun topshiriladigan IELTS
imtihonida yuqori ball olishni xohlagan o'quvchi kamida
7000
ta so'zni mukammal bilishi kerak. Ingliz tilida faoliyat
ko'rsatuvchi olimlar, yozuvchilar va shoirlar 12 000-15 000
ta so'zdan foydalana olishlari aniqlangan.
Shunisi aniqki, ingliz tilini qaysi maqsadda va qancha
muddat davomida o'rganishingizdan qat'iy nazar, siz
albatta bir necha ming so'zni mustahkam o'zlashtirishingiz
shart. Bu esa o'z-o'zidan bo'lavermaydi. Hech o'ylab
ko'rganmisiz, nima uchun chet tilini o'rganayotgan
o'quvchilar ko'pincha so'z yodlashni qiyin va zerikarli ish
deb biladi? Bizningcha, bunga sabab ilk chet tillarini
o'rganish davridagi so'z yodlash uslublarining unchalik
ilg'or va qulay bo'lmaganligidir.
Shaxsiy til o'rganish tajribamizdan kelib chiqib shuni
aytishimiz mumkinki, asosan, maktabda yoki boshqa ta'lim
muassasalarida chet tilini o'rganayotgan o'quvchilardan
yangi so'zlarni inglizcha-o'zbekcha yoki o'zbekcha-inglizcha
tarzida yodlash talab qilinadi. Bunday holatda o'quvchida
yangi so'zni his qila olish, ta'bir joiz bo'lsa, uning "ta'mini
totish" imkoniyati bo'lmaydi.
Bizning o'z oldimizga qo'ygan vazifamiz esa, aynan shu
yo'nalishda o'quvchilarga yordam qo'lini cho'zish va yangi
so'zlarni jonli va rangbarang tarzda yodlash, o'rganish
yo'llarini ko'rsatishdir.
Chet tilida yangi so'zlarni o'rganish bo'yicha yuzlab
uslublar va qoidalar mavjud desak, mubolag'a bo'lmaydi.
Biroq o'rganish jarayoniga endi kirishgan o'quvchi
birinchidan, bu usullarning hammasini bilishga qodir emas.
Agar ushbu usullarning hammasi jamlangan biror kitob
uning qo'liga tushib qolsa ham, ularning aynan qaysi birini
tanlash va undan unumli foydalanish u uchun jiddiy
muammoga aylanishi mumkin.
O'quvchi bunday vaziyatda nima ham qilardi?
Odatdagidek, barcha singari yodlashda qo'llarini qo'yib
|