Ponasimon shponkalar. Ponasimon shponkaning prizmatik shponkadan farqi shuki, uning keng yog’i bo’yiga tomon biroz (odatda 1:100 nisbatida) qiya bo’ladi.
Ponasimon shponkalar yordamida detallar val yoki o’qqa bemalol ortiqcha kuch sarflamay o’rnatiladigan qilib yasaladi. Detal shponka stoliga mahkam o’rnashadi. Shuning uchun shponkalar o’yiqqa bir qadar kuch bilan odatda boga zarbi bilan urib joylashtiriladi. Bunday xollarda shponka uchun mo’ljallangan o’yiq valda ham shu valga o’rnatiladigan detalda ham bo’lsa, shponka o’yib o’rnatiladigan ponasimon shponka deb ataladi. Shponkadagi qiyalik qanday bo’lsa, detalda xuddi shunday qiyalikdagi o’yiq qilinadi. Shponka zarb ta`sirida kiritilganligidan, uning ustki va ostki yoqlari o’yiqqa ma`lum tig’izlik bilan o’rnashadi. Shponkaning yon yoqlari esa o’yiqning yon yoqlariga, umuman olganda, urilib turmaydi. Buruvchi moment shponkaning ustki va ostki yopiqlaridagi tigizlikda hosil bo’lgan. Ishqalanish kuchi hisobiga uzatiladi. Demak, birikma nagruzkasiz bo’lganda ham shponkaning ustki va ostki yoqlarida kuchlanishlar mavjud bo’ladi (59-shakl).
59 – shakl. Ponasimon shponka vositasida biriktirish
B irikmaning mustahkamligini hisoblash uchun buruvchi T moment ta`sirida bo’lgan valning muvozanat shartini ko’rib chiqamiz. Hisoblash uchun keltirilgan shakl (60-shakl) va kuchlanishlar teng ta`sir etuvchi N bilan almashtirilgan. Ta`sir etuvchi burovchi moment valni aylantirishga intiladi. Bunga ishqalanish kuchi F=Nf dan hosil bo’lgan moment hamda shponkaning qisilishi aks ta`sir ko’rsatadi. Shponkaning qisilishi natijasida uning chap yog’iga qo’shimcha nagruzka tushadi, o’ng yog’i esa bo’shashadi. Shu sababli bunday holda shponka uchun tuzilgan kuchlanishlar epyurasi vertikal kateti bo’lgan uchburchaklik ko’rinishida bo’ladi.
60 - shakl. Ponasimon shponkani hisoblashga doir sxema.
Teng ta`sir etuvchi N kuch qo’yilgan nuqta val o’qida masofada joylashadi. ning qiymatini quyidagi munosabatdan aniqlash mumkin. va
bu yerda b- shponkaning eni; l – shponkaning uzunligi;
d – valning diametri (bu diametr juftining yelkasi sifatida qabul qilingan).
Keltirilgan tenglamalarni ga nisbatan birgalikda yechib, quyidagini hosil qilamiz:
(101)
ishqalanish koeffisienti f ning qiymatini 0,13 dan 0,18 gacha qabul qilish tavsiya etiladi.
Ayrim xollarda o’yiq tufayli valning zaiflashuvini butunlay yo’qotish maqsadida ponasimon shaklga turlarida biri bo’lgan fruksion shponka ishlatiladi (61-shakl). Bundan burovchi moment shponkaning urib kiritilishida shponka bilan val orasida hamda val bilan detal orasida hosil bo’lgan ishqalanish kuchi F hisobiga uzatiladi. Shponka uchun valga hech qanday o’yiq bo’lmaydi. Biroq shponkaning pastki tomoni valning silindrik sirtiga moslab ishlanishi lozim. Fruksion shponka ishlatilgan xollarda burovchi moment faqat ishqalanish kuchi evaxiga uzatilganda bunday shponkalar nagruzka tushadigan mexanizmlardagina ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |