1. Sinov insholari qanday maqsadlarda tashkil etiladi? Diktantning qanday turlari bor?



Yüklə 21,57 Kb.
tarix13.05.2023
ölçüsü21,57 Kb.
#112775
1. Sinov insholari qanday maqsadlarda tashkil etiladi Diktantni


22-VARIANT
1. Sinov insholari qanday maqsadlarda tashkil etiladi?
2. Diktantning qanday turlari bor?
3. Ta’limiy insho nima?
1. Darslikda insho – ijodiy mehnatning oliy ko‘rinishi ekanligi, unda o‘quvchi ma’lum bir mavzuni mustaqil ravishda ochib bera olishi, fikrlarini yozma shaklda to‘g‘ri, ravon savodli hamda izchil keltira olishi kerakligi haqidagi ta’rif keltiriladi. Insho yozish murakkab jarayon bo‘lib, unda o‘quvchi o‘z bilimlari, dunyoqarashi va tafakkurini namoyish etadi hamda u kichik bir ijodiy asar hisoblanadi. Insho o‘quvchi ma’naviyati va ma’rifati ko‘zgusidir. Chunki unda o‘quvchining bilimlari, his-tuyg‘ulari va fikrlari o‘z aksini topadi. Tom ma’noda insho o‘quvchining ijodiy va aqliy mehnati mahsulidir. Didaktik maqsadlarga ko‘ra insho 2 xil, ya’ni: ta’limiy va sinov insholariga ajraladi.
Sinov insholari o`quvchining insho yozish ko`nikmalarini sinash uchun mavzular o`tib bo`lingach, chorak yoki yil oxirida, imtihon va olimpiadalarda olinadi. Sinov insholari olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni baholashga xizmat qiladi. Sinov insholarida o’qituvchilarning bilimlari o’z mevasini berib, o’quvchilarning eng bilimi kuchli bo’lganlarini tanlab olish imkoniyatini beradi. Chorak so’ngida olingan insholar chorakni yakunlashga va chorak baholarini to’g’ri chiqarishga kata yordam beradi va o’quvchilarning choraklik o’zlashtirgan bilimlari tekshiriladi. Yil so’ngida olingan sinov insholari esa, chorak insholaridan farqli o’laroq o’quv yilidagi eng so’nggi insho hisoblanib, o’quvchilar bilimini tekshirish uchun o’tkaziladigan, yillik bahoni chiqarishda kata ahamiyatga rga bo’lgan insho hisoblanadi. Imtihonda o’tkaziladigan sinov insholari o’quvchilarni o’tkazilayotgan imtihon doirasida, ma’lum tilga doir bilimlarini tekshiradi. Ona tilidan tashqari sinov imtihon insholari ingliz, nemis, rus tillarida ham yozilishi mumkin. Bunda o’quvchining yoki abituriyentning orfografik xatolarga yo’l qo’yishi, punktuatsiyaga nechog’lik e’tiborli ekanligi, so’z boyligi, fikrlarning teran va aniq ifoda etilishiga alohida ahamiyat qaratiladi. Inshoda yo’l qo’yilgan baholar ko’zdan kechirilgach, belgilangan tartibda baholanadi. Olimpiadalar bosqichma bosqich o’tkaziladi. Ulardan ma’lum bir bosqich alohida insho uchun ajratiladi. Mazkur insholar ham sinov insholari hisoblanadi. Olimpiadalarda o’tkaziladigan sinov insholari o’quvchilar ichidan eng bilimlilarini ajratib olish uchun samarali usul hisoblanadi. Sinov insholarida o’quvchi ham grammatika, ham so’z boyligi jihatidan sinovdan o’tkaziladi. chorak va o‘quv yili so‘ngida o‘tkazilishi mumkin. Ular, asosan, o'quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladi. Shuning uchun insho mavzusi oldindan e’lon qilinmaydi. Bu insholar avval qoralama nusxada bajarilib, keyin takomillashtirilgach, oqqa ko‘chiriladi. Odatda, nazorat maqsadini ko‘zlagan insholarga ikki soat vaqt ajratiladi. Sinov insholari til o‘qitish amaliyotida va reyting tizimida ham katta bo‘limlar, mavzular o‘rganilganidan so‘ng yoki chorak oxirida, ya’ni oraliq nazorat va yakuniy nazoratda o‘tkaziladi. Ular, asosan, o‘quvchilaming egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish, sinash maqsadida tashkil qilinadi. Bunday insholar o‘z mavzusiga ko‘ra ilmiy, adabiy va erkin insho ko‘rinishida bo‘ladi. Sinov insholari sinf yoki maktab doirasidagi ko‘rik-tanlov, ma’lum bir nomdagi tanlov g‘oliblarini aniqlash maqsadida, fan olimpiadalari bosqichlarida o‘tkaziladi. Ona tilidan insho mavzulari dasturi oldindan e’lon qilinadi; o‘quvchilar ko'rik-tanlov shartlari bilan tanishtiriladi. Shubhasiz, g‘olib o‘quvchilarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan bunday ko‘riklar ijodiy ishga bo‘lgan qiziqishni oshiradi.
Inshoning turlari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Ta’limiy insholar ayni vaqtda nazorat uchun ham xizmat qiladi. Har qanday nazorat qilishga qaratilgan insho ta’limiy maqsadni ko'zlaydi. Ko‘rik- tanlov uchun yozilgan insholar ham ta’limiy maqsad, ham tarbiyaviy maqsadga qaratilgan bo‘ladi.
Mavzu tanlash, asosiy g‘oyani belgilash, material yig‘ish, reja tuzish, shu asosda to‘plangan materialni saralash, fikmi muayyan izchillikda bayon qilish, yozilgan matnni qayta ishlash va takomillashtirish kabi vazifalar barcha turdagi insholar uchun xosdir.
Yuqorida tilga olingan insho turlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular ustida ishlash usullari ham bir-biridan farq qiladi. Matn yaratishning ham o‘ziga xos usullari, darajalari, yuzaga kelish sabablari mavjud. Tabiat tasvirini yaratish insonning tashqi qiyofasini tasvirlashdan tamomila farq qiladi. Har bir insho turining alohida o‘ziga xos xususiyatlarini nazarda tutish lozim bo‘ladi.
Insho mustaqil yaratiladigan o‘ziga xos ijod mahsuli bo‘lib, o‘quvchi faoliyatining eng murakkab ko‘rinishi hisoblanadi.
Inshoda o‘quvchining o‘zligi namoyon bo‘ladi. Uning tafakkuri, dunyoqarashi, narsa, voqea-hodisalarga, o'zgalarga, jamiyatga munosabati, axloqiy-ma’naviy saviyasi, mustaqil turmushga tayyorlik darajasi aks etadi. Boshqacha aytganda, insho o‘quvchining qiyofasini o‘zida aks ettiruvchi ko‘zgudir. Bu ko‘zgu orqali u nafaqat o‘zini ko‘radi, balki boshqalarga o‘zligini tanitadi, munosabatini ifoda etadi, qalb tuyg‘ularini, fikr-o‘ylarini, ichki kechinmalarini bayon qiladi.
Insho o‘quvchining ijodiy fikrlash darajasi, dunyoqarashi, adabiy til me’yorlarini nutqiy vaziyatlarda qo‘llash imkoniyatlarini belgilovchi asosiy mezondir.
2. Diktant va uning turlari. Diktant dastlab ta’limiy va nazorat diktantga bo’linadi. Ta’limiy diktantlar ona tili mashg’ulotlari jarayonida o’tkaziladi va o’rganilgan mavzuni mustahkamlash, o’quvchilarning imloviy bilimlarini rivojlantirish maqsadida o’tkaziladi. Ta’limiy diktantlar darsning ma’lum qismida o’tkaziladi. Ta’limiy diktantlar uchun 5-10 minut vaqt ajratiladi. Ta’limiy diktantning quyidagi turlari bor:
1. Saylanma diktant. Biror mavzu o’rganilgach, shu mavzuga doir tushunchalar, qo’shimchalar, birliklar o’quvchi tomonidan qanday o’zlashtirganligini aniqlash va mustahkamlash maqsadida o’tkaziladi. Masalan, qo’shma otlar o’rganilgandan so’ng o’quvchi gaplarni o’qib beradi. O’quvchilar berilgan gaplar tarkibidan faqat qo’shma otlarni ajratib (saylab) yozishalari kerak bo’ladi.
2. Lug’at diktant. O’quvchilarning so’z boyligini oshirish , imloviy bilimlarini mustahkamlsh maqsadida o’tkaziladi. O’quvchilar e’tiboriga imlosi qiyin bo’lgan bir necha so’zlar havola qilinadi, ya’ni o’qib eshittiriladi. O’quvchilar so’zlarni yozib bo’lib, bir karra tekshirib chiqadilar. Shundan so’ng aytilgan so’zlarning qanday yozilishi namoyish qilinadi. O’quituvchilar o’zlarining yozganlarini qiyoslab, o’z xatolarni aniqlaydilar.
3. Erkin diktant. O’qituvchi matnni o’qib beradi. Bir o’quvchi mazmunini gapirib beradi. Imlosi qiyin sozlar izohlanadi. Keyin oqituvchi birinchi xat boshidan o’qiydi. O’quvchilar esida qolganini yozadi. Gapdag so’zlar soni ko’payishi yoki ozayishi mumkin. O’quvchilar yozganlarini tekshirib chiqadilar. Matnni tekshirishda mazmuniga va imlosiga e’tibor qaratiladi.
4. Izohli diktant. O’qituvchi matnni yozdiradi. O’qituvchi o’quvchilardan matndagi qaysi so’zlarni yozishda qiyinchilikka uchraganlarini so'raydi va shunday so’zni aniqlab uning yozilishini izohlaydi. O’qituvchining o’zi biror so’zning yozilishini izohlashni talab qilishi ham mumkin.
5. Takidiy diktant. Matn o’qituvchi tomonidan yozdiriladi. Matndagi ayrim so’zlar orqali u yoki bu imlo qoidalari esga olinadi.
5. Yoddan yozuv. O’quvchilarning xotirasini mustahkamlashda diktantning bu turi katta ahamiyatga ega. Tanlangan matn namoyish qilinadi (ekranga tushiriladi yoki ko’chma doskaga yoziladi). 2-3 o’quvchi tomonidan matn o’qib beriladi. O’quvchilarning o’zlari o’qib yodida olib qolishlari uchun ham vaqt ajratiladi. Shundan so’ng matn berkitiladi va o’quvchilar matnni daftarlariga mustaqil yozadilar. Matn yozib bo’lingach, doskaga matn ilinadi va o’quvchilar yozganalarini qiyoslab ko’radilar, xatolarni tuzatadilar. Bu diktant o’quvchilarning matn ustida ishlash, imlosi qiyin so’zlarni o’zlashtirish malakasini mustahkamlaydi.
6. Nazorat diktanti. Bu diktant yaqinda yoki ilgari o’rganilib, mashqlar bilan qoidalarni o’quvchilar qay darajada o’zlashtirganliklarini aniqlash uchun o’tkaziladi. Nazorat diktanti uchun 2 soat vaqt ajratiladi. Birinchi soatda diktant yoziladi. Ikkinchi soatda diktant yozish jarayonida yo’l qoyilgan xatolar ustida ishlanadi.
Diktantdagi so’zlar miqdori quyidagicha bo’lishi mumkin:

  • 5-sinfda: 100-110 (dasturda-85-95. A2+ 96-120);

  • 6-sinfda.110-120 (dasturda -95-105.2+ 121-130);

  • 7- sinfda.120-150. 125-140. 141-160;

  • 8- sinfda.150-170. 125-140.141-160;

  • 9- sinfda.170-200.140-160. 160-180.

3. Pedagogik maqsadiga ko’ra insholar shartli ravishda uch guruhga ajratiladi:

  1. Ta’limiy insholar.

  2. Nazoratga qaratilgan insholar.

  3. Ko‘rik-tanlov insholari.

Insholarning asosiy qismini ta’limiy insholar tashkil etadi. Bunday insholar, asosan, o‘qitishga qaratilgan, o‘rgatishni maqsad qilgan insholardir. Til hodisalaridan amalda foydalanishga o‘rgatish, o‘zbek adabiy tilining boy imkoniyatlaridan nutqda foydalanish kabi zarur malakalar, asosan, ta’limiy insholar orqali shakllantiriladi. Bu insholarning qoralama va oq nusxalari bo‘lmaydi. Ular, odatda, o‘quvchilaming mashq daftarlarida bajariladi. Shuning uchun matndagi kamchiliklarni bartaraf etish va uni takomillashtirish maqsadida qabul qilingan shartli belgilardan o‘quvchi o‘z inshosida bemalol foydalanishi mumkin.
Insho – o‘quvchi ijodiy mehnatining oliy ko‘rinishi, uning aqliy mehnati mahsuli. Insho puxta reja bo‘yicha yozilishi, mantiqan izchil, imloviy, uslubiy va punktuatsion jihatdan to‘g‘ri, dalillarga tayangan bo‘lishi zarur. Insho yozish uchun mavzu chuqur o‘rganilishi, dalillash uchun ko‘chirmalar yig‘ilishi, ularning manbalari aniq bo‘lishi kerak. So‘ngra reja tuzilib, reja asosida yozishni boshlash lozim. Insholar hajmi o‘quvchining yoshiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, 8-sinf o‘quvchisi 5–6 sahifadan iborat insho yozsa bo‘ladi. Bilimlarni boyitish yoki namoyish qilish maqsadiga ko‘ra insho ikki xil bo‘ladi: a) ta’limiy (joriy) insho; b) sinov inshosi. Ta’limiy (joriy) insho sinfda yoki uyda yozilib, izlanishga, bilimlarni boyitish va qo‘llashga, ijodiy fikr yuritishga, mavzuni to‘g‘ri bayon qilishga qaratiladi. Ta’limiy inshoda o‘quvchi tegishli mavzu bo‘yicha bilimlarini mustahkamlaydi, boyitadi va namoyish qiladi. Sinov insholari o‘rganilgan mavzularga doir bilimlarni, insho yozish ko‘nikma va malakalarni sinovdan o‘tkazish uchun chorak yoki o‘quv yili oxirida olinadi. Ta’limiy (joriy) insho izlanish, bilim, tafakkur va bayon qilishga asoslansà, sinov inshosi bilim, tafakkur va bayon qilishni sinaydi. Sinov inshosida manbalardan izlanishga ruxsat berilmaydi. U sinfda, o‘qituvchi nazorati ostida yoziladi.
Yüklə 21,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin