C++ da fayllar bilan ishlash fstream kutubxonasining ba’zi sinflari yordamida amalga oshiriladi.
fstream kutubxonasi fayllarni o‘qishga mo‘ljallangan ifstream va ma’lumotlarni faylga yozishga mo‘ljallangan ofstream sinflariga ega.
Biror faylni o‘qish yoki yozish maqsadida ochish uchun mos ravishda ofstream yoki ifstream turidagi o‘zgaruvchini hosil qilish kerak bo‘ladi. Bunday o‘zgaruvchini initsializatsiya qilishda fayl nomi o‘zgaruvchining nomidan keyin qavs ichida belgilar massivi ko‘rinishida beriladi.
Masalan, S diskda joylashgan ‘text.txt’ faylini ochish kerak. Buning uchun quyidagi fragment kodi ishlatiladi:
ifstream ifl (“C:g‘text.txt”); // o‘qish uchun
ofstream ofl (“C:g‘text.txt”); // yozish uchun
Bu erda ifl va ofl fayl bilan ma’lumotlar almashuvchi o‘zgaruvchilarning nomlari. Agar fayl bajariluvchi fayl saqlanayotgan papkada joylashgan bo‘lsa, u holda fayl nomi to‘liq ko‘rsatilmasligi mumkin (ungacha to‘liq yo‘lsiz, faqat nomi). Undan tashqari, fayl nomini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatishning o‘rniga shu nomni saqlovchi belgilar massivini ishlatish mumkin.
Misol:
char s[20] = “C:g‘text.txt”;
ifstream ifl (s);
Ma’lumotlarni faylga yozish uchun put buyrug‘idan foydalanish mumkin. U standart turdagi yakka o‘zgaruvchini yoki biror belgilar massivini uzatadi. Belgilar massivini uzatish zarurati tug‘ilganda massivdagi belgilar soni ham uzatiladi.
ofstream ofl (“C:g‘text.txt”);
char s[9] = “The text”;
ofl.put(s,9);
int i = 100;
ofl.put(i);
put funksiyasini chaqirishni “<<” buyrug‘ini bajarish bilan almashtirish mumkin.
ofstream ofl (“C:g‘text.txt”);
ofl << “The text”;
int i = 100;
ofl << i;
Bu buyruqni har xil tur qiymatlarini yoki har xil o‘zgaruvchilardan uzatib, kodning bir qatorida ko‘p marotaba ishlatish mumkin.
ofstream ofl (“C:g‘text.txt”);
char s[9] = “The text”;
int i = 100;
ofl << “The text” << i << s << 200;
Satr bilan ishlaganda chiqarish satr oxiri belgisi -‘g‘n’ paydo bo‘lguncha davom ettiriladi. Belgi bo‘lmagan turga tegishli barcha o‘zgaruvchilar oldindan belgi ko‘rinishiga o‘tkaziladi.
Ma’lumotlarni fayldan o‘qish uchun “>>” buyrug‘iga ekvivalent bo‘lgan get funksiyasi ishlatiladi. put funksiyasiga o‘xshab get funksiyasi ham o‘zgaruvchilarning va belgilar massivining ixtiyoriy standart turlari bilan ishlay oladi. Undan tashqari getline funksiyasi ham mavjud. U get funksiyasidan satr oxirining oxirgi belgisini qaytarmasligi bilangina farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: |