Boshlang'ich sinflarda matematikani o'qitishga haftasiga 5 soatdan vaqt ajratiladi. O'quv materialini sinflarga taqsimlashda o'rganilayotgan sonlar va ular bilan arifmetik amallarni bajarish doirasi asta - sekin kengaytirib borishi nazarda tutuladi. 1-sirifda - 0 dan 100 gacha bo'lgan sonlarni raqamlash, 100 ichida sonlarni xonadan o'tmasdan qo'shish va ayirish; 2-sinfda - 0 dan 100 gacha bo'lgan sonlar, 100 ichida sonlarni xonadan o'tib qo'shish va ayirish, jadval ichida ko'paytirish va bo'lish; 3-sinf - I dan 1000 gacha bo'lgan sonlar, to`rt arifmetik amal; 4-sinfda - 1 dan 1 000 000 gacha bo'lgan sonlar, to`rt arifmetik amal kabi mavzular qaraladi. Birinchi sinfda o'quvchilar ikki o'nlik ichidagi, ya'ni I dan 20 gacha bo'lgan sonlarning nomlari bilan tanishadilar. Bu esa xususan o'quvchilarda narsalarni sanash malakasini hosil qilish uchun qo'llaniladi. Raqamlarning yozilishi bilan tanishtirish shu sonlarning ho'sil bo'lishini o'rgatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi, shu sababli darsdayoq o'quvchilar I soni bilan tanishadilar va I raqamini daftarlariga yozadilar. Shu bilan birga o'qitishning birinchi kunidan boshlaboq bolalarda ba'zi muhim umumlashmalar shakllana boshlaydi (birinchi o'nlik sonlar misolida) natural qatorning har bir keyin keladigan soni qanday bo'lishi oydinlashtiriladi, qatorning ixtiyoriy soni va undan oldin yoki keyin keladigan hamma sonlari o'rgatiladi. O'quvchilar sonlarni taqqoslash usullari bilan (oldin narsalarning mos to'plamlari ustida amallar bajarish asosida, keyin esa taqqoslanayotgan sonlarning qatorida egallagan o'rinlari bo'yicha) tanishadilar: ular ikki yoki son yig'indisini topishni (oldin narsalarning mos to'plamlarini birlashtirish va hosil bo'lgan to'plamlar elementlari sonini sanash asosida topish, keyin esa bittalab yoki guruhlab qo'shish va boshqa usullardan foydalanib) o'rganadilar. Birinchi yarim yillikda o'quvchilar matematik amallar nomlari tarkibiy qismlari, ular hosil etadigan natijalar nomlari bilan tanishadilar. Bundan tashqari o'quvchilar matematik belgilarning ba'zi elementlari - amal ishoralari (plus - qo'shuv, minus - ayirish), munosabat belgilari (katta, kichik, teng) bilan tanishishlari hamda (2 va 6 sonlari yig'indisi) 9-2 (9 va 2 sonlari ayirmasi) va boshqa shunga o'xshash eng sodda matematika ifodalarni o'qish va yozishni o'rganib olishlari kerak. Umumiy o'rta ta'lim ikki bosqichdan iborat bo'lib, boshlang'ich va umumiy o'rta ta'limni qamrab oladi. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti boshlang'ich hamda umumiy o'rta ta'lim nihoyasida o'quvchilar egallashi lozim bo'Igan bilim, ko'nikma va malakalarning minimal darajasini belgilab beradi. Har bir sinf yakunida o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar fanlar bo'yicha ishlab chiqilgan o'quv dasturlari bo'yicha o'z aksini topadi. Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar matematikadan quyidagi bilim, ko'nikma va malakalarni egallashlari shart. a) Sonlar va hisoblashlarga oid: - sonlarni o'qish va yozish, ularni xona qo'shiluvchilarining yig'indisi ko'rinishidagi yozuvini tushuntirish. - sanoq texnikasini egallash (to'g'ri va teskari tartibda sanash, juftliklar va o'nliklar bilan sanash, sondan oldin va keyin keluvchi sonni aytish kabi)lar. - natural sonlarni o'zaro taqqoslash ">", "<" va "=" belgilarini to'g'ri qo'llash. - sonlarni yozma qo'shish, uch xonali va to`rt xonali sonlarni ayirish, bir xonali va ikki xonali songa ko'paytirish va bo'lish; - qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lishning jadvalli hollari natijalarini bilish, murakkab bo'lmagan hollarda yuz ichida og'zaki hisoblashlarni bajara olish; - "yig'indi", "ayirma", "ko'paytma" va "bo'linma" atamalari ma'nosini tushunish va sonli ifodalarni o'qishda ularni qo'llay olish; "... ta ortiq", "...ta kam", "... marta ortiq", "... marta kam" munosabatlarining, "hammasi", "qoldi", "teng" munosabatlarining ma'nosini tushunish va ularga tayangan holda sodda masalalarni yecha olish; - miqdorlar mahsulot narxi, miqdori va qiymati to'g'ri chiziqli harakatda yo'l, tezlik va vaqt orasidagi bog'lanishlarni qo'llab, amaliy mazmundagi masalalarni yechish; - "yarim", "uchdan biri", "to'rtdan biri" atamalari ma'nosini tushunish va ularni qo'llash, kasrlar yordamida ulushlarni yozish, doira va geometrik shakllar modelida 1/2, 1/3 larni ko'rsatish, amaliy mazmundagi masalalarni yechishda sonning ulushini va ulushiga ko'ra sonni topa olish; b) Geometrik shakllarga oid. - rasmlarda kesma, uchburchak, to'rtburchaklar (jumladan, to'g'ri to'rtburchak va kvadratlar), beshburchak va aylanani tanish; - tevarak atrofdagi geometrik shakllarni tanish va topa olish; - kesma uzunligini o'lchash, berilgan uzunlikdagi kesmani yasash, kesma uzunligini ko'z bilan chamalab o'lchay olish; - chizg'ich va sirkuldan foydalanib to'g'ri to'rtburchak, kvadrat, uchburchak va aylanalar yasay olish; - ko'pburchak parametrini, to'g'ri to`rtburchak yuzini va kvadrat birliklardan tuzilgan shakllarning yuzini hisoblay olish; - uzunlik (mm, sm, dm, m, km.) va yuza (sm, kv, dm, kv, m, kv) o'lchovi birliklarini, ular orasidagi asosiy nisbatlarni bilish, ularni o'z o'rnida qo'llay olish