1. Sintaktik munosabatlarning turlari. Sintaktik munosabatlar dastlab ikki turga bo‘linadi: predikativ va nopredikativ.
Predikativ bo‘linish gap qurilishi asosi (grammatika markazi/ komponentlari (ega va kesim)ning sintaktik munosabatidir. Bular orqali gap hosil qilinadi. Misol: Men ishga kecha chiqdim. (shaxs va sonda moslashayapti).
Nopredikativ bog'lanish bunday xususiyatga ega emas. Teng bog'lanish (teng sintaktik munosabatda bo‘lish, so‘zlar shuningdek, qo‘shma gaplarning predikativ komponentlari orasidagi biri ikkinchisiga bo‘ysunmagan, teng aloqasini ko‘rsatuvchi munosabat:o‘qituvchi va o‘quvchi, qo‘ng'iroq chalindi va dars boshlandi va ergash bog'lanish (bunda biri hokim va ikkinchisi tobe bo‘lgan so‘zlar o‘zaro aloqaga kirishadi: Salimni ko‘rdim) nopredikativ bog'lanishning bir turlaridir.Tenglashish munosabati asosan, teng bog'lovchilar va sanash intonatsiyasi orqali ifodalanadi. Ikkinchisida esa tobe bo‘lgan so‘z hokim so‘zni aniqlaydi, to‘ldiradi va hokazo.Sintaktik munosabatlar grammatik vositalar orqali ifodalanadi. Ular quyidagilar: affikslar, yordamchi so‘zlar, so‘z tartibi va intonatsiya.Intonatsiya ham sintaktik munosabat ifodalaydigan vositadir. Intonatsiyani tashkil etgan komponentlar: logik urg'u, pauza, ritm, milodika turli tillarda turli darajada sintaktik vosita sifatida ishlatiladi.
2. So`z birikmasining mohiyatini sintaktik nuqtai nazardan talqin qilish o`zining qadimiy traditsiyasiga ega. Sintaktik nazariyalarning rivojlanishi protsessida bu yo`nalishning nazariy asoslari asta- sekin o`z mavqeini mustahkamlamoqda va qaror toptirmoqda. Darhaqiqat, So`z birikmasini gap tuzilishidan, komunikativ jarayondan ajratib karash uning funktsiyasini notug`ri tushuntirishga olib kelishi mumkin. Chunki har bir so`z birikmasi fikrning tog`ri amalga oshirilishi va aloqa aktining kommunikativ situatsiyasiga mos bo`lishi uchun faqat o`sha gap tarkibidagina mavjud boladi. Shuning uchun ham so`z birikmalarini tilning nominativ birligi hisoblangan so`z bilan bir qatorga qo`yib, gapdan tashqarida ham mavjud bo`ldi deyish so`z birikmasining tabiatga unchalik mos kelmaydi. Mustaqil soʻzning tobe grammatik aloqa asosida birikishi natijasida hosil boʻlgan, borlikdagi narsa va hodisalarning nomini bildiradigan sintaktik tuzilma — nutq birligi: ignaning koʻzi, kitobni oʻqimoq, oydin kecha va boshqa Har qanday birdan ortiq mustaqil soʻzning birikuvidan hosil boʻladi, tuziladi va 2 qismdan — hokim va tobe qismdan tashkil topadi: oliy maʼlumot (oliy— tobe qism, maʼlumot — hokim qism)dan biri birdan ortiq soʻzdan, soʻz birikmasidan iborat boʻlgan birikmalar murakkab deyiladi. Masalan, oliy maʼlumotli mutaxassis (oliy maʼlumotli — tobe kiyem, mutaxassis — hokim qism).Soʻz birikmasi mazmun va ohang tugalligiga ega boʻlmaydi, fikr ifodalamaydi va shu xususiyati bilan sintaktik birlik boʻlmish gapdan farqlanadi.
3.Sintaktik munosabatining ergashish usuli uch xil: moslashuv,bitishuv , boshqaruv. Boshqaruv aloqasida tobe soʻz hokim soʻzning talabi bilan maʼlum grammatik shaklga kiradi, shu shakl orqali tobelanadi: bozorga bormoq, qalam bilan yozmoq. Moslashuv aloqasida tobe soʻz oʻz shaklini hokim soʻzning shakliga moslaydi, hokim soʻzning shakli oʻzgarishi bilan tobe soʻz ham unga moye holda shaklini oʻzgartiradi: men aytaman, sen aytasan; mening kitobim, uning kitobi kabi. Bitishuv aloqasida tobe soʻz hokim soʻzga grammatik shakl yordamida emas, balki tartib va ohang orqali bogʻlanadi: musaffo osmon, tez gapirmoq kabi.
4. Til va nutq birliklari orasidagi muhim farqlardan biri til birliklarining tanlanishga imkon beradigan paradigmalarda, nutq birliklarning tanlanish asosida birin-ketinlikda birlashadigan hosilalar sintagmalarda voqe bo'ladi. Sintagmatik aloqa til birliklarining yotiq chiziq bo'yicha birin-ketin o'zaro bog'lanib munosabat hosil etishdir.Til birliklarining chiziqsimon, ketma-ketlik aloqasi sintagmatik munosabat deyiladi. Aslida sintagmatik munosabat ham lisonda imkoniyat sifatida yashaydi. Masalan, [kitob]leksemasining qanday so‘zlarni biriktira olish va qanday so'zlarga birika olish (valentlik) imkoniyati uning lisoniy mohiyatida mavjud. Til leksikasida frazeologizmlar alohida o‘rin tutadi. Frazeologizmlar leksikalizatsiya hodisasining yorqin namunasi. So‘z birikmalari ma’nolari ixtisoslashib, bir so‘z ma’nosiga teng ma’no ifodalashga o‘tadi. Iboralar shaklan so‘z birikmasiga o‘xshaydi, lekin til leksikasiga mansub bo‘ladi.So‘z birikmasida so‘zlar o‘zaro erkin bog‘langan bo‘ladi: tushuncha anglatadi, turg‘un bog‘lanma(ibora)larda esa so‘zlar ma’noviy butunlik uchun birlashgan –yaxlitlangan bo‘ladi va bir leksik ma’no anglatadi. Turg‘un bog‘lanmaga bir so‘z sifatida qaraladi, lug‘atlarda so‘zlar qatorida beriladi, chunki ular ham so‘zlar kabi ma’no ifodalaydi. Masalan, ko‘zini yog‘ bosgan iborasi - mag‘rurlangan, yog‘ tushsa yalagudek iborasi - toza, to‘nini teskari kiyib olmoq iborasi – qaysarlik qilmoq ma’nosini beradi, ammo bu ma’nolarini oddiy emas, obrazli terzda ifodalaydi.
5. Vazifa semasi leksemaning birikuv-biriktiruv (valentlik) imkoniyatini, lisoniy qolipda qanday o‘rinni egallashini bildiruvchi semadir. Masalan, kitob, daftar, maktab, bormoq kabi leksemalarning valentlik imkoniyati o‘ta keng va shu boisdan gapda turli gap bo‘laklari vazifasida keladi. Qat’iy, keskin, moviy, qizg‘ish leksemalarining vazifa semasi tor va shu boisdan aniq. Ular ayrim so‘zlar bilan birika oladi.
6. Teng bog’lanish – ikki so’zning teng huquqli, biri ikkinchisiga bo’ysunmay bog'lanishi: opam va kitob, uy va tom kabi. Bir xil gap bo’lagi vazifasida kelib, ko’pincha bir xil so’roqqa javob bo’luvchi bo'laklarning o’zaro teng bog’lovchilar yoki sanash ohangi yordamida bog’lanishi teng bog'lanish deyiladi. Quyidagi vositalar teng bog’lovchi vazifasini bajaradi:
a) biriktiruv bog’lovchilari – va, hamda, bilan; b) zidlov bog’lovchilari – ammo, lekin, biroq; c) ayiruv bog’lovchilari – yo, yoki, yo-yo, goh-goh, dam-dam;
7. Tobe bog’lanish – bir so’z(tobe so’z)ning boshqa bir so’z(hokim soz)ga bo’ysunishi orqali bog’lanishi: opamning kitobi, uyning tomi kabi.Ikki va undan ortiq mustaqil so'z grammatik va ma'no jihatdan birikib, so'z birikmasini hosil qiladi. So’z birikmasi hokim so’z va tobe so’zdan tuziladi:
1) Tobe so’z – so’roqqa javob bo’lgan so’z(har doim tobe so’z birinchi keladi)
2) Hokim so’z – so’roqda qatnashgan so’z(har doim ikkinchi keladi)
8. Bog’lovchi vositalar:
a) Ko’makchilar;
b) Kelishik qo’shimchalari;
c) Egalik qo’shimchasi;
d) Ohang(tobelantiruvchi);
e) Shaxs-son (ega kesim moslashuvi)
9. Teng bog‘lanish – ikki so‘zning teng huquqli, biri ikkinchisiga bo‘ysunmay bog‘lanishi:akam va ukam, kitob va daftar kabi. Bir xil gap bo‘lagi vazifasida kelib, ko‘pincha bir xil so‘roqqa javob bo‘luvchi bo‘laklarning o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki sanash ohangi yordamida bog‘lanishi teng bog‘lanish sanaladi.
10. So’zlarning teng bog’lanishi so’z qo’shilmalarini hosil qiladi.So’z qo’shilmasida har bir so’z ma’no mustaqilligini, alohida-alohida narsalarni nomlab kelish xususiyatini saqlab qoladi: opam va kitob, siz bilan biz kabi. Sifat+ot shaklidagi so’z birikmalarida
tobe va hokim so’zlarning o’rni almashtirilsa, gap hosil bo’ladi. M: chiroyli qiz – qiz chiroyli(dir), katta ko’cha – ko’cha kata(dir).
Har qanday til o‘zining nutq tovushlari, so‘zlari (iboralari) va qo‘shimchala ridagi imkoniyatlarini sintaksisda, yani gap qurilishida namoyon qiladi. Sintaksis tilimiz imkoniyatlarining ko‘zgusidir. Biz ifodalayotgan til turli birliklardan, vositalardan iborat. Ularning har biri tilda o‘zining muhim vazifasini bajaradi. Til birligi- bir-biridan vazifasi, ifoda materiali, tuzilishi va tizimdagi o‘rni bilan farqlanadigan til hodisasi.
Gap, so‘z birikmasi, so‘z, tovush, qo‘shimcha tilning birligi sanaladi. Tovush og‘zaki nutqning eng kichik, mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan qismidir. Gap odatda bir so‘zdan yoki bir necha so‘zlarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan ham tashkil topishi mumkin.
11. Quyidagi vositalar teng bog‘lovchi vazifasini bajaradi:
.a) biriktiruvchi bog‘lovchilar:va, hamda (ko‘pincha va o‘rnida bilan ko‘makchisi ham qo‘llanadi)
b) zidlov bog‘lovchilari: ammo, lekin, biroq
d) ayiruv bog‘lovchilari: yo, yoki, yo-yo, goh-goh, dam-dam.
Bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar:
a) gumon yuklamasi: na…na…
b) kichraytiruv va ta’kid yuklamasi: -u (-yu), -da.
12. So‘zlarning tobelanishi asosida bog‘lanishi so‘z birikmalarini hosil qiladi va so‘z birikmasi ikki undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lishiga qaramay, bitta tushunchani ifodalaydi: ukamning daftari, tiniq osmon, chiroyli ko‘ylak kabi. Tobe bo‘lakning hokim bo‘lakka kelishik, egalik qo‘shimchalari, ko‘makchilar va tobelantiruvchi ohang yordamida bog‘lanishi so‘z birikmasi deyiladi.So‘z birikmasida doimo ikkita qism bo‘ladi. Ularning bittasi tobe, ikkinchisi esa hokim bo‘ladi. Bog‘lovchi vosita tobe bo‘lak oxiriga qo‘shiladi, budan faqat egalik qo‘shimchasigina hoim bo‘lak oxiriga qo‘shiladi.So z birikmasida tobe bo‘lak oldin, hokim bo‘lak esa keyin keladi.
Dostları ilə paylaş: |