1-шова (М-01 шакл)



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/25
tarix14.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#53754
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
mikrobiologik preparatlarning za

 

1-bob bo‘yicha xulosa 

Olib 


borilgan 

adabiyotlar 

tahlili 

natijasida 

Bacillus thuringiensis 

entomopatogen  bakteriyasi  asosida  juda  ko‘plab  insektitsid  va  larvitsid 

biopreparatlar  tayyorlash  bo‘yicha  ilmiy-tadqiqot  ishlari  olib  borilganlig,  ammo 

ushbu  bakteriyalarning  antifungal  ta’siri  juda  kam  o‘rganilganligi,aynan 

O‘zbekiston sharoitida umuman o‘rganilmaganligi aniqlandi. 

SHu  boisdan  keyingi  tadqiqot  ishlarimizda  Bacillus thuringiensis 

entomopatogen  bakteriyasining  antifungal  xususiyatlarini  tahlil  etishni  maqsad 

qilib oldik. 



 

 

18 




II-BOB. FOYDALANILGAN MANBA VA USLUBLAR 

2.1. Bacillus thuringiensis bakteriyasini  o‘rganish  uslublari:  Bacillus 

thuringiensis  entomopatogen  bakteriyasini  ajratish:  xasharotlarni  sterilizatsiyalash 

uchun  Alves  (1986)  usuliga  ba’zi  bir  o‘zgartirishlar  kiritilgan  holda  foydalanildi. 

Ushbu  modifikatsiya  lichinkalari  juda  kichik  bo‘lgan,  ustki  qismini  tozalashning 

imkoni  yo‘q  bo‘lgan  lichinkalar  uchun  qo‘llanildi.  Keyingi  ishlar  uch  bosqichda 

amalga  oshirildi:  dastlab, 70% li  spirtda  2  sekund,  natriy  gipoxloratning  5%  li 

eritmasida 3 minut, natriy tiosulfatning 10% li eritmasida 5 minut davomida ushlab 

turildi. So‘ngra namunalar 3 marotobadan distillangan suvda yuvib olindi. 



B.thuringiensis namunalarini ajratish uchun ikki xil usuldan foydalanildi. Har 

ikkalasida  ham  lichinkalar  aseptik  sharoitda  steril  havonchalarga  solib  olindi. 

So‘ngra  ularga  10  ml  dan  distillangan  suv  solib  suyultirildi.  Birinchi  usulda 

suspenziya  trubasimon  probirkaga  solib  olindi  va  65

0

C  haroratda  12  minutgacha 



ushlab  turildi  so‘ngra  1

×10


-2

  dan  1


×10

-4

  gacha  suyultirilib  agarli  qattiq  ozuqa 



muhitiga ekildi. Kulturalar 24 soat davomida 28-32

0

C haroartda o‘stirib olindi. 



Ikkinchi  usulda ham  ajratish  Travers  va boshqalar  tomonidan  (1987) tavsiya 

etilgan  usuldan  foydalanildi,  bunda  ham  yuqorida  ta’kidlanganidek  qizdirib  olish 

amalga oshirildi. Ushbu usullarning bir biridan farqi, ikkinchisida B. sphaericus va 

B. thuringiensis entomopatogen  bakteriyalarining  faqatgina  sporalarini  tanlash 

imkonini  beradi.  Ushbu  ajratishda  ozuqaga  qo‘shiladigan  0.25M  dan  0.5M  gacha 

bo‘lgan  natriy  atsetat  entomopatogen  bakteriyalar  sporalarining  o‘sishini 

to‘xtatadi.  Birinchi  usulda  esa  materiallar  miqdori  ko‘p  bo‘lmagan  hollarda 

qo‘llanilishi mumkin. 

Namunalarni  identifikatsiyasi.  Bakteriya  kulturalari  agarli  ozuqa  muhitida 

o‘stirilib, NaCl ning  0,7%  eritmasida  yuvib  olindi  va  mikroskop  ostida  

B.thuringiensis  entomopatogen  bakteriyasiga  xos  bo‘lgan  kristall  toksin  hosil 

qilishi  o‘rganildi.  Biokimyoviy  va  fiziologik  xususiyatlari  esa  Bergi 

ko‘rsatmalariga  asosan  aniqlandi  (bakteriyalarni  aniqlagich, 1986), shuningdek, 

Frachon (1990) va  Thiery., Frachon (1997) larning  ko‘rsatmalaridan  namunalarni 



B.thuringiensis  bakteriyasi  bo‘yicha  ichki  klassifikatsiyalashda  foydalanildi.  B. 

 

19 




sphaericus shtammlari ham yuqorida B.thuringiensis shtammlari uchun keltirilgan 

uslublardan  foydalanilib  aniqlandi.  Kulturalarning  biokimyoviy  xususiyatlari 

Bacillus thuringiensis bakteriyasi turlarini idintifikatsiya qilish sxemasiga muvofiq 

o‘rganildi (de BarjakH., Bonnefoi A. 1962). 




Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin