1-sinf o'quvchilariga masalalar yechishga o'rgatish metodikasi Mundarija Kirish


Masala yechishning eng ratsional usulini tanlash



Yüklə 149 Kb.
səhifə3/8
tarix23.05.2023
ölçüsü149 Kb.
#120746
1   2   3   4   5   6   7   8
1-sinf o\'quvchilariga masalalar yechishga o\'rgatish metodikasi

1.2 Masala yechishning eng ratsional usulini tanlash
Masalalarni har xil usullar bilan yechishda masalalar yechimlarini taqqoslash usulidan ham foydalanish kerak. Bu usul ushbu savollarga javob berish imkonini beradi: qaysi usul ratsional? Bir usulning ikkinchi usuldan afzalligi nima?
O'quvchilar tafakkurining rivojlanishida va ularda masala yechish malakasini shakllanishida masalaning yechilishiga har xil yaqinlashish imkoniyatlarini tushunib yetish va bu yaqinlashishlardan eng ratsionalini tanlashning ahamiyati katta. Masalalarni har xil usullar bilan yechishga intilish ham kursning amaliy yo'nalganligini xarakterlaydi, chunki bolalar turmushda uchratishlari mumkin bo'lgan amaliy masalalar har xil yechilish usullariga ega, matematika darsligida berilgan masalalardan foydalanib, ularni shunga tayyorlash kerak.
Amalda o'qituvchilar tekshirishning natijani chamalash yoki uning chegaralarini aniqlash, masalani boshqa usul bilan yechish, yechish natijasining masala shartiga to'g'ri kelishini aniqlash, masala sharti bo'yicha tuzilgan amallarning ma'nosini aniqlash va hisoblashlarning to'g'riligini tekshirib ko'rish kabi har xil usullaridan foydalanadilar. Oxirgisidan tashqari hamma usullar natijani tekshirishga yo'naltirilgan va o'qituvchi uchun qiyinchiliklar tug'dirmaydi.
Yuqorida ko'rib o'tilgan misolimizda ikkinchi usul eng ratsional usul ekani shubhasiz. Ammo, bu yechishning boshqa usullarini qarash kerak emas degan gap emasmi? Yo'q.
Birinchidan, boshqa usullarni qaramasdan o'quvchilar qaysinisi ratsional va nega ratsional ekani haqida xulosa chiqara olmaydilar. Ikkinchidan, o'tkazilgan ish rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi rejada, buning ustiga didaktik jihatdan foydali ekani ma'lum, chunki o'quvchilarning savollarga bergan javoblari noma'lum miqdorni boshqa ikkita miqdor bo'yicha topishga doir o'ziga xos mashqlar deb qarash mumkin. Bunday mashqlarni o'qituvchi odatda o'quvchilarga og'zaki sanoq bosqichida beradi. Mazkur holda ular maqsadga yo'nalganlik xarakteriga ega. Bu ishning o'rgatuvchi funksiyasi shundan iborat. Bundan tashqari masala tahliliga har xil yaqinlashish imkoniyati faktining o'zi bilan tanish bo'lishlik o'quvchilarning rivojlanishlarida izsiz o'tmaydi. Bitta masalani to'rt usul bilan yechish imkoniyati emotsional sferaga ta'sir qiladi. Bu qiziqarli hamdir. Bunda ham qilingan ishning tarbiyaviy ahamiyati kam emas.
O'quvchilarning yuqori darajada tayyor bo'lishlari boshqa usuldan – masala yechilishining tayyor usullarini muhokama qilish usulidan foydalanish imkonini beradi.
Masalan, berilgan masalani ikkinchi usul bilan yechish mumkin, shundan keyin o'quvchilarga yechishning уana uchta usulini (ularni doskaga yozish kerak) berish va ishning kollektiv formasidan foydalanib, har qaysi usulni muhokama qilish kerak. Guruh bo’lib bajariladigan ish formasidan foydalanish ham mumkin: har bir qatorga bittadan yechish usulini tushuntirish topshirig'ini berish kerak.
Qaralgan usulni, masalan, ushbu masalani yechishda qo'llash maqsadga muvofiq: Poyezd bir shahardan ikkinchi shaharga borishda yo'lning 180 km ini soatiga 60 km tezlik bilan o'tdi. Qolgan yo'lni xuddi shu tezlik bilan o'tishi uchun 4 soat ortiq vaqt kerak bo'ldi. Poyezd hammasi bo'lib necha kilometr o'tishi kerak bo'lgan?”
Doskada masalaning uchta yechilish usuli yoziladi va qatorlarga har qaysi usulni tushuntirish topshirig'i beriladi:
1-usul 2-usul
1) 180 : 60 3 (soat) 1) 60*4 = 240 (km)
2) 3 + 4 = 7 (soat) 2) 180 + 240 = 420 (km)
3) 60*7 = 420 (km) 3) 180 + 420 = 600 (km)
4) 180 + 420 = 600 (km)
3-usul
1) 180 : 60 = 3 (soat)
2) 3 + 4 - 7 (soat)
3) 7 + 3 = 10 (soat)
4) 60* 10 = 600 (km)
O'quvchilar har bir usulni tushuntirib berishga harakat qilishadi. Shundan keyin qaysi usul o'quvchilarga eng tushunarli bo'lgani, qaysi usul eng ratsional ekani aniqlanadi.
O'quvchi qaysi usul bilan masalani yechmasin, albatta bu usullardan tushungan holda foydalanishlari lozim.

Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin